1. Iboralar kamida ikkita so‘zdan iborat.
2. Mazmunan bir so‘zga teng.
3. Bitta so‘roqqa javob bo‘ladi.
4. Bitta sintaktik vazifani bajaradi.
5. Doim ko‘chma ma’noda bo‘ladi.
IBORALAR
Yoqa ushlamoq
Hayron qolmoq
- 1. Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi.
- 2. Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi.
- 3. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi.
Qo‘llanish doirasiga ko‘ra:
– eskirgan frazeologizm: alifni kaltak demoq, yeng silkitmoq;
– dialektal frazeologizm: alag‘da bo‘lmoq (xavotir olmoq), ko‘ngli tob tashladi (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq);
– ilmiy frazeologizm: nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq;
– badiiy frazeologizm: sabr-kosasi to‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq, qildan qiyiq axtarmoq, six ham kuymasin, kabob ham, boshida yong‘oq chaqmoq;
– so‘zlashuv nutqi frazeologizmi: arpasini xom o‘rmoq, yerga urmoq, yuragi qon, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq.
- Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar: me’dasiga tegmoq, yaxshi ko‘rmoq, holdan toymoq, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, og‘ziga talqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq.
- Sifat turkumiga mansub frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, rangi sovuq, yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq.
- Ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidan-ignasigacha, ikki dunyoda ham, miridan-sirigacha, ha-hu deguncha.
Frazeologizm tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi yoki gap ko‘rinishida bo‘ladi.
So‘z birikmasi ko‘rinishidagi frazeologizm: [ko‘ngli bo‘sh], [enka-tinkasini chiqarmoq], [jig‘iga tegmoq], [bel bog‘lamoq], [kir izlamoq], [terisiga sig‘may ketmoq] va h.
Gap tipidagi frazeologizm «gap kengaytiruvchisi+kesim» qolipi mahsuli: [istarasi issiq], [ichi qora], [labi-labiga tegmaydi], [ko‘ngli ochiq], [tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq], [kapalagi uchib ketdi], [po‘konidan yel o‘tmagan], [tepa sochi tikka bo‘lmoq] va h.
Frazeologizm, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi so‘z turkumiga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |