Mavzu: Fonetikaga kirish


Download 298.42 Kb.
bet1/6
Sana15.09.2023
Hajmi298.42 Kb.
#1678423
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Fonetikaga kirish

Mavzu: Fonetikaga kirish

Mavzu rejasi: 1. Fonetikaning predmeti va vazifalari. 2. Fonetika fanining turlari. 3. Fonetik birliklar.

Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o‘z ichiga oladi.

Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg‘u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‘rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish.

Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va supersegment birliklarga bo‘linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo‘g‘in kiradi. Bunday birliklar so‘z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo‘nalishda bir-biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan: kitob so‘zidagi 5 ta tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo‘g‘in (ki-tob) segment birliklar bor, demak, shu so‘z tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga urg‘u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador bo‘lib, ularni so‘z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiyev) deb nomlash hollari ham uchraydi.

Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1)shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyushaya funktsiya). Bunda fonetik birliklarning so‘z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so‘zining tarkib topishida 5 ta tovush (p, a, x, t, a), ikkita bo‘g‘in (pax-ta) va bitta so‘z urg‘usi (paxta) "qurilish materiali" vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta so‘zining tovush qiyofasi – fonetik so‘z shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak so‘roq va buyruq gaplarning o‘ziga xos intonatsiyalari, she’riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo‘ladi;


Download 298.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling