Mavzu: futbolchini tezkorligini tarbiyalash oddiy va murakkab reaksiyasi


Download 76.84 Kb.
bet3/8
Sana12.03.2023
Hajmi76.84 Kb.
#1262936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FUTBOLCHILAR

Mushak kuchi. Mushak kuchi mushakning zo‘riqish darajasi, shuningdek, tashqi qarshilik yoki og‘irlikka qarshi harakatlar kattaligi bilan tavsiflanadi. Mushak kuchinig morfologik asosi mushak tolasidagi qisqartiruvchi oqsil miqdori, mushak tolalari-ning yo‘g‘onligi hisoblanadi. Kuch sifatining maksimal namoyon bo‘lishida natijaga ruhiy hozirlik ko‘rish, iroda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mushak kuchining namoyon bo‘lishi, shuningdek, mushak tolala- rining tezkor yoki sust turiga ham bog‘liq. Agar mushaklarda tezkor tolalar ko‘proq bo‘lsa, inson yuqori sur’atli tezlik – kuch harakat-larida maksimal quvvatni rivojlantirishga, portlash xususiyatiga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishga qodir bo‘ladi. Sust motor bir- liklarining ko‘proq bo‘lishi uzoq muddat mobaynida mushak zo‘riqi-shini saqlab turish imkonini beradi. Bunday kishilarda kuch chi- damliligi portlash tipidagi kishilarnikiga qaraganda ancha baland bo‘ladi.
Muntazam mashg‘ulotlarda maksimal mushak kuchi mushak-larning mutlaq (anatomik) ko‘ndalang o‘lchami o‘sishiga, shuningdek, faoliyatga jalb qilingan asab – mushak (motor) birliklarining sa-farbar etiladigan fiziologik zahiralari hisobiga ortib boradi. Turli og‘irliklar (maksimal, katta, o‘rta, kichik) bilan ishlashning dinamik rejimida rivojlantiriladigan zo‘riqish maksimaldan kamroq bo‘ladi. Demak, dinamik kuchning mutloq qiymatlari uni o‘lchash mumkin bo‘lgan sharoitlarda hardoim maksimaldan bir-muncha kichikroq bo‘ladi.
Asab – mushak birliklari maksimal miqdorining ishchi hola-tini ta’minlash uchun chegaraviy yoki chegara oldi darajasidagi og‘irliklar zarur. Ular kuchni nisbatan kam quvvat sarflab rivoj-lantirish uchun sharoit yaratadi. Chegaraviy bo‘lmagan og‘irliklardan foydalanish mushak kuchini oshirishda u qadar samarali emas, bi-roq ular mushak massasini o‘stirish uchun qulay imkoniyat tug‘di-radi. Yosh sportchi irodasining maksimal darajada namoyon etilishi talab qilinadigan musobaqa vaziyatlari maksimal kuchning rivoj-lanishida katta natija beradi, ammo bu o‘ta keskir quroldan uning tayyorligini qat’iy individuallashtirib baholashda foydalanish kerak. Kichik og‘irliklar (maksimal vaznning 10% dan kam) kuchni rivojlantirishda maqsadga muvofiq emas. Ular mushak kuchini ort-tirish uchun zarur sharoit yaratmaydi, bu holatda me’yoridan ortiq tiklanish ta’siri (effekti) juda kichik. Kuchni rivojlantirish uchun qulay morfologik hamda funk-sional sharoit 9-10 yoshlarda yuzaga keladi. O‘g‘il bolalarda dina-mik kuch mashqlariga yuqori sezgirlik 2 davrdan iborat bo‘ladi: 9 yoshdan 10-12 yoshgacha va 14 dan 17 yoshgacha. Qiz bolalarda 11 yoshga ke- lib kuch chidamliligi 15-16 yoshli qizlarning ko‘rsatkichlariga yetib oladi. 7-10 yoshli o‘quvchilarda turg‘un kuchlanishlar toliqishning tez rivojlanishi bilan kechadi.
Maktablarda 5-8 - sinflarning jismoniy tarbiya darslarida kichik og‘irliklar (1- 2 kg) bilan dinamik kuch mashqlari, arqonga chiqish, yuk tashish, cho‘yan to‘p irg‘itish kabilardan muvaffaqiyat bi-lan foydalanilmoqda. 15-16 yoshda kuch chidamliligining ortishi munosabati bilan 2-3 kg li og‘irliklar bilan o‘tkaziladigan mashq-lar soni ko‘payadi, arqonga vaqtga qarab chiqish, kurash elementlari qo‘llaniladi. Bu yoshdagi qizlarda kuch mashqlari nisbiy mushak kuchining kamayishi tufayli chegaralanadi. O‘smirlar bilan o‘ti-ladigan mashg‘ulotlarda turg‘un vaziyatlarni, dastlabki holatlarni, osilib, tayanib turishlarni talab etuvchi mashqlardan foydalanish lozim.
Bolalarni maksimal kuchning namoyish etilishi bilan bog‘liq sport turlariga erta jalb etish o‘zini oqlamaydi.
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashiga, sog‘lig‘ini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, xilma-xil ko‘nikma va malaka-larni egallab olishiga, futbol o‘yini texnikasi va taktikasining boshlang‘ich asoslarini o‘rganishiga qaratil- gan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvo- fiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi, avvalo, yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik), shuningdek o‘z harakatlarini vaqt oralig‘ida (havoda va mushaklarning zo‘r berishi darajasiga ko‘ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirish-dan iborat bo‘ladi. Harakatlar tezligini tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak. Chunki bolalik va o‘smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik chaqqonlik bilan mustahkam bog‘liq ravishdatarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o‘tishning) ratsional texnikasini muvaffaqiyatli egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar oralig‘ida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakatlar tezligi- ning tabiiy o‘sishi bilan bog‘liq. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-
kuch sifatlarining va mushak kuchining o‘sib borishi tufayli ortadi.
Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va katta mushak kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakatqilish kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko‘proq o‘rin berish lozim. O‘yin, musobaqaformasida bajariladigan sport o‘yinlari va harakatli o‘yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko‘rsatishi mumkin.
O‘yin mashqlarini bajarish yosh futbolchilarni g‘alabaga erishish uchun maksimal kuch sarflashga majbur etadi. O‘yin materiali mashg‘ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 soniya) bir necha seriyali usulda bajariladi, dam olish intervali 10-15 m bo‘ladi.
Maksimal tezlik bilan qayta yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi. Mashg‘ulotlarga estafetalardan tash-qari 10- 15 m ga yugurish bo‘yicha nazorat mashqlarini kiritish ham tavsiya etiladi. Murakkab harakat reaksiyasini va harakatlar chastotasini rivojlantirish uchun turli sport holatidan yuguriladigan tezkorlik mashqlaridan keng foydalanish kerak. Bu mashqlar turli xil ko‘ruv signal-lariga binoan, yugurish yo‘nalishini o‘zgartirib bajari-ladi. Bu esa o‘yin jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarni modellashtirib, signallarning har biriga javob harakatlari bilan reaksiya ko‘rsatish imkonini beradi.
Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida keng ko‘lamdagi o‘yinlar, o‘yin mashqlarini qo‘llashdan tashqari, asosiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari komplekslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyor- garlikning mustahkam bazasini yaratish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Ko‘proq tezkorlikni rivoj-lantirishga qaratilgan komplekslarni darsning asosiy qismi boshlarida qo‘llash kerak, shundan so‘ng bu sifatni takomillashtirishgayordam beruvchi o‘yinlardan foydala-nish lozim. Kuch talab qiluvchi tegishli o‘yinlar va o‘yin mashqlari kompleksiga, shuningdek, chidamlilik ko‘rsatishni talab etadigan o‘yinlar komplekslariga ancha kam vaqt ajratiladi. Ular tegishlicha darsning o‘rtasida va oxirida o‘tkaziladi.
O‘yinlar va maxsus tayyorgarlik mashqlari kompleks-larini o‘z ichiga oluvchivositalarning rang-barangligi bolalar va o‘smirlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshiroq takomillashtirishga va uning zaminida ularning asosiy jismoniy sifatlarini maxsus ravishda rivojlan-tirishga yordam beradi.
Jiddiy mashg‘ulot qilish va takomillashish bosqi-chida tezkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor beri-ladi, chunki tezkorlikni oshirish ancha murakkab ish. Tezkorlikning erishilgan darajada vaqtidan ilgari barqa-rorlashib qolishidan qutulish uchun maksimal tezlikda takroriy yugurish bilan bir qatorda tezlik-kuch, shaxsiy kuch mashqlaridan keng foydalanish, ya’ni yugurish tezligini, asosan, dinamik kuch hisobiga oshirish kerak.
Kuchni tezlik bilan namoyon qilish qobilyatini tarbiyalashda dinamik zo‘r berish uslubini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, bunda yengil yukni maksimal tezlikda boshqa joyga ko‘chirish yo‘li bilan haddan tashqari zo‘r berishga erishiladi.
Juda ham jadallik bilan bajariladigan mashg‘ulot kuchli vositadir. Shuning uchun maksimal tezlikni rivoj-lantirishga qaratilgan mashqlarni tez-tez, lekin kichikroq hajmda o‘tkazib turish lozim. Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar me’yorini to‘g‘ri belgilash, mashqlarning tezligini pasaytirmay, necha marta takror-lanishini, shuningdek, imkon chegarasi yoki unga yaqin tezlikni pasaytirmay bajariladigan uzluksiz mashg‘ulot ishlarining qancha davom etishini hisobga olish uchun zarur. Tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar yosh futbolchining sub’ektiv sezgilari, charchaganlikning tashqi belgilari yoki sekundomer ko‘rsatkichlari harakat tezligi-ning pasayganligidan dalolat bergan vaqtda to‘xtatiladi. Bu pasayish mazkur mashg‘ulotda tezkorlikni rivojlantirish ustida olib borilayotgan ishlarni to‘xtatish uchun birinchi signal («etarlilik mezoni»)bo‘lib xizmat qiladi.
Maksimal tezlik bilan bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar tezkorlikni rivojlantirish vositalari sifatida qo‘llaniladi. Birinchi navbatda, uch guruh mashqlari: umumiy rivojlantiruvchi (tezlikni rivojlantirishga yo‘nalti-rilgan), o‘z sport turlaridagi maxsus mashqlar va boshqa sport turlaridagi mashqlar qo‘llaniladi (N.G.Ozolin, 1970). Bunda hech bo‘lmaganda uchta talabni hisobga olish lozim:

  1. Mashqlar oxirgi tezlikda bajarilishi kerak.

  2. Mashqlar shug‘ullanuvchilar tomonidan shunchalik yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerakki, harakat vaqtida harakatni bajarish usuliga emas, balki uni bajarishtezligiga zo‘r berilsin.

  3. Mashqning davom etishi (yoki masofaning uzinligi) shunday bo‘lishi kerakki, mashqni bajarish oxiriga kelib tezlik charchash natijasida pasaymasin (V.M. Zasioreskiy, 1966).

    1. Kuchni oshirish xususiyatlari

Dastlabki tayyorgarlik va boshlang‘ich sport ixtisos-lashuvi bosqichlarida kuchni oshirishda asosiy e’tibor butun harakat apparatidagi mushaklarni mustahkamlashga qaratilishi kerak. Shuni hisobga olish lozim, tabiiy o‘sish jarayonida bolalarda qorin mushaklari, tananing qiyshiq mushaklari, qo‘lning uzoqlashtiruvchi mushaklari, sonning serbar mushagi, oyoqning yaqinlashtiruvchi mushaklari, odatda, uncha yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bolalarning kuch imkoniyatlari oz bo‘lganligi uchun ularda kuchlilikni tarbiyalashni juda ehtiyotkorlik bilan, asosan, dinamik xarakterdagi qisqa vaqtli zo‘r berishdan foydalanib olib borish kerak. Kuchni oshirishga oid mashqlar minimal zo‘riqish bilan bajarilishi lozimki, bunda bor kuchni yig‘ish, shuningdek, uzoq davom etadigan anchagina zo‘riqish istisno qilinadi.
Futbolchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda, asosan, kamroq yuk bilan katta tezlikda bajariladigan mashqlar qo‘llaniladi. 9-11 yoshli bolalar shaxsiy og‘irli-gining 30% iga, 12-13 yoshli o‘smirlar esa gavda og‘irligining 50% iga tengbo‘lgan og‘irlik bilan bajariladigan mashq-larni qo‘llashlari mumkin.
Boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichida kuchni oshi-rish uchun
mashqlarning tayyorlik komplekslarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Jiddiy mashg‘ulot qilish bosqichida butun harakat apparatining mushak guruhlarini rivojlantirishga qara-tilgan kuch mashqlaridan keng foydalaniladi. Shu bilan birga, ayrim mushaklar guruhiga (rivojlanib boruvchi kuchning quvvati, asosan, shularga bog‘liq bo‘ladi) alohida ta’sir ko‘rsatishga imkon beruvchi mashqlar ham qo‘lla-niladi. Jumladan, nerv-mushak kuchlanishlarining tuzili-shi va xarakteriga ko‘ra futbolning butunlay ta’siriga o‘xshash mashqlar (tutash uslub), shuningdek, asosiy yuklama tushadigan muskullar guruhini rivojlantirishga qaratil- gan mashqlar alohida ta’sir ko‘rsatishga imkon beruvchi mashqlar hisoblanadi.
Barcha harakat apparatining mushaklar guruhini, shu-ningdek, ayrim mushaklar guruhini (futbolchilar tomoni-dan ko‘rsatiladigan kuchning samaraliligi, asosan, shularga bog‘liq bo‘ladi) rivojlantirish uchun ko‘proq dinamik kuch mashqlaridan foydalaniladi, bular ikki guruhga: shaxsiy kuch guruhiga bo‘linadi.
Yosh futbolchilarning kuch imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish uchun ko‘proq takroriy zo‘r berish uslubi qo‘llaniladi. Bu uslubda mushakning nisbatan ko‘p ishlashi modda almashinuvini anchagina yaxshilaydi. Trofik jarayonlarning faollashuvi o‘smirlar kuchining o‘sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bundan tashqari, takroriy zo‘riqish uslubidan foydalanganda, haddan tashqari kuch sarflash ehtimoli kamayadi. 13-16 yoshda og‘irliklar bilan ishlashda maksimal darajada zo‘riqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun og‘ir jismning optimal vaznini aniqlashda yosh futbolchining maksimal imkoniyatlarini emas, balki uning shaxsiy og‘irligini e’tiborga olish kerak. Og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlardan tash-qari, mashg‘ulotlarda juft- juft bo‘lib va guruhli ravishda qarshilik ko‘rsatib bajariladigan mashqlardan, snaryadda ijro etiladigan gimnastikadan, harakatli o‘yinlar va hokazolardan foydalaniladi. Kuchni oshirishga oid u yoki bu mashqning murakkabligi har bir alohida holda shug‘ul- lanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga qarab belgilanadi. Sport tayyorgarligi bosqichida 17-18 yoshli futbol-chilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda
asosiy yuklama tushadigan mushaklar guruhini
Rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Turgan gapki, bunda sportchining butun gavdamushaklarini mustahkamlash borasidagi ishlar to‘xtatilmaydi. Katta yoshdagi o‘smirlarda asosiy mushak guruhlarining kuchini tarbiyalash ba’zi bir xususiyatlarga ega. Bu maqsadda turli xil dinamik kuch mashqlari qo‘llaniladi. Samarali tezlik-kuch mashqlaridan biri orqa bilan sakrash deb ataladigan sakrash (75-100 sm balandlikdan) bo‘lib, bu mashqni dastlab chuqurlikka sakrab ko‘rilgandan keyin bajariladi. Shuningdek, shaxsiy-kuch mashqlari: gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, akrobatika mashq-lari, sherigi bilan birga cho‘qqayish, anchagina og‘ir shtanga bilan nisbatan sekin bajariladigan mashqlardan ham foydalanish mumkin. Shtanga bilan bajariladigan mashq-larni shunday tanlash kerakki, ular mushak kuchini hamda ularning qisqarish tezligini mushaklarning futbol o‘yinida namoyon qilinadigan kuchlanish strukturasi, xarak- teri va miqdoriga muvofiq ravishda rivojlantirishga yordam beradigan bo‘lsin.
Kuchni rivojlantirish mashqlaridagi og‘irliklar miqdorini yaxshisi gavda og‘irligiga va mashqni bir marta bajarganda necha marta takrorlashga nisbatan friz hisobida belgilash kerak. Bunda V.M. Zatsiorskiy tomonidan tavsiya qilingan quyidagi shartli belgilarga amal qilish mumkin:

Og‘irlik qarshilikning belgilanishi

Bir marta bajarganda mumkin bo‘lgan takrorlashlar soni

Imkon chegarasidagi Imkon chegarasiga yaqin
Katta
O‘rtacha katta O‘rtacha Kichik
Juda kichik

1
2-3
4-7
8-12
13-18
19-25
25 dan ko‘p

      1. BOB.FUTBOLCHILAR TAYYORLASHDA TEZLIK-KUCH SIFATLARINING O‘RNI

2.1. Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar
Takroriy zo‘riqish uslubida katta va o‘rtacha katta qarshiliklar bilan bajariladigan mashqlardan foyda-laniladi. Agar yosh futbolchining kuchi mashg‘ulotlar jarayonida harakatlarni 8-12 martadan ko‘proq bajara oladigan darajada ortsa, mashqlarni 4-7 marta bajarishga imkon bеradigan darajaga qadar murakkablashtirish lozim. Kuchni tarbiyalashda mashqni bir urinishda 50 tagacha takrorlash tavsiya etilmaydi. Bunchalik ko‘p takrorlashlar faqat chidamlilikni tarbiyalashda maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy futbolda o‘yin samaradorligi, texnik-taktik mahorat, texnik-taktik kombinatsiyalarni tez, unumli va aniq ijro etilishi hamda pirovard yuqori sport natijasiga erishiga muvofiq ravishda shakllangan tezlik-kuch sifatlarsiz amalga oshirilishi o‘ta mushkul ekandigi barcha amaliyotchi murabbiylar va tadqiqotchi olimlar tomonidan e’tirof etib kelingan, Shuning uchun ushbu sifatlarni maxsus rejalashgiruv xujjatlar asosida shakllantirish va har yoshdagi sportchilarda bu sifatlarning o‘zgarib borishini nazorat qilish hamda baholash odat tusiga kirgan. Barcha sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda tezlik-kuch sifatlari dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab, toki yuksak mahorat bosqichigacha o‘zigaxos tartibda va muvofiq sport turi xususiyatiga mos mashqlar yordamida shakllantirilib boriladi.
Futbol bo‘yicha mavjud ilmiy, uslubiy va o‘quv adabiyotlarida malakaviy futbolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni, ayniqsa tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish o‘ta muhim shartlaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
R. E.Nurimov (2005) malakali futbolchilarda guruh bo‘lib taktik harakatlaiish malakalarini takomillashtirish masalasiga doir tadqiqot o‘tkazib. bu borada tezlik- kuch sifatlariga oid ayrim mashqlarga alohida ahamiyat qaratgan. Jumladan,
Toshkentning «Akademiya» jamoasi futbolchilarida 30 m ga yugurish —4,3 s, 5 karra uzunlikka sakrash—12,9 m, 7x50 m ga yugurish —63,9 s. Aynan shu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston chempionati sovrindorlarida 4,2 s; 13,1 m; 60,5 s natijalarga teng bo‘ldi. E’tiborli joyi shundaki, tezlik-kuch sifatlari yuksak darajada bo‘lgan futbolchilar taktik harakatlarni unumli-tez ijro etishdi va aksincha taktik harakatlarni yuqori shiddat bilan aniq. ijro etgan futbolchilarda tezlik-kuch sifatlari ham yuqori darajada rivojlanganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu fikr va tadqiqot natijalari R.E.Nurimov, I.A. Koshbaxtiev va G.M. Sergeev (2005) larning xulosalarida ham o‘z aksini topgan.
A.A. Suchilin (1983) yosh futbolchilar tayyorlash tajribasini atroflicha o‘rganish natijasida sport mahoratini samarali shakllanishi jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasiga bog‘liq ekan degan xulosaga keldi. Muallifning fikriga ko‘ra, futbolchining tezlik-kuch sifatlarini shakllantirishda ixtis oslashtirilgan mashqlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
R.E. Nurimov (2005) yosh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash jarayonini chuqur va atroflicha tahlil etib, jismoniy qobiliyatlarni, jumladan, tezlik- kuch sifatlarini taktik-texnik tayyorgarlikka chambarchas bog‘liq ekanligini e’tirof etgan. Uning fikricha, so‘nggi yillarda zamonaviy futbolning o‘ta shiddatli darajaga ko‘garilishi bugungi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa ularning tezlik-kuch sifatlari va chaqqonligi yuksak shakllanganligidadir. Shu bilan bir qatorda, yosh futbolchilarda tezlik-kuch sifatlarini zo‘rma- zo‘raki rivojlantirish, o‘ga shiddatli yoki katta og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni qo‘llash nafaqat texnik-taktik mahoratni shakllanishiga keskin halaqit beradi, balki ularni mashg‘ulotlardan bezdirishi mumkin. Bolalar jismoniy zo‘riqishi, psixologik tushkunlikka tushishi va boshqa ko‘ngilsiz holatlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Mazkur sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmi va shiddati borgan sari to‘lqinsimon tarzda oshirshshb borishi kerak. Bundan tashqari, sport mahorati shakllana borgan sari tezlik- kuchga oid mashqlar sekin-asta ixtisoslapggirilib borilishi
darkor.
Ma’lumki, sport o‘yinlarida, ayniqsa futbolda sportchi o‘z vazni va to‘p og‘irligi bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z kuchidan asosan o‘zininggavdasi hamda to‘p inersiyasini yengib o‘tish uchun foydalanadi.
Harakatning boshlanishi tezlanish, to‘xtash, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, sakrash, to‘pga zarba berish —bu futbolchidan kuch sifatlarini namoyon qilishni talab etadigan harakatlar hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, hamma hollarda ham u dinamik xususiyatga ega, o‘yin paytida futbolchilarda tezkor- kuch sifatlarining — kuch va tezkorlikning kompleks uyg‘unligi namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Futbolchining tezkor-kuch sifatlari ularning qisqa vaqt ichida qandaydir kuch qarshiligi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni bajara olish qobiliyati orqali aniql,anadi. Bunday kuch qarshiliklariga quyidagilar kiradi:
sportchining o‘zining tana og‘irligi kuchini yengish (to‘pga oyoq, bosh bilan, sakrab zarba berish, to‘pni oyoqqa tashlanib yoki sidirib olib qo‘yish, darvozabonlarning sakrashlari, to‘satdan start olish va o‘yin paytida yo‘nalishni o‘zgartirish va h.k.);to‘pni zarba berish, to‘pni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan kuchni yengib o‘tish;raqibning kuch bilan qarshilik ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan (yakkama-yakka olishuv) kuchii yengish. Bir qator tadqiqotchilar (V.M. Dyachkov, 1967; A.V. Korotkov, 1963; T.I. Chernyaev, 1964; I.P. Ratov, 1962; Yu.V. Verxoshanskiy, 1963; S.G. Voznyak, 1961 va boshqalar) sportchining tezkor-kuch hamda texnik tayyorgarlik o‘rtasida uzviy o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini isbotlaganlar. Yu.A. Morozov (1973) o‘z vaqtida zng kuchli futbolchi S. Metrevelining o‘yinini tahlil qilayotib, shuni aniqlaganki, uning o‘yinini asosi tezkor-kuch harakatlaridan tarkib topgan: to‘satdan spurt, maksimal tezlikda harakat yo‘nalishini sezdirmasdan o‘zgartirish, yuqoridan kelayotgan to‘plar uchun kurashishda balandga sakrash va h.k. Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigaya rang-barang harakaglar ulardan nafaqat bu harakatlarni to‘g‘ri bajarishni, balki zhar tomonlama jismoniy rivojlanganlikka, birinchi navbatda esa tezkor-kuch tayyorgarligiga ega bo‘lishni
taqozo etadi.
Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigan ishning shiddati sustdan maksimalgacha yetishi mumkin (Yu.S. Lukashin, 1967). Bunda ishning asosiy qismi tezkor-kuch xususiyatiga ega bo‘ladi.Murakkab texnik usullarni katta tezlikda raqib qarshiligi ostida bajarish uchun kuchli, epchil, chidamli bo‘lish lozim. Shuning uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlashda trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratish zarur.( .Lalakov G.E. 2000,Lukin Yu.K, 1984. )Texnik va taktik usullarning muvaffaqiyatli qo‘llanilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning bajarilish tezligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli yuqori malakali sportchining eng zarur sifatlari - bu kuch hamda tezkorlik hisoblanadi (M.D. Tovarovskiy, 1953; Ya. Palfan, 1959) fikricha, agar fugbolchi o‘z o‘rnidan tez turib chiqib keta olmasa, to‘satdan turila olmasa, to‘p uchun yetarlicha baland sakray olmasa, unda u yaxshi o‘yin ko‘rsatmaihO‘yinchilar o‘rtasidagi uzaytirilgan o‘yindagi taktik aloqalar, futbolchilarni o‘yin shiddatini oshirishga va tezlik bilan manevr qilish hamda chiziqlarda qulay taktik aloqalarni ushlab turish uchun zarur tezlikka ega bo‘lishga majbur qiladi.(G.D. Kachalin (1962), N.D. Graevskaya (1962) ta’kidlaydilarki, futbol o‘yini jismoniy sog‘liqni mustaqkamlash uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi, zamonaviyfutboldagi nagruzkaning asosiy qismini tezkor-kuch sifatiga ega bo‘lgan ish tashkil etishi lozim.Zamonaviy futbolda mavjud bo‘lgan yuqori darajadagi manevr olib borish yanada aniq hamda uzoqqa beriladigan to‘p oshirishlarni talab etadi. M.D. Tovarovskiy (1963) ta’kidlaydiki, zamonaviy futbolda to‘p oshirishlar kuchliroq hamda raqib uchun ko‘pincha kutilmaganda bajariladi, darvozaga hamla qilganda zarbalarning kuchi muhim darajada oshdi, tezkorlik juda ko‘tarildi va yana yuqori darajaga oshadi, ya’ni nafaqat "texnik" futbolchilar, balki yuqori tezlikda texnikani egallagan futbolchilar talab qilinadi.Yuqori malakali futbolchilarning tezkor- kuch sifatlarining ba’zi ko‘rsatkichlari hamda jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashS.A. Savin va Y.M. Asovichlariing (1968) tadqiqot maqsadlari edi, O‘yin o,ldi,dan o‘tkazilgan nazorat mashqlaridan foydalanib,
mualliflar tezkor-kuch tayyorgarli:1'i
So‘nggi yillarda futbolchilarning o‘yin faoliyatini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik kuzatishlarning bir qator yangi shakl hdmda uslublari paydo bo‘ldi (Yu.P. Il’ichev, 1968; S.A. Savin, 1969; I.M. Asovich, 1969; M.G. Bozenenkov, 1973; Djafarov, 1973; A.M. Neviyakov, G.A. Rimashevskiy, 1973 vaboshqalar).
Pedagogik kuzatishlarning qiymati shundan iboratki, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida futbolchilar trenirovka jarayonini xolisona boshqarish mumkii. Futbolchilarning o‘yinini baholashga yordam beradigan xolis mezonlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida A. Starostin (1964) gapirib o‘tgan. Muayyan raqamlarda ifodalangan bunday mezonlarning mavjudligi futbolchilar tomonidan bajariladigant\fl:i usullarga xolis baho berishga imkon yaratadi.
Yuqori malakali fugbolchilarning o‘yin jarayonidagi harakat, o‘yin va ruhiy faoliyatini pedagogik kuzatish ma’lumotlari futbolni statistik jihatdan tavsiflashga imkon beradi.
N.M. Mokishnev (1965) o‘z kuzatishlari asosida shunday xulosaga keladiki, futbolchilar bitta o‘yin davomida 30 dan 60 martagacha maksimal tezlikda yuguradilar hamda tez yugurish masofasi 10 m dan 150 m gacha bo‘lishi mumkin.Muallif pedagogik kuzatishlar orqali chiziqdagi futbolchilar yugurishining o‘rtacha vaqtini aniqlagan. Markaziy hujumchining o‘rtacha yugurish vaqti 23 min37 sek ga teng, qanotdagi hujumchilarniki esa 22 min 0,7 sek ga teng.A.Ya. Chereshneva (1968) shuni ta’kidlaydiki, oxirgi yillarda o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sportchilarning tezkor-kuch tayyorgarligi harakatlanish san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlarida katta ahamiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarda texnik mahorat darajasi umumiy va maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi bilan o‘zaro bog‘liq (korrelyatsiya koeffitsienti 0,53 va 0,65-0,73 ga teng).Verxoshanskiy Yu.V.(1988) fikricha, maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi sportda yuqori natijalarga erishishda eng muhim omil hisoblanadi.
Muallifning ta’kidlashicha, sprinter velosipedchining tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishni kuch va tezlikni ma’lum bir nisbatda o‘zaro bog‘liqlikda, sportchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga opshrish lozim.



Download 76.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling