Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja


Download 0.55 Mb.
bet15/17
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1789014
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

13-rasm. Oyoq bilan to‘p olib yurish.
Sakrab borayotgan to‘pni olib yurishda oyoq yuzini o‘rta qismi bilan yoki son bilan zarba berib boriladi. Bu ikkala usulda to‘pni erga tushirmay olibyurish muukin.
Bosh bilan topni olib yurish. Bu uslubni qo‘llaganda o‘yinchi turli yo‘nalishlarda harakatlar qiladi va ketma-ket bosh qo‘yish yordamida to‘pni erga tushirmay olib yuradi. Asosan peshona bilan zarba beriladi. To‘pni oldinga tomon uning ketidan etib borib yanabosh urishga ulgiradigan darajada kuch va traektoriya bilan yo‘naltiriladi.



  1. rasm. Bosh bilan to‘pni olib yurish



  1. Futbolda aldash harakat texnikalari

Futbol texnikasining raqib bilan bevosita yakkama – yakka kurashda bajariladigan uslublar gurixi aldash harakatlarini tashkil etdi. Fintlar raqib qashiligini engish va o‘yinni davom ettirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ishlatiladi.


Fintlardan foydalanish hujimda ham, himoyada ham ko‘p taktik masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.
Futbol texnikasi aldash harakatlarini quyidagi asosiy uslublari ko‘zga tashlanadi: “qocha turib”aldash, “zarba berib” aldash, “to‘pni to‘xtatib”aldash. Bu fintlar va ularning turlarini bajarishning xilma-xil usullari bor fintlar tasnifi 5-chizmada berilgan.
Oyoqni to‘p ustidan o‘tkazib “qochish”. Bu fint ko‘pincha raqib orqadan xujim qilganda qo‘llaniladi. To‘p o‘zida bo‘lgan o‘yinchitayyorlov harakatlari yon tomonga (masalan, chapga) ketmoqchi ekanini ko‘rsatadi. Gavdasini chap tomonga buradi, o‘ng oyog‘ini chalishtirib to‘p ustidan o‘tkazadida, chap tomonga tashlanadi. Orqadan xujim qilayotgan raqib to‘pni ko‘rmaydi. Tashlangan o‘yinchi ergashib , u xam chapga tashlanadi. Ana shu paytda to‘p o‘zida bo‘lgan o‘yinchi tezlik bilan o‘ngga aylanib, to‘pni oyoq yuzini tashqi qismi bilan olg‘a yo‘naltiriladida, keyin o‘yindagi vaziyatga qarab, harakatni davom ettiriladi.
To‘pni “tepib” fint qilish. Ana shu fintni bajarishning ba’zi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Yakkama-yakka tortishuvda qatnashayotgan raqib ro‘paradan yoki oldindan sal yon tomondan kelayotgan bo‘lsa, unga yaqinlashayotib, zarba beruvchi oyoq orqaga tortiladi. Bunday holat to‘p nishonga tepilishi yoki uzatib yuborilishidan dalolat beradi. Buni ko‘rgan raqib to‘pni tortib olishga yoki to‘p uchib o‘tishi kerak bo‘lgan zonani to‘sishga harakat qiladi. Buning uchun u harakatni sekinlashtiradigan va to‘xtatib qo‘yadigan tashlanish, shpagat, sirpanish harakatlarini bajaridi. Bundan tashqari. Ana shunday holatlarda yakkama-yakka tortishuv harakatlariga o‘tish uchun bir qadar vaqt kerak bo‘ladi. O‘yindagi vaziyat, sheriklar-u raqiblarning turishi, qarshilik ko‘rsatayotgan raqibning holati qandayligiga qarab, asl niyatini amalga oshirish bosqichini tegishli usulida sekingina tepilib, raqibdan oldinga, o‘ngga, chapga yoki orqaga qochib ketiladi.
Bordiyu, to‘p uzatilgan bo‘lib, sheriklardan biri to‘pning harakat yo‘lida (qulayroq) vaziyatda turgan bo‘lsa, asl niyatini amalga oshirish bosqichida to‘p ochiq turgan sherikka o‘tkazilib yuboriladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling