Mavzu: Fransuz marifatchiligi


Fransuz marifatchiligida Goratsiy ijodining tutgan o’rni


Download 58.59 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi58.59 Kb.
#1619618
1   2   3   4   5
Fransuz marifatchiligida Goratsiy ijodining tutgan o’rni
Goratsey o'z asarlarining g'oyasini tabiat quynidan odamlarning bir - biriga bo'lgan munosabatidan axtaradi. Uning ko'pgina asarlari didaktik xarakterga ega ekanligi Bilan ajralib turadi. Goratsey asarlarining qahramonlari ichki va tashqi urushlarga xotima berib bahodirlik davrlarini tiklashga harakat qiladilar Goratsey dab - dabali saroy bazmlaridan ba'zan tanholikni xush koradi. Vergiliyning zamondoshi hamda do'sti, Avgust davrining ikkinchi ulug' shoiri Kvint Goratsiy Flakk eramizdan oldingi 65-yilda Italiyaning janubidagi kichkinagina Vinuziya shahrida tug'iladi. Uning otasi qullikdan ozod qilingan keyinchalik ozod qilingan va keyinchalik anchagina mablag' to'lab, tirikchiligini bemalol o'tkaza boshlagan bir kishi edi. Goratsiyning aytishicha bu odam o'zining savodsizligiga qaramay, ilmning nafini tushunib, o'g'lining taxsiliga, xususan, katta e'tibor bergan. Shu sababli Goratsiy avval Rimda, keyin Afinada badavlat xonadonlarning bolalari singari porloq ilm oladi, o'tmishdagi ulug' shoirlarning asarlarini, buyuk faylasuflarning ta'limotlarini qunt bilan o'rganadi va hayotining so'ngi kunlariga qadar Yunon adabiyoti, Yunon falsafasi, ayniqsa, Epikur ta'limotining sodiq muxlisi, otashin tashviqotchisi bo'lib qoladi. Goratsiyning asarlari bizga qadar tola holda yetib kelgan. Ular tubandagilardir: “Epodlar” deb ataluvchi 17 she'rdan iborat bitta toplam. “Satiralar” deb ataluvchi 18 she'rdan iborat ikkita toplam. “Qasidalar” deb ataluvchi 103 she'rdan iborat tortta toplam. “Nomalar” deb ataluvchi 23 she'rdan iborat ikkita to'plam. “Bayram gimni” deb ataluvchi aloxida bita she'r. To'plamdagi she'rlarning barchasi shoir zamonasidagi siyosiy, ijtimoiy va hayotiy masalalarga bog ishlangandir. Shu mavzular orasida urush va tingchlik, Rim davlatining istiqboli masalalari shoirning ayniqsa ko'proq bezota qiladi. Masalan, 7 - Epodda avtor qahru g'azabga to' lib - toshib uzluksiz ichki urushlarni qattiq qoralatsdi, fig'on chekadi. Uning ta'biricha,er yuzini, dengizlarni qonga belagan odamlarning vaxshiyligini, hatto qoplonlar va bo rilarning yirtqichligi bilan ham tenglashtirish mumkin emas. Paydo bo'lib kelayotgan imperatorlik tuzimining siyosiy sharoitlar adabiyotda keskin tanqidiy mavzularning rivojiga yo'l qo'ymas, ko'zga ko'ringan davlat ahllarining kirdikorlarini fosh etishga imkoniyat bermas edi. Shu sababli Goratsiy o'zining hajviy mahoratidan keng suratda foydalana olmasdan, unchalik muhim ahamiyati bo'lmagan mayda - chuyda ahloqiy va maishiy masalalar, chunonchi, sehrgarlik, fohishalik, takabburlik hamda shunga o'xshash nuqsonlarni qoralash bilan cheklanib qoladi. Har ikala “Satiralar” majmuasiga kirgan barcha she'rlar gekzametr vaznida yozilgan bo'lib, shoirning o'zi ularni “suhbatlar” deb ataydi. Bu she'rlarning ba'zilari, darhaqiqat, hech qanday plan va sistemaga rioya qilinmasdan turli - tuman hayotiy va ahloqiy masalalar haqida yozilgan hazilnamo oddiy suhbatga oxshaydi. Goratsiy satiralarining tematikasi juda xilma - xildir. Avval Epikur songra Stoya falsafalari muxlisi bo'lgan shoir, shu falsafiy ta'limotlar pozitsiyasida turib, hammadan burun odam bolasining eng yaramas ehtirosi - davlat orttirish hirsiga qarshi kurashadi. Uning aytishicha, jamiiyki bulg'anch istaklarning onasi hisoblangan davlatmandlik ishtiyoqi o'z navbatida ochko'zlik, tamagirlik, shuxratparastlik, maishatbozlik, isrofgarchilik kayfiyatlarini tug'diradi, odamning tinchligiga, samimiyligiga putur yetkazadi. Goratsiy ijodida favqulotda muhim o'rin tutadigan shoh asarlar shubhasiz, uning “Qasidalar” idir. Tort majmuadan iborat bo'lgan qasialarning birinchi uch qismini shoir eramizdan oldingi 23-yilda, to'rtinchi qismini 13-yilda nashr qildiradi. Goratsiyning o'zi to'rttala to'plamga kirgan asarlarining hammasi “qushiqlar”, “she'rlar” deb atalgan bo'lsa ham, antik Dune kishilari o'rtasida ular “qasida” nomi bilan shuxrat topadilar va bu nom bizning davrimizga qadar adabiy iste'moldan mustahkam ornashib qoladi. Goratsiyning qasidalarida ko'proq tarannum qilingan masala - Avgustning axloq va odob sohasidagi siyosati bo'lgan. Goratsiyning aytishicha, zeb - ziynat hirsi ko'pincha boyonlarni razil xiyonatlarga, og'ir jinoyatlarga sudraydi: ular dehqonlarga qarashli yerlarni tortib olib, o'zlariga hashamatli binolar quradilar, takzorlarni buzib, mevasiz daraxtlardan, bog' - rog'lar qiladilar; ejkin yerlarini qisqartgan, dehqonni xonavayron etgan sabablar - shulardir. Adabiyot tarixi, uning naz9ariy masalalari yuzasidan “Nomalar” majmuasi ikkinchi qismining benixoyat katta ahamiyati bor. Bu to'plamga hammasi bo'lib faqat uchta maktub kiradi shulardan birinchisi Avgustga, ikkinchisi Florga va uchinchisi Pizonlarga atalib yozilgandir. Pizonlarga bag'ishlangan uchinchi nomaning adabiyot nazariyasi tarixidagi qimmatiga qarab, antik dunyodayoq unga “she'riyat ilmi” deb nom berilgan. “She'riyat ilmi” ko'p jixatdan Arestotelning “Poetika” asariga o'xshaydi. Shu bilan birga adabiyotning nazariy va Amaliy masalalarning talqin qilishda antik dunyoning har ikkala ulug' zotlari bir birlaridan qat'iy farq qiladilar. Goratsiy, avvalo, poeziyaga ilohiy ma'no berib ijodkorlik faoliyatini yozuvchining qonidagi iste'dod harorati bilan bog'laydi. Shoirlik kasbi benihoyat og'ir va murakkabdir, tomirida “ilohiy qudrat” bo'lmagan odamning yozuvchilikka urinishidan hech qanday foyda chiqmaydi. Goratsey o'z zamondoshlari singari xayotlik vaqtidayoq antik dunyoda katta obru qozondi, u Rimning ulug' shoiri sifatida tanildi. Goratseyning ijodiga qiziqish keyingi asrlarda ham susaygan emas uyg' onish davrining donishmandlari uning obruyini yuqoriga ko'taradilar. Rus adabiyotida uning ta'sirini sezilarli darajada anglash mumkin u xuddi shuningdek, sharq shoirlari ijodiga ham samarali ta'sir ko'rsatdi. Dunyo kutobxonlari Rimning ulug' elegiyanavis shoirlaridan biri Ovidiydir. Uning poetik maxorati o' zi hayotlik davridayoq keng kulamda yoyilgan, uning barcha yozganlarini zamondoshlari havas bilan o'qigan. She'rlarini sahnalashtirib uylarining turli devorlariga bosib quyganlar. Avgust zamonasining oxirgi ulug' shoiri, eleginavis shoirla10rning eng so'nggi buyuk vakili Publiy Ovidiy Nazondir. Uning hayotiga doir ozmi- ko'pmi ma'lumotlarni biz faqat shoirning asarlaridan olamiz. Shu manba'larda ma'lum bo lishicha, Ovidiy eramizdan oldingi 43 yilda Sulmon shahrida, qadimiy suvoriylar urugiga mansub badavlat xonadonda tugiladi. Ovidiy va uning akasi bolalik choglarida Rimga kelib, davlat mansablariga tayyorlanish maqsadida barcha zadagonlarning farzandlari singari notiqlik ilmini o rganishga kirishadilar. Biroq bu davrda Suz san'atining mohiyati tamomila ozgarib ketgan edi. Respublika zamonlarida atoqli davlat arbobi senat kengashlari, sud yig inlari, xalq majlislari minbaridan turib, o'zlarining maslak va g'oyalarini tashviq etgan bo'lsalar, Avgustning yakka hukmronlik siyosati sharoitlarida notiqlik hunari o'zining o'tmishdagi siyosiy va ijtimoiy qimmatini tamomila yo'qotib faqat maxsus maktablarda o'tkaziladigan oddiy bir mashqqa aylanib qolgan edi. Bu maktablarning talabalari falsafa, tarix, adabiyot va boshqa fanlar bilan bir qatorda muallim tomonidan tavsiya etilgan turli - tuman mavzularda so'z to'qishni ham o'rganganlar. Ovidiyning adabiy faoliyati 3 qismdan iborat “Amores” (“Ishqiy elegiyalar”) to'plami bilan boshlanadi. Shu janrning taomillariga ko'ra, to'plamning bir qancha she'rlari shoirning Korinna degan ma'shuqasiga bag'ishlangandir. Korinn11a kim, umuman, bunday ayol bo'lganmi, bo'lmaganmi - bu masalani aniqlashning aslo iloji yo'q. Ishqiy elegiyada o'rnashib qolgan taomiliga amal qilib, shoir o'zinig xayolida shu obrazni yaratgan bo'lishi ham ehtimoldan uzoq emas. Ovidiy ham o'zining elegiyalarida asosan, sevgining 0am g'ussalari, qayg'u hasratlari, sevinch va shodliklar haqida gapirib, ko'p jihatdan Tibull hamda Propertsiyning mavzularini takrorlaydi. Biro, Ovidiyning, umuman sevgi ehtiroslariga, hayot voqealariga qarshi, shuningdek adabiy usuli tamomila boshqachadir. Ma'lumki Ovidiydan oldin o'tgan ko'pchilik Rim shoirlari -Vergiley, Goratsiy, Katull, Tibull, Propertsiy va boshqalar o'z asarlarida yashab turgan davrlarni bir qator nuqsonlaridan (ichki urushlar, axloqiy buzuqliklar) norozi bo'lib, chinakkam baxt - saodatni Rim tarixining uzoq o'tmishlaridagi “Oltin davr” pallalarida axtarar, o' sha “Baxtiyor” kunlarning qaytib kelishini qumsab zamondoshlarinig tabiat bag'riga chiqarar, ozoda hayot makoni bo'lgan qishloq sharoitlarida umr kechirishga da'vad qilar edilar. Manna bu kayfiyatlar Ovidiy uchun tamomila begona. Shoir Rimning “baxtiyor o tmish” tushunchalariga, Avgust tomonidan keng suratga targ'ib va tashviq qilinayotgan qadimgi patriarxal axloq va odob g'oyalariga shubha va ishonchsizlik bilan qaraydi. “Oltin davr” paytlarini shonli yillar emas balki insoniyatning vahshiylik asri, deb ta'riflaydi va o'sha zamonlarda tugilmaganligi uchun ozini baxtiyor xisoblaydi. Binobarin, Ovidiyning sevgi sarguzashtlari Tibullning muhabbati singari begubor hayol osmonida, afsonalarda chulg'angan sokin tabiat bag'rida emas, aksincha Rimning kundalik hayoti olag'ovur shahar sharoitida kechadi. Shuningdek Ovidiyning elegiyalarida Tibull hamda Propertsiy asarlarida bo'lgani kabi chuo'ur muhabbat tuyg'ularini, og'ir istirob alamlarini, sevgi yulida fidoiylik va samimiylikni axtarish ham befoyda. Shoirning o'z tili Bilan ayiganda, u faqat “Hurram muhabbatining xushchaqchaq kuychisi” bo'lgan. Ovidiyning oldingi shoirlardan Yana bir katta farqi shundaki bu adib Vergiliy ijodida boshlangan usulini davom ettirib, o'zining ijodida notiqlik san'ati qoidalaridan benihoyat keng foydalanadi va shu yusin Rim poeziyasining kelgusi taraqqiyoti yulida yangi davrni boshlaydi. Ovidiy ijodining eng yuksak namunasi «Metamorfozalar» deb nomlanadi bu asar 15 bobdan iborat bhlib 12 ming mista she'rni o'z ichiga oladi. Yunon va Rim mifologiyasida juda ko'p uchraydigan ma'bud va ma'budalarning va odamlarning yashinlik olamiga va jonivorlarga munosabatlari hikoya qilinadi. Shoir bu asrda dunyoning yaratilishi, odamlarning ajoyib hayotlarining bayoning beradi, ishqiy elegiyalar toplamida va oltin davr rivoitlarini tanqid ostiga oladi insoniyatning vahshiylik asri deb atalishiga sabab bo'lgan nuqtalarni ko'rsatib beradi. Jahon shoirlari Ovidey xotirasiga bir qancha hazin va qizg'in she'rlar yozgan. Ovidiyning tutqinlikda yozgan she'rlariga ergashib ozlarinig qismatini belgilaydigan asarlar bitganlar. Songgi davrda Rim shoirining ijodiy faoliyatiga dillarni maftun etuvchi asarlariga yuksak baho berildi.
Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor yoʻnalish — „Are nova“ namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F. Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini „tiklash“ jarayonida — opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya uslubi k, aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi (Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J. Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz (Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim (Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida Yevropa kompozitorlik ijodiy12otida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan.
Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr binolari qurildi.
Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi, meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat) yaratilishiga sabab boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga keldi, „ideal“ shaharlarning loyihalari yaratildi.
Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy bayon qilgan „Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob“ asari bilan nazariyotchi olim sifatida namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi, davrning insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda oʻz ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila boshlandi, meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D. Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak mahorat, boy ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining goʻzalligi, nisbat va shakll13ar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi insonga zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar.
Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi. Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl, qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida muhim rol oʻynadi.
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda „shimoliy“ deb nomlangan) 15-asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha, 1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T. va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar).
Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining „oltin asri“ hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻa14rbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus, keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr 2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir.


Download 58.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling