Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja


Download 0.55 Mb.
bet12/17
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1789014
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

10-rasm. Tagcharm bilan to‘p to‘xtatish.
To‘p bilpn tagcharm to‘qnashgan paytda ozroqqina orqaga sindiruvchi harakat qilinadi. Pastga tushib ketayotgan to‘pni tagcharm bilan to‘xtatish uchun uning yerga tushadigan joyini aniq mo‘ljal qila bilishi kerak. To‘xtatuvchi oyoq tizzadan bukilib, to‘p tushadigan joy tepasiga keltiriladi, oyoqning uchi sal ko‘tarilgan, ammo oyoqning o‘zi bir oz bo‘shattirilgan bo‘lishi kerak. To‘pni u erga tekkan paytda to‘xtatish mumkin. Bunda oyoq kafti to‘pni erga qisib qoladi (lekin bosib yurolmaydi).
Oyoq yuzi bilan to‘p to‘xtatish keyingi yillarda keng tarqalgan bo‘lib, harakat tizimini aniq idora qilishni talab etadi. To‘xtatuvchi yuza, ya’ni oyoqning yuzi anchagina qattiq va o‘lchami kichik bo‘lgani sababli harakat tuzulishida salgina adashish yoki to‘pning traektoriyasi va tezligini noaniq mo‘ljallash to‘xtatishida jiddiy xatoga olib keladi.
Oyoq yuzasi bilan ko‘pincha o‘yinchining oldiga kelib tushayotgan to‘p to‘xtatiladi. Pastlab kelayotgan, ya’ni traektoriyasi past to‘pni to‘xtatishda tos-son va tizza bo‘g‘imlari taxminan 90o bukilgan to‘xtatuvchi oyoq oldinga uzatiladi. Uning uchi bukik (pastga tortilgan). To‘p bilan oyoq yuzi to‘qnashgan paytda (to‘p juda tez kelayotganda esa sal oldinroq) orqaga amortizatsiyalovchi harakat qilinadi. To‘xtatuvchi sath oyoq yuzining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi.
Baland traektoriyali, tushib kelayotgan to‘pni to‘xtatishda to‘xtatuvchi oyoqning kafti erga parallel turadi. To‘p oyoq yuzinig pastki qismiga (barmoqlarga yaqin joyga) tushiriladi. Pastlatib orqaga tomon so‘ndiruvchi harakat qilinadi.
Son bilan to‘p to‘xtatish hozirgi futbolda ko‘p qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, tushib-kelishdagi traektoriyasi har xil to‘plarni son bilan to‘xtatish mumkin. Bundan tashqari, to‘xtatuvchi sath bilan amortizatsiyalash yo‘li anchagina katta bo‘lgani uchun bu juda ishonchli hisoblanadi (11-rasm).




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling