Mavzu: Fransuz marifatchiligi
Fransiyada marifatchilikning boshlanishi va O’rta asrlar adabiyoti
Download 58.59 Kb.
|
Fransiyada marifatchilikning boshlanishi va O’rta asrlar adabiyoti
O‘rta asrlar adabiyotining paydo bo‘lishi va rivojini asosan 3 ta omil bilan belgilanadi: xalq ijodi an’analari, antik davr madaniyati va xristianlik. O‘rta asrlar adabiyotining davrlarga bo‘linishi Yevropa xalqlarining rivojlanish bosqichlari bilan belgilanadi. Biz uni 2 ta davrga – qabila tuzumining inqirozga yuz tutishi va feodalizmni tarkib topishi (X asr XI-XV oxirigacha) va rivojlangan feodalizm davrlariga bo‘lamiz. Ammo bu sana shartli ravishda olingan. Chunki barcha xalqlar hayoti bir xil rivojlanmagan. IX asrdayoq feodalizm shakllanib bo‘lgan Fransiyada bu xol boshqa davlatlarga nisbatan ancha oldin sodir bo‘ldi. yevropaning shimoli va shimoliy g‘arbdagi viloyatlar (skandinavlar va kelptlar) da bu hol ancha kechroq sodir bo‘ldi. Shuning uchun birinchi davr adabiyotiga asosan kelpt va skandinavlar poetik ijodi yodgorliklari to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi xalqlar poetik yodgorliklarini yaxshi saqlanganligiga kelsak, bunga ular uchun xristian dini ruhoniylari, asosan, mahalliy aholidan tayinlanganligi, ular esa Rim direktivalarini bir oz sovuqlik bilan xayotga tadbiq etganliklari, xristian diniga qadar u yerda xalq orasida tarkib topgan va yashayotgan marosim va odatlar bilan kelishib yashaganligi o‘z taosirini o‘tkazdi. Reyn, Dunay va Visla daryolari yoqalari va Skandinaviyaning janubiy qismidagi yerlarda qadimgi german qabilalari yashar edilar. Ularda ibtidoiy jamoa tuzumi hukmron bo‘lib, asosan, chorvachilik va ovchilik bilan shug‘ullanganlar, dehqonchilik esa hali rivojlanmagan edi. Yer qabila jamoasi ixtiyorida bo‘lib, u kollektiv ravishda ishlanar edi. Dushman hujum qilgan vaqtda butun qabila birgalashib, unga qarshi kurashardi. Urush ochish, harbiy boshliq tayinlash va boshqa masalalar xalq majlisida hal qilinar edi. Engelsning ko‘rsatishicha, qabilajamoa tuzumidan harbiy demokratiya o‘sib chiqadi. Urug‘ boshida xalq majlisi saylagan knyaz turadi. Harbiy ishlarda bevosita rahbarlik qilgan boshliq (gersog) jamoa hayotida katta rol o‘ynay boshlaydi. Talonchilik ularning maqsadi bo‘lib qolgan edi. Agar drujina boshlig‘ining o‘z joyiga yaqin yerlarda qiladigan ishi qolmasa va boshqa xalqlar yashaydigan joylarda urush bo‘lib turgan bo‘lsa, u, biror o‘lja olish maqsadida, o‘z otryadi bilan shu joylarga boradi…. Yevropada feodal o‘rta asrchiligining boshlanishi G‘arbiy Rim imperiyasining yemirilish davriga to‘g‘ri keladi. Urug‘chilik jamoa ittifoqlariga birlashgan varvar qabilalarining imperiya yerlariga qilgan hujumlari qul va dehqonlar revolyutsiyasining g‘alaba qilishiga va eski quldorlik tuzumining yemirilishiga imkon beradi. Xalqlarning ko‘chib yurishi yoki ko‘chmanchilik davri deb atalgan bu asrlar to‘xtovsiz urushlar bilan to‘lib-toshgan edi. Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan german qabilalarining xiyla rivojlangan og‘zaki adabiyoti bo‘lganligi haqida Yuliy Sezar (eramizgacha I asrning o‘rtalari), Tatsit (eramizning I asr oxiri) va boshqa tarixchilarning asarlarida ma‘lumotlar bor. Qadimgi germanlarning mifologik xarakterdagi qo‘shiqlarida qabila xudolari, mehnat va qahramonliklar, shuningdek, urug‘ urf-odatlari aks etgan. Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlari tashkil topa boshlagach, xristian cherkovi xalq qo‘shiqlaridagi majusiy qarashlarga qarshi kurash olib boradi, epik asarlarga ham xuddi shu tartibda xristian dini aqidalari ta‘siri o‘tkaziladi. Natijada, Mazkaziy Yevropa germanlarining majusiy urf-odatlari aks etgan epik yozma yodgorliklari yo‘qolib ketadi. German qahramonlik eposi XII – XIII asrlarda yozib olina boshlagan. Lekin xattotlar cherkov xodimlaridan iborat bo‘lgani sabab, ular bu asarlarga xristianlik qarashlarini kiritganlar. Bir qancha ertak va qissalarda german qabilalarining gunnlar bilan olib borgan urushlari tasvirlanadi: Nibelungl15arning o‘limi haqidagi rivoyatda zolim Attila nibelunglar xazinasini egallash maqsadida burgundlar qiroli Gunter va uning sipohiylarini o‘z mamlak16atiga mehmonga chaqirib, ularni o‘ldiradi. Rivoyatda aytilishicha, Attila o‘z ajali bilan vafot etgan. Biroq keyingi epik ertaklarda german asirasi Ildiko akalari uchun qasos olib, Attilani o‘ldiradi,-deb ko‘rsatiladi. Nemischa “Nibelunglar haqida qo‘shiq”da (XII asr) tarixiy voqealar yangi tus oladi, Krimxilda eri Zigfrid uchun o‘ch olib, o‘z akalarini o‘ldiradi. Bu esa urug‘chilik qonunlari o‘rnini oila tartiblari egallanayotganidan darak berar edi. Qadimgi german eposi harbiy qahramonlik, urug‘ uchun o‘ch olish, o‘zaro janjallar va shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa sarguzashtlarni aks ettiradi. Ijobiy obrazlar ham axloqiy, ham jismoniy jihatdan ideal qahramonlar, salbiy obrazlar esa qasoskor va jinoyatchi kishilar sifatida tasvirlanadi. Qadimgi german eposining qabila drujina hayotini aks ettirgan birdan-bir namunasi “Xildebrant haqida qo‘shiq” dan qolgan parcha bo‘lib, u VIII asrda yozib olingan. Kelt qabilalarining hayoti va urf –odatlari haqidagi xalq poeziyasi asosida asta-sekin qahramonlik eposi yuzaga keladi. Bu ertaklar davr o‘tishi bilan ayrim qo‘shiqchilar tomonidan aytiladigan bo‘ladi. Qo‘shiqchilar ikki guruhga – bardlar va filidlarga bo‘linganlar. Bardlar lirik poeziya bilan, filidlar esa asosan qonunlar, qabila urfodatlarini aks ettirgan epik poeziya bilan shug‘ullanib ular qo‘shiqchi-hikoyachi deb nomlanganlar. Filidlar epik hikoyalarni sistemalashtirganlar. Ular, ayniqsa, qish kechlari knyaz saroyida qahramonlarning o‘tmish sarguzashtlati haqidagi hikoyalarni aytganlar. Bu qissalar nasriy uslubda bayon qilingan. Shuning uchun ular keyinroq “saga” (qissa) nomini olgan. Filidlar sagadagi tasvirlar orasiga she‘riy parchalar kiritib, uning ta‘sir kuchini oshirganlar. Sagalar qabiladanqabilaga o‘tib, uzoq vaqt saqlanib qolgan. Irland sagalarini VII –VIII asrlarga yozib olgan monaxlari Rimga tobe bo‘lmaganliklrin tufayli, sagalarni unchalik ko‘p o‘zgartirmaganlar. Shuning uchun irland sagalarida majusiy urf-odatlari, qabila hayotining qoldiqlari ravshan ifodalangan. Kelt (irland) qissasi . Irlandiya qadimgi kelt madaniyatining markazi edi. Kelt qissalari syujetining xilma-xilligi, mazmundorligi, tilining rvonligi qahramonlar ruhiy holatining yorqin tasviri bilan ajralib turadi. Irland eposining eng qadimgi qismi ulad siklidagi qissalardir. Bu qissalar Shimoliy Irlandiyada yashagan ulad qabilalari o‘rtasida yangi asrning boshlarida nasriy uslubda yuzaga keladi. Qissalardagi voqea ulad qiroli Konboxar, uning jiyani paxlavon Kuxulinnng hayoti va sarguzashtlatiga bog‘liq ravishda rivojlanib boradi. Irland eposida o‘zaro qonli urushlar, qabila odatlari, ularning urug‘chilik davri xudolariga e‘tiqodi va boshqalar aks ettiriladi. Bu eposning dastlabki namunalaridan biri “Usnex o‘g‘illarining quvilishi”dir. “Uspex o‟g‟illarining quvilish”. “Uspex o‘g‘illarining quvilishi” juda keng tarqalgan irlan qissalaridan biri bo‘lib, keltlar tomonidan yaratilgan ajoyib badiiy yodgorlikdir. Qissaning mazmuni “Tristan va Izolda” haqidagi hikoyaga yaqin turadi. Qissaning qadimiyligi shundan ham ma‘lumki, hali hikoyada qahramon Kuxulinni tilga olinmaydi, butun voqea uning tog‘asi qirol Konboxar haqida boradi. Bu qissaning asl nusxasi va og‘zaki variantlari mavjuddir. Kuxulin haqida qissalar. Kuxulin haqidagi sagalar Kuxulinning tug‘ilishi haqidagi qissa bilan boshlanadi. Qissada tasvirlangan urf-odatlar uning juda qadimgi davrga xos ekanligidan dalolat beradi. Kuxulinning kelib chiqishi haqida turli afsonalar bor. Bir rivoyatda Kuxulin Konboxarning singlisi Dextri bilan Lug (qadimgi kelt afsonalarida nur xudosi)ning o‘g‘li deb ko‘rsatiladi, unda Setanta ismli bu bolaning yoshligidanoq tengdoshlaridan kuchli va chaqqon bo‘lganligi hikoya qilinadi. Konboxar va uning jangchilari temirchi Kulannikiga ziyofatga boradilar. Bola ham Kulannikiga qarab yo‘l oladi. Kulanning juda zo‘r iti bolaga hujum qiladi. Olti yoshli Setana sopqondan tosh otib, itni o‘ldiradi. Kulan itning o‘rniga saroyni bir necha vaqt qo‘riqlab berishni talab qiladi, bolaning Kuxulin(Kulan iti) nomini olishi shu vaqtdan boshlangan. Kuxulin zabardast, chaqqon va go‘zal yigit bo‘lib o‘sadi. U irland ayollarining diqqatini o‘ziga tortadi. Ular yigitga munosib qalliq axtaradilar. Munosib qiz topilmagach, Kuxulinning o‘zi qiz axtarishga kirishadi. Qiz topish uning birinchi qahramonlik kurashi bilan bog‘langan. Kuxulin Lug bog‘ida Emer ismli qizni uc17hratib, u bilan suhbatlashadi. Ular bir-birlarini sinash uchun savollar beradilar. Kuxulin go‘zal, don ova chevar Emirni sevib qoladi. Biroq qizning otasi Forgal yigitni halok etish maqsadida unga xavfli va nihoyatda og‘ir topshiriq beradi (Shu o‘rinda Kuxulinning harbiy jnglarda chiniqishi hikoya qilinadi). Kuxulin xatarli yo‘ldan o‘tib, ko‘p to‘siqlarni yengib, Skatax eliga boradi, u yerda qahramon ayol qo‘lida jangovarlik mahoratini oshiradi. Bu elga hujum qilgan dushman askarlariga ham zarra beradi. Kuxulin ko‘p dushmanlarni yengib, Emirga erishadi va uni Konboxar saroyiga olib borib, baxtli turmush kechiradi. Kuxulin 17 yoshga kirganida juda katta qahramonlik ko‘rsatadi. Konnaxt qirolichasi Meb uladlarning zo‘r bir buqasini tortib olish bahonasida ularga hujum qiladi. Bu vaqtda butun ulad sehrli dardga chalingan edi. Faqat Kuxulin, go‘yo ilohiy avlodga mansub bo‘lganidan, kasal bo‘lmaydi. Shuning uchun yolg‘iz Kuxulinning o‘zi butun Irlandiyani uch oy davomida dushman qamalidan himoya qiladi, daryo kechigida turib olib, sehrgarlik bilan dushman askarlarini yakkama-yakka kelishga majbur etadi va ularni birma-bir mag‘lubiyatga uchratadi. Uladlar kasallikdan tuzalib, yordamga kelganlaridan keyin, dushman butunlar tor-mor etiladi. Bu voqea aks etgan “Kualgedan buqa o‘g‘irlash” qissasida Kuxulinning matonati, aqli va qahramonligi to‘la gavdalangan. Bu epos o‘z mazmuni bilan grek eposi “Iliada”ga o‘xshaydi. Lekin ixtilof ayol uchun emas, buqa tufayli yuzaga kelishi bilan farq qiladi. “Kuxulinning Feriad bilan jangi”. “Kuxulinning Feriad bilan jangi” qissasi Kuxulinning qahramonligiga bag‘ishlangan. Hayot yo olim uchun kurashgan Kuxulin zo‘r paxlavongina emas, chinakam inson ham edi. Kuxulin Ferdiad mening qo‘l va oyoqlarimni qirqib tashlaganda ham, uning tirik qolishini istar edim, deyishi uning do‘stiga bo‘lgan vafodorligiga ajoyib dalildir. Kuxulin Feriadning qirolicha Meb nayranglari qurboni bo‘lganidan qattiq iztirob chekadi.Yangi fransuz sheʼriyatining asoschisi oʻsha oʻn yilliklarning eng isteʼdodli shoiri Klement Marot edi. Maro Italiyadan Pavia jangida ogʻir yaralanib qaytdi. Choʻloq va qashshoq choʻloq boʻlib, uni qoralash bilan qamoqqa tashladilar va agar Margaritaning shafoati boʻlmaganida qatl etilgan boʻlar edi. U antik falsafani oʻrgangan, qirollik saroyiga va Navarralik Margaretning adabiy doirasiga juda yaqin edi. U koʻplab epigramma 18va qoʻshiqlar muallifiga aylandi. Erkin fikrlovchi asarlar shoir uchun besamar ketmagan. Ikki marta u Fransiyadan qochib ketdi. Shoirning soʻnggi kunlari Turinda tugadi va Sorbonna uning koʻplab sheʼrlarini taqiqlanganlar roʻyxatiga kiritdi. Maro oʻz ijodida italyan taʼsirini yengib oʻtishga, sheʼrlarga milliy tus, „Galya yorqinligi“ berishga intilgan. Lion sheʼriyat maktabi ham mavjud edi. Uning vakillari qattiq taʼqiblarga duchor boʻlmadilar. Shoira Luiza Lab Lion maktabiga mansub.Navarralik Margarita juda erta ilgʻor mutafakkirlar va shoirlar davrasining homiysi va diqqat markaziga aylandi. Klement Marot unga yaqin edi. Uning hamrohlari orasida „Gargantua va Pantagruel“ning uchinchi kitobini unga bagʻishlagan zukko yozuvchi Fransua Rabela ham bor edi. Asrning birinchi yarmining eng jasur aqllaridan biri Bonaventure Deperier 1536—1541-yillarda Margueritening kotibi boʻlgan. Aynan shu davrda u oʻzining „Dunyo zangini“ va „Yangi qiziqarli va kulgili suhbatlar“ nomli jirkanch hikoyalar toʻplamini yaratdi. Margueritening kotibi ham 1545-yilda Dekameronning yangi tarjimasini qilgan Antuan Le Meyson edi. Fransuz adabiyoti uchun muhim hodisa oʻz davrining maʼnaviy izlanishlarini aks ettiruvchi koʻplab sheʼriy asarlarga ega boʻlgan Navarralik Margueritning ijodi edi. Margaritaning asosiy merosi — „Geptameron“, yaʼni „Yetti kun“ deb nomlangan 72 hikoyalar toʻplami. Ehtimol, bu asarning asosiy qismi 1542—1547-yillar oraligʻida, Margarita Parij saroyining gʻamxoʻrligidan, akasining „katta“ siyosatidan juda uzoqda boʻlgan, uning „kichik“ siyosatiga shoʻngʻib ketgan bir paytda yozilgan. Zamondoshlarining soʻzlariga koʻra, u zambilda oʻz mamlakatlari boʻylab sayohat qilib, oʻzining qisqa hikoyalarini yozgan. Navarralik Margaretning „Geptameron“ asari inson ideallari va real hayot oʻrtasidagi fojiali ziddiyatlarni anglashni koʻrsatadi. XVI asrda fransuz adabiy tili va yuksak uslubiga asos solindi. 1549-yilda fransuz shoiri Joashen du Bellay „Fransuz tilini himoya qilish va ulugʻlash“ dasturi manifestini nashr etdi. Ushbu insho goʻyoki faqat qadimgi tillar yuksak sheʼriy gʻoyalarni munosib shaklda oʻzida mujassamlashtira oladi, degan fikrni rad etdi va qad19imgi tillar bir vaqtlar qoʻpol va rivojlanmaganligi taʼkidlangan, ammo bu takomillashtirish edi. Ularni nimaga aylantirgan sheʼr va adabiyot. Shunday qilib, fransuz tili bilan boʻladi, faqat uni rivojlantirish va yaxshilash kerak. Du Bellay oʻzining hamfikrlari va doʻstlarini birlashtirishning oʻziga xos markaziga aylandi. Uning aʼzosi boʻlgan Per de Ronsard „Pleiades“ nomini yaratdi. Bu nom tasodifan tanlanmagan: ettita qadimgi yunon tragik shoirlari guruhi ham xuddi shunday nomlangan. Ronsard bu soʻz bilan Fransiya adabiy osmonidagi ettita sheʼriy nuroniyni ifodalagan, bu oʻziga xos fransuz sheʼriy maktabi edi. Unda Per de Ronsard, Joashen Du Bellay, Jan Antuan de Beyf, Remi Bello bor edi. Ular oʻrta asrlar merosidan voz kechib, antik davrga boʻlgan munosabatlarini qayta koʻrib chiqishdi. Qirol Genrix II davrida Pleiades sud tomonidan tan olingan va Ronsard saroy shoiri boʻlgan. U turli janrlarda — ode, sonet, pastoral, ekspromtda ijro etdi.Oʻsha davrda Fransiyadagi falsafiy fikrni sxolastik aristotelizmning tanqidchisi Per de la Rame eng yaxshi ifodalagan. Ramening „Aristotel aytgan hamma narsa yolgʻondir“ tezisi yangi Yevropa falsafasining boshlangʻich nuqtasi boʻldi. Ramet ixtirochilik sanʼati deb atagan mantiqiy asosli, amaliyotga yoʻnaltirilgan usul gʻoyasi bilan hayotdan uzilgan sxolastik mulohazalarga qarshi chiqdi. Usulni yaratish vositasi yangi mantiq boʻlib xizmat qilishi kerak edi, uning boshlanishi Rame oʻzining „Dialektika“ asarida rivojlantirildi. U oʻz davrining eng buyuk matematiklaridan biri boʻlgan, „Matematika kursi“ nomli yirik umumlashtiruvchi asar muallifi edi. Bonaventure Deperier — Uygʻonish davrining eng original figuralaridan biri. U filolog va tarjimon boʻlib, Navarralik Margaretning kotibi boʻlib ishlagan. 1537-yilda u anonim ravishda satirik dialoglar kitobini nashr etdi — „Dunyo zarbi“. Kitob bid’at deb eʼlon qilindi va taqiqlandi. Deperrier „solih eʼtiqoddan murtad“ deb eʼlon qilindi, u Navarralik Margaret sudidan chetlashtirildi. Natijada, taʼqiblar uni oʻz joniga qasd qilishga olib keldi. Deperrierning zamondoshi Etyen Dole yovuz ruhlar bilan aloqadorlikda ayblanib, ustunga yuborilgan baxtsizlarni himoya qildi. Sabablarni bilishni eng oliy yaxshilik deb hisoblab, Doulning oʻzi mavjud boʻlgan hamma narsa yuqori iroda bilan emas, balki „buning uchun zarur boʻlgan operatsion sabablar“ tufayli paydo boʻlgan degan xulosaga keladi. Bir muncha vaqt olijanob va badavlat kishilarning homiyligi Doleni inkvizitsiyadan qutqardi. Biroq, 1546-yilda u Platon tarjimasida ruhning oʻlmasligi haqidagi xristian taʼlimotiga zidlikda ayblangan. Dole sudlangan va ustunda yoqib yuborilgan.20 Yozuvchining taqdiri uning barcha kitoblarida oʻxshash edi.Mashhur fransuz gumanistlaridan biri Jak Lefebr d’Etaple edi. U juda bilimli odam edi: ensiklopedist, filolog va faylasuf, ilohiyotchi, matematik, astronom. Florensiyada taʼlim olgan va oʻz vatanida matematiklar va kosmograflar maktabining asoschisi boʻlgan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida d’Etaple faylasuflar shohining anʼanaga koʻra muqaddaslangan hokimiyatiga yangicha qarash istagi bilan ajralib turadigan Aristotel asarlariga sharhlarni nashr etdi. 1512-yilda u Pavlus maktublariga sharhni nashr etdi, unda u nasroniylik taʼlimotining ota-bobolarining yozuvlarini tanqidiy tahlil qilish zarurligini asosladi. U Bibliyani fransuz tiliga tarjima qilgan (bu vaqtgacha u faqat lotin tilida mavjud edi), ammo bu tarjima Sorbonna tomonidan bid’atchi deb qoralangan. Aslida xayolparast va sokin gumanist boʻlgan Lefebr d’Etaple oʻz gʻoyalari amalda nimaga olib kelishi mumkinligini anglaganida, uning oqibatlaridan qoʻrqardi. D’Etaple atrofida Injil matnlarini oʻrgangan xristianlik tarafdorlari, talabalar, ular orasida Fransiyadagi gumanistik harakatning etakchilaridan biriga aylangan filolog Guillaume Bude ajralib turardi. Dunyoqarashi keng inson matematika, tabiiy fanlar, sanʼat, falsafa, rim va yunon filologiyasini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan. Uning „Pandektning 24 kitobi haqida mulohazalar“ asari Rim huquqi manbalarini filologik tahlil qilishga asos solgan. „Asse va uning qismlari toʻgʻrisida“ inshosida ikkita madaniyat — qadimgi va nasroniylik gʻoyasi ishlab chiqilgan. Fransiyaning shon-shuhratidan xavotirlanib, uning tanazzulga uchrashi uchun javobgarlikni hukmdorlar va nufuzli odamlarga yukladi. U hatto „Suverenga koʻrsatmalar“ kitobini ham yozgan. Bude tufayli Fontenbleoda kutubxona tashkil etildi, keyinchalik u Parijga koʻchirildi va Fransiya Milliy kutubxonasining asosiga aylandi. Budet qirol Frensis bilan koʻp va jiddiy suhbatlashdi, u oʻz taʼsiri ostida Parijda Qirollik kollejini — College de Franceni tashkil qildi. U yerda yunon, lotin va ibroniy tillari oʻrgatilgan. Fransiyada gumanizmning rivojlanish davri qisqa boʻlib, uning yoʻllari tez orada tikonli boʻlib qoldi. Yevropada katolik reaksiyasi kuchaydi. XVI asrning 30-yillari oʻrtalaridan boshlab insonparvarlik yutuqlaridan qoʻrqib ketgan Sorbonna oʻz vakillariga qarshi chiqdi. Fransiya qirollik hokimiyati va saroyining gumanistlarga munosabati ham oʻzgarmoqda. Homiydan qirol hokimiyati erkin fikr taʼqibchisiga aylanadi. Quvgʻin qurbonlari yirik fransuz gumanistlari — Bonaventure Deperier, Etyen Dolet, Klement Marot edi. Xulosa Zamonaviy ratsionalizm Descartes ishlaridan boshlangan. Hissiy kechinmalar tabiati, va fiziologiya hamda optikadagi ilmiy kashfiyotlar Descartes (shuningdek, Locke) ni biz obyektlardan emas, ular haqidagi fikrlardan boxabar ekanligimiz, haqidagi gʻoyaga olib keldi. Bu qarash quyidagi savollarni tugʻdirdi: 1. Fikr u tasnif etayotgan real narsaning haqiqiy nusxasimi? Hissiyot obyekt va bizning tanamiz orasidagi toʻgʻridantoʻgʻri aloqa emas, balki uni tasniflovchi fiziologik jarayondir (masalan, koʻz pardasidagi tasvir). Locke rang kabi ikkilamchi sifatlar hissiyotning obyekt haqidagi haqiqiy tasnifga aloqador emas, faqatgina birlamchi sifatlar (shakl, hajm kabi) haqiqiydir, deydi. 2. Stul-stol kabi fizik obyektlar, yoki hatto ularni tasnif etayotgan miya jarayonlari bunday jismlarning ruhiy tasnifiga aylanadi? Bu savol xayol-tana muammosi sifatida mashhurdir. 3. Agar hammamiz biror fikrdan boxabar boʻlsak, bu fikrni tugʻdirgan narsaning darhaqiqat mavjud ekanligini qanday qilib bilish mumkin? Descartes soʻnggi muammoni ong orqali hal qilishga urindi. U Parmenidning "Fikrlayapman, demak mavjudman" (lot. Cogito ergo sum) tezisini rad etib boʻlmaydi, degan fikrga keldi. Bu tezisdan Descartes butun bilim tizimini qurishda foydalanish kerakligini uqtiradi (bunday tizimda, masalan xudo mavjudligi bahsida ontologik argumentdan foydalanish mumkin). Uning ongning yolgʻiz oʻzi voqeʼlikni oʻrgana olishi mumkinligi, gʻoyasi zamonaviy ratsionalistlarga taʼsir koʻrsatdi (masalan, Baruch Spinoza, Gottfried Leibniz va Christian Wolff); biroq empiritsist faylasuflar bu gʻoyani tanqid qilishdi.Empiritsizm, ratsionalizmdan farqli oʻlaroq, olamni tanishda ongning ahamiyatini kamligini, bilimni asosan hissiyotlardan olish mumkinligini taʼkidlashadi. John Locke oʻzining An Essay Concerning Human Understanding (Odam Tushunishi Haqida Esse, 1689) asarida klassik 21empiritsistik qarashlarini yoritadi, hamda naturalizm va empiritsizmni qatʼiy ilmiy (oʻsha paytda Newton'iy) prinsiplar asosida qurish kerakligini uqtiradi. Bu davrda diniy gʻoyalar dunyoviy Falsafaga kirishga intildi. Yepiskop Berkeley'ning Isaac Newton gʻoyalarining asosiy prinsiplarini rad etuvchi idealizmi bunga misol boʻlishi mumkin. Diniy mutafakkirlar qatoriga shuningdek Blaise Pascal, Joseph Butler va Jonathan Edwards kabi faylasuflarni misol qilib keltirish mumkin. Qolgan faylasuflar, masalan Jean-Jacques Rousseau va Edmund Burke, boshqacha yoʻldan borishni afzal bilishdi. Ushbu davrning farqli falsafiy qarashlari 20-asr Falsafasining turli sohalarga boʻlinishi va akademik fanlar kabi qatʼiylashishiga turtki boʻldi. Skeptitsizm har qanday bilim ilojli ekanligini savol ostiga qoʻyuvchi falsafiy qarashdir. U ilk bor Pirron tomonidan oʻrtaga qoʻyilgan; Pirron shamoyildan boshqa hamma narsa shubha ostidadir, deb fikrlagan. Sextus Empiricus (I asr) skeptitsizmni "qanday qilib boʻlsa-da, shakl va qarorlarga qarshi chiqib, [...] ruhiy xotirjamlikka ega boʻlishdir",[7] deb taʼriflagan. Yaʼni skeptitsizm quruq shubhalanish emas, balki shubhalanish orqali xotirjamlikkar erishishdir, deb koʻrilgan. Skeptitsizm oʻzini dogmatizmga qarshi, deb biladi.[8] Sextus biror axborotning ishonchliligi savol tugʻdiradi, chunki bu uni qabul qiluvchiga bogʻliqdir, deydi. Biror narsaning koʻrinishi turli vaziyatlarda turlichadir: masalan, echki shoxining boʻlagi oq boʻlib koʻrinsa, butun shox qora boʻlishi mumkin. Qalam yonidan qaralganda choʻp, deb qabul qilinadi; biroq unga bir uchidan qaralsa, u doira boʻlib koʻrinadi. Skeptitsizm keyinchalik Michel de Montaigne va Blaise Pascal zamonasida qayta tugʻildi. Ayniqsa David Hume ishlarida skeptiklik yaqqol seziladi. Hume fikrlashning faqat ikki: ehtimoliy va namoyishli turlari borligini taʼkidlaydi (qarang, Hume sanchqisi). Bulardan birontasi ham bizni tashqi olamning haqiqatdan mavjudligini uzil-kesil isbotlay olmaydi. Namoyishli fikrlash namoyishning (yaʼni, aniq tezislardan deduktiv xulosa chiqarishning) yakka oʻzi tabiat uniformalligini (masalan, fan koʻrsatgan tabiat qonunlari uning barcha qismlari uchun taalluqli ekanligini) isbotlay olmasligi tufayli olam ongimizdan tashqarida mavjud ekanligi shubhalidir. Bunday ong yolgʻiz oʻzi kelajak va oʻtmish orasidagi aloqani topa olmaydi. Biz olam haqidagi qandaydir ishonchlarga ega boʻlishimiz mumkin (masalan, ertaga quyosh chiqib, tong otishiga ishonch), lekin bu ishonchlar odat va anʼanalar natijasidir, va albatta shunday boʻlishiga qatʼiy mantiqiy isbotga bogʻliq emas. Umumiydan xusuiyga keltiruvchi ehtimoliy (induktiv) fikrlash ham yordam bermaydi: u ham tabiat uniformalligiga bogʻliqdir, bu uniformallik esa isbotsizdir. Ikkala fikrlash turining eng yaxshi natijasi nisbiy haqiqat boʻlishi mumkin: agar tayinli taʼkidlar rost boʻlsa, u holda tayinli xulosalar kelib chiqadi. shuning uchun olam haqida hech qanday bilim uzil-kesil qabul qilina olmaydi. Hume skeptik argumentga uni nazarga ilmaslikdan boshqa yechim yoʻqligini aytadi.[9] Agar hatto shu muammolar har bir hol uchun hal qilinsa-da, biz bu yechimni isbotlash muammosiga duch kelamiz, va shunday qilib cheksiz regressga duch kelamiz (regress skeptitsizm atamasi shunga bogʻliq).[10][11]Koʻp faylasuflar shunday skeptik argumentlar ahamiyati ustida bahslar olib borishgan. Tashqi olam haqida bilim olamizmi, yoʻqmi, bu bizning bilimni qanday belgilashimiz, qay darajada aniqlik istashimizga bogʻliqdir. Agar biz mutlaq aniqlik istasak, ruhiy kechinmalardan tashqariga chiqa olmay qolamiz. Bunda biz hatto "Men" tushunchasining kogerent yoki davomiyligini ham hal qila olmaymiz, tashqi olam haqidagi axborotlarga esa butkul ishonmay qoʻyamiz. Biroq, boshqa tomondan, agar biz oʻrnatgan aniqlik darajasi juda past boʻlsa, u holda turli illuziya va fokuslarga aldanib qolishimiz mumkin. Skeptitsizmga qarshi bunday argum22ent faylasuf solipsizmdan tashqari chiqishi kerakligini, bilimning aniqlik darajasi baland boʻlishi, lekin mutlaq aniq boʻlmasligi mumkinligini bildiradi.Idealizm fikrlovchi mavjudot ongidan tashqaridagi voqeʼlikni bilish ilojsiz ekanligini taʼkidlovchi epistemologik doktrinadir. Uning alternativ, qatʼiyroq metafizik shakli ongdan tashqarida hech nima yoʻqdir, deydi. Zamonaviy gʻarbiy Falsafada epistemologik doktrina Descartes'ning asosiy gʻoyalaridan boshlangan – u ongimizdagi axborotga hissiyotlardan olingan axborotdan koʻra koʻproq ishonsa boʻladi, deydi.Metafizik idealizm esa George Berkeley ishlarida ilk bor koʻriladi. Berkeley ogʻriq kabi hislar va "tashqi" narsalar haqidagi fikrlar orasida katta farq yoʻqligini aytadi. Masalan, olovga xos tayinli issiqlik va yorugʻlik sezishimiz bizni tashqarida olov borligiga ishontiradi, va bu hislarning oʻzi "olov"dir, deb xulosa chiqarish mumkin. Berkeley buni lotin tilida esse est percipi: mavjudlik hissiyotdir, deb ifodalaydi. Bu nuqtai nazardan uylar, togʻlar va daryolar insondan "ustun, katta" emas, balki boryoʻgʻi bizning ongga bogʻliq nimarsalar boʻlib qoladi.Idealizm shakllari XVIII asrdan to XX asr boshlarigacha Falsafada muhim boʻlib keldi. Immanuel Kant'ning transsendental idealizmiga koʻra tushunish mumkin boʻlgan narsalar doirasi cheklangandir, zero koʻp narsani obyektiv baholab boʻlmaydi. Kant oʻzining Sof Ong Tanqidi (Critique of Pure Reason) (1781–1787) asarida ratsionalizm va empirizmni bogʻlashga urinadi, metafizikani oʻrganishda yangi uslublar kiritadi. Kant shu ishi bilan biz bilgan biror narsani bilganligimiz uchun rost, deb qabul qilishimiz bilish yoʻlidir, deydi.Koʻrsatilgan katta mavzulardan biri tabiatning bizning cheklangan bilimimizga bevosita kira olmaydigan xususiyatlari bor ekanlgiga bagʻilshangan.[12] Kant butkul hissiy maʼlumotni konseptual yoki kategorik tizimda jonlantirish uchun ongimizga obyektiv bilim kerakligini uqtirgan boʻlsada, oʻzidagi narsalar bizning hissiyotlarimizdan mustaqil mavjuddir, deb hisoblaydi; shuning uchun uni tom maʼnoda idealist, deb atash mumkin emas. Aslida, Kant'ning oʻzidagi narsa konsepsiyasi juda murakkab va qaramaqarshiliklarga egadir. Uning ishini davom ettirgan Johann Gottlieb Fichte va Friedrich Schelling olamning mustaqil mavjudligi gʻoyasidan voz kechishib, butunlay idealistik Falsafaga berilishdi. Download 58.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling