Mavzu: futbol o'yinida himoya texnikasini takomillashtirish reja: kirish


Futbol o'yinida himoya texnikasi, darvozabonning texnik tayyorgarligi


Download 0.51 Mb.
bet2/16
Sana11.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1698822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Futbolda darvozabonning texnik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari

1. Futbol o'yinida himoya texnikasi, darvozabonning texnik tayyorgarligi.

1991-yilda O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston Futbol Federastiyasi (O‘FF) 1994-yildan boshlab, Osiyo Futbol Konfederastiyasi (OFK) hamda FIFAning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu yo‘l bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari musobaqalari o‘z navbatida Federastiya raxbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga bo‘lgan munosabatlarini tiklash va qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratib berdi. Ana shu e’tibor va harakatlar bois, turli yillarda Farg‘onaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar o‘rtasidagi nufuzli Qit’a Kubogi o‘yinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi. Yutuqlardan bir shingil sifatida, O‘zbekiston terma jamoasining 1994-yilda, Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lganini alohida tilga olish mumkin. Bu hozirga qadar, O‘zbekiston terma jamoasining eng katta yutuqlaridan biri sanaladi. Shuningdek, 2000-yilda Futzal, ya’ni kichik-futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi o‘rinni egalladi. 2002-yilga borib, 20-yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov hamda mamlakat hukumatining diqqat va e’tibori bilan bog‘lash mumkin. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va o‘smirlar futboli, ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab bo‘ldi.


Quyidagi usullar guruxi darvozabonning o‘yin texnikasi­ga kiradi: to‘pni ilib olish, kaytarish, o‘tkazib yuborish va tash­lash. O‘yinda sheriklar va raqib jamoasi o‘yinchilarining qaerda turganiga, shuningdek to‘p harakatining yo‘nalishi, tra­ektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo‘llaniladi. Ularning klas­sifikastiyasi berilgan. O‘yin jarayonida darvozabon maydon o‘yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi.
Texnik usullarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgilanadi. Darvozabonning to‘g‘ri dastlabki holatda bo‘lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dast­labki holat oyoqlarni yolka kengligida kerib, sal bukib turish bilan xarakterlanadi. Yarim bukik qo‘llar ko‘krak balandligida oldinga uzatig‘liq. Kaftlar olg‘a tomon ichkariga qaragan. Barmoklar sal bo‘shashtirilgan. Dastlabki holatning to‘g‘ri bo‘lishi darvozabonga og‘irlik markazi o‘qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo‘lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi.
To‘pni ilib olish - darvozabon o‘yin texnikasining asosiy vositasi. Bu ko‘pincha ikki qo‘llab amalga oshiriladi.To‘pning yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligi qandayligiga qarab, uni pastdan, yukoridan yoki yondan ilib ushlab olinadi. Darvozabondan anchagina naridan uchib borayotgan to‘plarni yiqila turib olinadi.
To‘pni pastdan ilib olish darvozabon tomon yumalab kelayotgan, yuqoridan tushib kelayotgan va past (ko‘krak balandligida) uchib kelayotgan to‘plarni egallab olishda qo‘llaniladi.Yumalab kelayotgan to‘pni ilib olishning tayyorlov bosqichida darvozabon oldinga engashib, qo‘llarini pastga tushiradi. Bunda kaftlar to‘pga qaragan, sal yoziq, yarim bukik barmoqlar erga tegay deb turadi. Qo‘llar haddan tashqari tarang


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling