Mavzu: futbol o'yinida himoya texnikasini takomillashtirish reja: kirish


Darvozadan chiqqandagi harakatlar


Download 0.51 Mb.
bet8/16
Sana11.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1698822
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Futbolda darvozabonning texnik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari

Darvozadan chiqqandagi harakatlar.
O‘yindagi ahvol darvozabonni ko‘pincha darvozani tashlab chiqib, jarima maydoni doirasida harakat qilishga majbur etadi. Bunday hollarda darvozabon yo jarima maydoni doirasiga yo‘naltirilgan (uzatilgan yoki g‘izillatilgan) to‘plarni tutib qoladi, yo bo‘lmasa, to‘pni qo‘lga kiritish uchun raqib bilan yakkama-yakka kurash boshlaydi (bunda to‘p darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib hujumchi nazoratida bo‘lishi, uchib kelayotgan tup esa «hech kimda» bo‘lmasligi kerak).
Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqishi mumkin:
darvozadan chiqish nihoyatda zarur bo‘lsa;
darvozabon tepalatib uzatilgan to‘pga eta olishiga, ya’ni o‘z o‘yinchilarining va narigi tomon o‘yinchilarining joylashishi birmuncha bemalol harakat qilish imkonini berishiga ishonsa; raqib g‘izillatib uzatgan to‘p darvoza yaqinidan o‘tayotgan bo‘lsa. Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqmasligi kerak: to‘pni qo‘lga kiritish uchun kerakli joyga o‘tib ulgurishiga ishonmasa; himoyachilardan birortasi to‘pi bor hujumchi bilan yoki «neyt­ral to‘p» uchun kurashib turgan bo‘lsa; jarima maydoni o‘yinchilarga to‘lib ketib, ular darvozabon­ning kerakli joyga chiqishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lsa. Tashlab chiqilgan darvoza raqib uchun ochilib qolishini dar­vozabon hamma vaqt esda tutishi, shuning uchun ham qanday bo‘lmasin, to‘pni qo‘lga kiritib, hujumdagilarni zarba berish imkoniyatidan mahrum qilishi kerak.
Sheriklar faoliyatini boshqarish
Hozirgi vaqtda butun jamoaning hujum qilishini va ayniqsa mudofaasini uyushtirishni boshqarmaydigan darvozabonni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Darvozabon o‘yin vaziyatini tezgina baholab, hujumning qanday yo‘nalishi haqida, straxovka qilish uchun qanday joylashib olish to‘g‘risida sheriklariga qisqa va lo‘nda ko‘rsatma berishi shart. Bu ishni u to‘pni e’tibordan chetda qoldirmay, hatto o‘zi kurash olib borayottan paytlarda ham qilishi kerak. Mudofaada ishrnch bilan harakat qilish, mudofaaning muhim va mustahkam bo‘lishi ko‘p jihatdan darvozabon bilan himoyachilarning (birinchi galda markaziy himoyachilarning) bir-birlarini nihoyatda yaxshi tushunishlariga bog‘liq. Bevo­sita darvoza yaqinida jarima yoki erkin to‘p tepilayotganda, shuningdek, burchakdan tepish paytlarida «devor» yasashga dar­vozabonning bir o‘zi boshchilik qiladi. Darvozabonning taktik tayyorgarligini takomillashtirishda quyidagilar ko‘zda tutilishi:
a) tanlanadigan harakatlarni belgilab olish aniq, vaqtida va tez bo‘lishi;
b) darvozada, jarima maydonida mo‘ljal ola bilishi;
v) yuksak mahorat bilan «o‘yinni o‘qiy bilish», ya’ni mudofaa va hujumda o‘yin sharoitini a’lo darajada tushunish asosida sheriklar bilan hamkorlik qila olishi kerak.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling