Mavzu: Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot. Frazeologik monosemiya va polisemiya. Frazemalarning semantik turlari Ma’ruzachi: tafu dotsenti, f f. f d. (PhD) xo‘janiyazova sh. S


Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar


Download 242.47 Kb.
bet5/8
Sana19.01.2023
Hajmi242.47 Kb.
#1101727
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma\'ruza Frazeologiya

Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar: [me’dasiga tegmoq], [yaxshi ko‘rmoq], [holdan toymoq], [sabr kosasi to‘lmoq], [tepa sochi tikka bo‘lmoq], [og‘ziga talqon solmoq], [podadan oldin chang chiqarmoq].
Sifat turkumiga mansub frazeologizm: [ko‘ngli bo‘sh], [rangi sovuq], [yuragi toza], [avzoyi bejo], [dili siyoh], [kayfi buzuq].
Ravish turkumiga mansub frazeologizm: [ipidan-ignasigacha], [ikki dunyoda ham], [miridan-sirigacha], [ha-hu deguncha].
So‘z - gaplarga mansub frazeologizm: [turgan gap], [shunga qaramay], [katta gap].
Frazeologizmlar tilshunosligimizda muayyan so‘z turkumi bo‘yicha tasnif qilinmagan va grammatik xususiyati yetarli darajada o‘rganilmagan.
FRAZEOLOGIZMLAR QO’LLANISHIGA KO’RA
UMUMISTE’MOL FRAZEOLOGIZMI
QO’LLANISHI CHEGARALANGAN FRAZEOLOGIZM
Qo’llanilish davri
Qo’llanilish chegarasi
([holdan toymoq], [shunga qaramay],
[ro‘yobga chiqmoq])
QO’LLANILISHI CHEGARALANGAN FRAZEOLOGIZMLAR
QO’LLANILISH DOIRASI
QO’LLANILISH DAVRI
ESKIRGAN FRAZEOLOGIZMLAR
ZAMONAVIY FRAZELOGIZMLAR
[alifni kaltak demoq], [aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan], [dastin aliflom qilib, kallasini xam qilib], [yeng silkitmoq];
DIALEKTAL FRAZEOLOGIZMLAR
SO’ZLASHUV FRAZEOLOGIZMLAR
ILMIY FRAZEOLOGIZMLAR
BADIIY FRAZEOLOGIZMLAR
Shunday qilib, tak chto
Qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm qo‘llanilish davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‘zlashuv) bilan ham ma’lum bir tafovutlarga ega:
- eskirgan frazeologizm: [alifni kaltak demoq], [aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan], [dastin aliflom qilib, kallasini ham qilib], [eng silkitmoq];
- dialektal frazeologizm: [alag‘da bo‘lmoq] (xavotir olmoq), [ko‘ngli tob tashladi] (ezildi), [halak bo‘lmoq] (ovora bo‘lmoq), [qumortqisi quridi] (intiq bo‘lmoq);
- ilmiy frazeologizm: [nazar tashlamoq], [ko‘zga tashlanmoq], [chambarchas bog‘lanmoq], [to‘g‘ri kelmoq], [imkoniyatlar doirasi], [qulay qurshov];
- badiiy frazeologizm: [sabr-kosasi to‘lmoq], [og‘zining tanobi qochmoq], [og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq], [qildan qiyiq axtarmoq], [six ham kuymasin, kabob ham], [boshida yong‘oq chaqmoq];
- so‘zlashuv nutqi frazeologizmi: [arpasini xom o‘rmoq], [yerga urmoq], [yuragi qon], [ko‘zi tor], [ko‘zi och], [boshi ochiq].
Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‘zlashuv nutqiga xos.
Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik bo‘lib, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.
Odatda, frazeologizmning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular teng emas. Chunki frazelogizm va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib qolar edi. Misol sifatida [yoqasini ushlamoq] frazeologizmi bilan [hayron bo‘lmoq] leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur frazeologizm «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bo‘lsa, [hayron bo‘lmoq] leksemasi «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq» sememasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati (denotat) aks etgan.

Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling