Mavzu: Fonetikaga kirish


Eksperimental fonetikada foydalaniladigan asboblar


Download 298.42 Kb.
bet4/6
Sana15.09.2023
Hajmi298.42 Kb.
#1678423
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Fonetikaga kirish

Eksperimental fonetikada foydalaniladigan asboblar

Ossillograf (mikrofon va kuchaytirgich orqali havo oqimining tebranish harakatlarini elektr tebranishlariga aylantirishga imkon beradigan, kattaliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish chiziqlarini o‘z-o‘zidan yozib oladigan asbob)

Kimograf (tovushlarni egri chiziq shaklida yozib oluvchi asbob)

Fonologiya so‘zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). Bu bo‘limda tovushlarning so‘z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo‘limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo‘lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o‘rganiladi.

Tovush va fonema Tovush bilan fonemani o‘zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo‘linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so‘z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi.

So‘zlar tovush tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 1. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlar: ot – ol, ol – oq, oq - osh, osh – ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og‘ , og‘ - ox; oz – iz, iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, ko‘za – g‘o‘za kabi.

2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko‘ra farq qiladigan so‘zlar. Masalan: qo‘y – yo‘q (birinchi so‘z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so‘zning oxirida qo‘llanadi.)

3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so‘zlar: o‘lka – yo‘lka, et-bet, sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o‘roq - so‘roq kabi. Demak, so‘zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to‘rt va hokazo miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo‘ladi.

Fonema so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir. Masalan: bal -bel –bil –bol – bo‘l so‘zlari tarkibidagi a, e, i, o, o‘ tovushlari so‘z ma’nolarini belgilash (ajratish)ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor, qor so‘zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q ) ham shunday vazifa bajargan.


Download 298.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling