Mavzu: futbol o'yinida himoya texnikasini takomillashtirish reja: kirish
Download 0.51 Mb.
|
Futbolda darvozabonning texnik tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari
2. Konkret o‘yin vaziyatiga qarab zarba berish usulini to‘g‘ri tanlash lozim.
3. Bajarish xarakteri (kuchliligi, aniqligi, buramaligi, pastlatilganligi va hokazo) jihatidan aynan shu vaziyatda qulay bo‘lgan zarbadan foydalanish zarur. 4. Zarba darvozabon uchun iloji boricha kutilmagan bo‘lishi (zarba tayyorgarliksiz, oldindan moslab olmay, darvozaning ilib olish eng qiyin joyi tomon va h. k. berilishi) darkor. 5. Darvozani zabt etish uchun qulayroq joyda turgan sherikka to‘p oshirib bergan ma’qul. 6.O‘yinchi turli usullarda zarba berishni bilishi kerak. Darvozani mo‘ljallab kalla bilan zarba berishni bilish nihoyatda muhim, chunki to‘p havolatib uzatilganda hujumni yakunlash uchun bu juda qo‘l keladi. To‘p uzatish. To‘pni uzatish ikki o‘yinchining biri ikkinchisiga to‘p yo‘naltirayotgandagi o‘zaro hamkorligi bo‘lib, buni futboldagi individual va gurux harakatlari o‘rtasidagi oraliq zveno desa bo‘ladi. Kimga, qachon va qanaqa qilib to‘p uzatib berish masalasini hal qilayotgan, shuningdek, bu maqsadni amalga oshirayotgan futbolchi individual mahoratini namoyish qiladi. Ayni vaqtda to‘p uzatish ikki uch sportchining birgalikdagi harakatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. G). Gurux taktikasi Futbol matchi davomida yuzaga keladigan taktik vazifalarning ko‘pchiligi kombinastiyalar vositasida hal etiladi. Kombinastiya — bu muayyan taktik vazifani hal etayotgan ikkr yoki bir necha o‘yinchining harakatlari bo‘lib, butun o‘yin kombinastiyalar u unga qarshi harakatlar zanjiridan iborat. Bunda kombinastiyalar oldindan trenirovkalar vaqtida tayyorlab qo‘yilgan va tayyorlab qo‘yilmaganini matchning o‘zi davomida yuzaga kelgan bo‘ladi. Har bir jamoa o‘zining muayyan paytlarida qandaydir bir vazifani birgalikda hal qiladigan zvenolardan, ya’ni taktik birliklardan iborat. Mutlaqo ravshanki, kombinastiya qatnashchilarining hammasi bir-biriga mos harakat kilsalargina muvaffaqiyat qozonsa bo‘ladi. Ana shuning uchun ham konkret kombinastiya tanlash va amalga oshirishda bir-birini tushunish yoki, ba’zan aytilishicha, «sheriklik hissi» alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘yinni bir xilda tushunadigan sportchilargina qo‘yilgan vazifani yagona rejada hal eta olishlari va kerakli kombinastiya tanlab, uni muvaffaqiyatli amalga oshira olishlari mumkin. Kombinastiyalarning ikkita asosiy turi bor, deb hisoblanadi: standart holatlardagi kombinastiyalar va o‘yin epizodi davomidagi kombinastiyalar. Standart xolatlardagi kombinastiyalar. Bunday holatlardagi (to‘pni yon chiziq nariyog‘idan tashlab berish, jarima to‘pni tepish, erkin to‘p tepish, darvozadan tepish paytidagi) kombinastiyalar o‘yinchilarni maydon zonalarida kombinastiyani amalga oshirish uchun eng qulay qilib joylashtirib olish imkonini beradi. Odatda har qaysi kombinastiyaning variantlari ham bo‘ladi. Yon chiziq. nariyog‘idan to‘p tashlab berishdagi kombinastiya. Birinchi variantda to‘pni o‘z jamoasida saqlab qolish ko‘zda tutiladi (69—70-rasmlarda o‘yinchining darvozabon va maydondagi sherigi bilan hamkorlikdagi kombinastiyalari ko‘rsatilgan). Ikkinchi variantdagi maqsad esa — o‘yinchini zarba berish pozistiyasiga olib chiqishdir To‘pni tashlab berishdagi. To‘pni tashlab berishdagi kombinastiya Burchakdan to‘p tepishdagi kombinastiyalar. Birinchi variant — to‘pni jarima maydoniga oshirish. Tup odatda tepalatib uzatiladi, bunda futbolchi to‘pni darvoza tomonga qayirib (to‘p darvoza to‘riga bevosita borib tushadigan hollar ham bo‘ladi), yoy bo‘ylab uchadigan qilib burab tepishga harakat qiladi. Bu darvozabon bilan himoyachilar faoliyatini qiyinlashtirib qo‘yadi. Gohida to‘pni darvozadan (darvozabondan ham) qochiribroq, ammo yugurib kelayotgan hujumchiga etib boradigan qilib, yoy bo‘ylab uchadigan qilib burab tepiladi. Kamdan-kam hollarda sherigining oyoq qo‘yib qolishidan yoki raqib oyog‘iga tegib darvoza tomon burilishini mo‘ljallab, to‘pni darvozaning uzunasi bo‘ylab pastdan «g‘izillatib» beriladi. Ikkinchi variant — burchakdan tepishda o‘zaro o‘ynash. Burchakdan tepuvchi to‘pni yonginasidagi sherigiga uzatadi, u esa bir tepib qaytarib beradi. Keyin to‘pi Burchakdan tepishdakombinastiya o‘zaro o‘ynash variant bor o‘yinchi yo o‘zi zarba berish joyiga chiqadi, yo bo‘lmasa to‘pni qulay joyga chiqqan sherigiga uzatib yuboradi. Har qaysi variantning ham yaxshi tomonlari bor, ammo to‘pni burama tepish yordamida tepalatib zarba bilan uzatib berilganda, darvozaga burchakdan tepishda o‘zaro o‘ynalgandagiga nisbatan ko‘proq xavf solinadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling