Mavzu: Foydani iqtisodiy mazmuni,uning turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar
Download 223.32 Kb.
|
Mavzu Foydani iqtisodiy mazmuni,uning turlari va unga ta’sir qi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishining tarkibiy tuzilishi.
- (1-rasm). 1-rasm
Kurs ishining obyekti. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar Kurs ishining obyekti sanaladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos strategiyasi, tamoyil va ustivorlari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat kiladi. Kurs ishini tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Qonunlaridan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlaridan, O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va Statistika Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi me’yoriy xujjatlari, kursatmalari, buyruklari va xisobotlaridan manba sifatida foydalanildi. Ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlaridan tarkib topgan. 1.Foyda tushunchasi va uning iqtisodiy mazmuni Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda Foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). Foyda 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yaratish , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi Foyda ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi Foydani koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali Foydani koʻpaytiradi. Shu sababli Foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda Foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, Foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi Foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma Foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, Foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi. Foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday Foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali Foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi. Foyda koʻrilgan. Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim Foyda normasini oshirishga intilish saklanib qoladi. Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, Foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar Foyda normasi yuqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp Foyda olish mumkin, bordiyu Foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib Foydani koʻpaytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham Foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan Foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyalar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan Foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada Foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan Foyda miqdori qisqarmaydi. Agar Foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa Foyda massasining ortishi yuz beradi. Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va boshqa Foyda turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama Foydaga boʻlinadi. Oddiy Foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar oladigan Foydadir. Ustama Foydani firmaning monopol mavqei, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama Foyda oladi. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad Foydadan iborat boʻladi. Normal Foydani tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bunday Foyda xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan taqdirda normal Foyda ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy Foyda xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu Foyda kapital egasiga tegadi. Omad Foydasi — bu Foydani bozor konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad Foydasi hosil boʻladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik Foydasi ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi. Foyda ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda Foydaning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. Foydaning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, Foydadan dividend toʻlanadi, xayr-ehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan Foyda hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Foyda bozor mexanizmidagi muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib Foyda kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iqtisodiyot oʻsadi. Foydaning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar Firma faoliyatining asosiy maqsadi –foyda olishdir.Foyda nima? Bu savolga turli nazariyalar turlicha yondashadi. K. Marksning mehnat qiymati nazariyasiga ko‘ra, foyda – bu qo‘shimcha qiymatning o‘zgartirilgan shakli (amalga oshirilgan qo‘shimcha qiymat). Tovar qiymatining formulasi quyidagicha: W = C + V + M, bu yerda S – sarflangan doimiy kapital (saflangan ishlab chiqarish vositalari); V – sarflangan o‘zgaruvchan kapital (ishchilarning ish haqiga sarflar); M – qo‘shimcha qiymat, mahsulot sotilgandan keyin foydaga aylanadi.Agar bozordagi narx tovar qiymatiga teng bo‘lsa, unda foyda yaratilgan qo‘shimcha qiymatga teng bo‘ladi. Agar bozordagi narx tovar qiymatidan oshiq bo‘lsa, unda foyda yaratilgan qo‘shimcha qiymatdan oshiq bo‘ladi. Agarda bozordagi narx tovar qiymatidan past darajada o‘rnatilgan bo‘lsa, unda tadbirkor yaratilgan qo‘shimcha qiymatga nisbatan kamroq foyda oladi.Neoklassik nazariyaga ko‘ra foydaning bir nechta ta’riflari bor. Foyda – bu kelajakdagi risk va noaniqlik uchun haq, foyda – bu tadbirkorlik qobiliyatining haqi; foyda – bu ishlab chiqarish omili sifatida kapital uchun daromad; foyda – bu kelajakda kapitalni oshirish maqsadida hozirgi vaqtda tadbirkorning keragidan kamroq iste’mol qilgani uchun olgan mukofoti.Foyda taqsimlovchi, rag‘batlantiruvchi va axborot berish vazifalarini bajaradi. Taqsimlovchi vazifa quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: kapital baland foyda normasiga ega bo‘lgan tarmoqlarga intiladi, shuningdek, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning ushbu sohalarga qayta taqsimlanishi yuz beradi. Rag‘batlantiruvchi vazifa shunda ifodalanadiki, tadbirkorlar ko‘proq foyda olish maqsadida fan- texnika taraqqiyotining yangi yutuqlarini joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirishga manfaatdorlar. Foyda tadbirkorlarga qaysi mahsulotni ko‘proq ishlab chiqarib, qaysi mahsulotni esa qisqartirish yoki umuman ishlab chiqarmaslik to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot berish vazifasining namoyon bo‘lishi.Foydani hisoblash uchun pul tushumini aniqlashimiz lozim. Firmada tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar uning pul tushumi yoki yalpi daromadi deyiladi.Yalpi daromad (TR – total revenue) quyidagicha aniqlanadi: ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi uning narxiga ko‘paytmasiga teng: TR = Q*P, Q – ishlab chiqarish hajmi, P – mahsulot narxi. Bundan tashqari, o‘rtacha daromad va me’yoriy daromad ko‘rsatkichlari mavjud. O‘rtacha daromad (AR – average revenue) mahsulot bir birligiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini ifodalaydi: AR = TR / Q Me’yoriy daromad (MR – marginal revenue) qo‘shimcha mahsulot birligini sotish natijasida olingan qo‘shimcha daromad: MR = ∆TR / ∆Q, ∆TR – umumiy daromad o‘zgarishi, ∆Q – mahsulot miqdorining o‘zgarishi. Pul tushumidan ishlab chiqarish resurslarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lar ayirilgandan keyin qolgan qismi – foyda (π – profit) muhim o‘rin tutadi. π = TR – TC Buxgalter va iqtisodchilar foyda tushunchasiga ikki xil yondashadilar.Buxgalterlik foydasi sotilgan mahsulot uchun umumiy tushumdan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foyda esa umumiy tushumdan barcha (ichki va tashqi) xarajatlarni ayirib tashlash bilan aniqlanadi. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalterlik xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali ko‘rish mumkin (1-rasm). 1-rasm. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalterlik foydasining farqlanishi.Ishlab chiqaruvchi nima uchun xarajatlarning turlarini bilishi lozim?Qisqa muddatli davrda firmada mahsulot chiqarilmasa ham, doimiy xarajatlar mavjud bo‘ladi. Agar firma faoliyatidan ko‘radigan zarari doimiy xarajatlar miqdoridan kamroq bo‘lsa, firma o‘z ishini davom ettirgani ma’qul. Aks holda, ya’ni agar firma yopilsa, u ko‘proq zarar ko‘radi. Agar qisqa muddatli davrda firma ko‘rgan zarari uning doimiy xarajatlaridan oshib ketsa, unda firma yopilgani ma’qul.Me’yoriy xarajatlar grafigi o‘rta o‘zgaruvchan hamda o‘rta umumiy xarajatlar egri chiziqlarini ularning minimum nuqtasida kesib o‘tadi (18-rasm). Ishlab chiqarish hajmi 0 dan Q4 gacha oshganda, o‘rta xarajatlar pasayadi, demak mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foydao‘sadi. Ishlab chiqarish hajmi Q4 dan keyingi o‘sishi o‘rta xarajatlarning oshishi bilan kuzatiladi. Bu esa mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foydaning pasayishini bildiradi.O‘rta umumiy xarajatlar (ATS) miqdori ma’lum bo‘lsa, olinadigan foydani hisoblab chiqish mumkin: Download 223.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling