Mavzu: frazeologik birliklarning lingvomadaniy tahlili ingliz va O'zbek tili iboralari misolida
Download 55.83 Kb.
|
Sultonova Oisha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar tahlili
Mavzu: FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI Ingliz va O'zbek tili iboralari misolidaSultonova OishaKirish
Adabiyotlar tahliliTil va madaniyatning uyg'unlashuvini frazeologik birliklarda namoyon bo'lishini tadqiq etgan xorijlik olimlardan V.N. Teliya, V.V.Vorobyev (Linguoculturology: Theory and methods), V.A. Maslova, M.L.Kovshova, A.N. Baranov, D.O. Dobrovolskiyning asarlarini e'tirof etamiz. Ingliz va O'zbek tillarida frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish bo'yicha A.E.Mamatov, G.E.Hakimova, F.S.Azizova Va birqancha tillar misolida qiyosiy tahlilning nazariy muommolarini o'rganish bo'yicha B.Boltayeva, X.Xoliqova, E.Xolmurodova, A.A.Nosirov bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. METOD Barcha izlanishlar yaxlitlanib frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari Ingliz va O'zbek tillaridagi iboralar misolida Qiyosiy tahlil metodi yordamila mavzu yoritildi. TAHLIL OBYEKTI Maqolaning obyekti sifatida "inson" siymosining frazeologik birliklarda ifodalanishi keltirilgan bo'lib, O'zbek va Ingliz tili doirasida lingvomadaniy tahlil qilinadi. ASOSIY QISM Ingliz tilidagi "cost an arm and leg" iborasi O'zbek tilidagi "Otasini narxi turadi" iborasiga teng bo'lib, linguocultural tahlilda "Juda ham qimmat" sifatini ifodalash uchun ikki xil millatdan ikki xil o'xshatish orqali bir ma'no keltirilib chiqarilgan. Bunda Ingliz xalqi olamida "arm", "leg" qimmatbaho qiymatga ega jismlar hisoblanadi, O'zbek tilida esa "Otaning narxi" bu majoziy ma'noda olingan. Umumiy olganda har ikkisidan ham bir semantik ma'no paydo bo'lgan- bu "Juda qimmat" sifatidir. "be on cloud nine"- Ingliz tilida Juda ham xursandligidan to'qqizinchi osmonda yurganini anglatib, O'zbek tilida ham huddi shu tarzda ifodalanadi, lekin o'zbek tilida osmon yetti raqami bilan linguocultural farqni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ot so'z turkumidagi "qarindosh" - "relative" so'zi Ingliz olamida "Your flesh and blood" iborasi bilan qo'llanilsa, O'zbek xalqi tilida "Jigar" - liver so'zi bilan ifodalanadi
XULOSA Lingvomadaniyatshunoslik til birliklarining milliy madaniy mazmunini o'rganib ularni butun to'liq mazmuni va nozik farqlarini mana shu tilning va mana shu madaniyatning sohiblari idroki tafakkuri deb qaraydi. Frazeologik birliklar esa bu yo'lda asosiy tayanch bo'luvchi vositadir. Ushbu ishda aynan inson siymosiga tegishli frazeologik birliklardan foydalanilganligi bu birliklarning aynan bir aniq rejali qolipda lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishda eng asosiy tayanch bo'lgan. ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI 1. A.E Mamatov "Zamonaviy Lingvistika" Toshkent, (Noshir press) 2019 2. V.A Maslova "Linguoculturology", Academy 2004. 3. V.V Vorobyov "Linguoculturology: Theory and methods", Academy 2008 4. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 1-jild, Toshkent 2000y 5. Mamatov, A. "LINGUOCULTURAL STUDY OF PHRASEOLOGICAL UNITS" 2021 https://ruslit.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/654 6. MacMillan-Destination C1 & C2: Grammar and Vocabulary, 2008 7. https://www.kaplaninternational.com/blog/learning-languages/eng/18-english-idioms-body-parts 8. https://www.kaplaninternational.com/blog/learning-languages/eng/18-english-idioms-body-parts Download 55.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling