5-rasm. Harakatsiz to‘pga zarba berish.
Dumalab kelayotgan to‘pga zarba berish. Dumalab kelayotgan to‘pni tepishda ham zarba berish asosiy usullari va turlarining hammasi qo‘llaniladi.
Bunday zarba berishdagi texnik harakatlar erda harakatsiz yotgan to‘pni tepishdagi harakatlardan farq qilmaydi. Asosiy vazifa o‘z harakati tezligini top harakatining yunalishi va tezligi bilai muvofiklashtirib olishdan iborat. To‘pning quyidagi asosiy harakat yo‘nalishlari bor: o‘yinchidan nari ketish, o‘yinchi ro‘parasidan, yon (o‘ng va chap) tomondan, shuningdek shu yo‘nalyshlar oralig‘idan kelish.
T ayanch oyoqni erga qo‘yish, ya’ni kichik fazani qanday bajarishning xususiyatlari ana shu yo‘nalishlarg‘a qarab belgilanadi. O‘yinchidan nariga dumalab ketayotgan to‘pni tepishda tayanch oyoq to‘pdan nariroq o‘tkazilib uning yon tomoniga qo‘yiladi. Ro‘paradan dumalab kelayotgan to‘pni tepishda tayanch oyoq to‘pga.etib bormaydi. Agar to‘p yon (o‘ng yoki chap) tomondan dumalab kelayotgan bo‘lsa, uni to‘pga yaqinroq oyoq bilan tepgan ma’qul. (6-rasm).
Hamma hollarda ham tayanch oyoqni to‘pdan qancha oraliqda qo‘yish to‘pning harakat tezligiga bog‘liq bo‘lib, buni zarba berish harakati vaqtida to‘p tayanch oyoq bilan tenglashib qoladigan qilib mo‘ljallash kerak. Ana shu holat zarba berish uchun eng qulay hisoblanadi.
Bosh bilan zarba berish
Bu texnik uslub yulidagi muhim vosita hisoblanadi. To‘pga bosh qo‘yish o‘yin jarayonida yakunlovchi zarba berishda ham, sheriklarga to‘p oshirishda ham qo‘llaniladi.
Peshona bilan zarba berish va shuning variantlari bu uslubdagi eng ko‘p foydalaniladigan usullardir.Shuning uchun o‘yindagi vaziyatga qarab peshona bilan zarba berishning ikki hil variantit qo‘llaniladi: sakramay zarba berish va sakrab zarba berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |