Mavzu: Fransiya bolalar adabiyoti va uning shakillanish tamoyillari
Download 1,16 Mb.
|
1 2
Bog'liqПрезентация1.pptx adabiyot fransiya bolalar adab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz
Fransuz maʼrifat olami XIX asrda badiiy tarzda yangi koʻrinishda namoyon boʻldi. XX asr boshlarida Anri Barbyus tashabbusi bilan “Klarte” Xalqaro yozuvchilar tashkiloti tuzilgan edi. Uning aʼzolari doim haqiqatni yozishga, hech qachon maqtov va yolgʻon bitmaslikka ahd qiladi. Shu tariqa Fransiya ijtimoiy hayotida, dunyo voqeligida roʻy berayotgan oʻzgarishlar uning aʼzolari qalamida yuksak insonparvarlik va axloqiy nuqtai nazardan aks etdi.
Bugun Fransiya Yozuvchilar tashkiloti bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bu kabi asarlarni toʻliq va qayta tarjima qilish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Bu oʻziga xos boy tarix va anʼanalarga ega boʻlgan ikki xalq, ikki millat maʼnaviy xazinasini boyitish imkonini beradi.
Aka-uka Grimmlar, Jacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filo-log olimlari. Marburgda yuridik maʼlumot olishgan. A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837-yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841-yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya Fanlar akademiyasi aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis roman-tiklarining Geydelberg guruhiga mansub boʻlib, oʻrta asrlar nemis yozma madaniyati namunalarini eʼlon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini oʻrganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida boʻlganidek, qiyosiy metod asosida oʻrganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bo-lalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining oʻziga xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy
Etiboringiz
Download 1,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling