Mavzu: Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari


Download 0.68 Mb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1493916
  1   2   3   4
Bog'liq
FYUCHERS BITIMI

Fan o`qituvchisi: Otaxonova Sh. Talaba : Usubayeva M.

MAVZU: Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari

REJA: 1.Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari 2. Fyuchers shartnomalari narxining shakllanishi 3.Fyuchers savdolari bo`yicha Prezident farmoni va qarori

Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari Fyuchers shartnomasi – belgilangan miqdordagi bazis aktivni shartnoma imzolangan paytda qayd qilingan narx bo‘yicha kelajakda belgilangan vaqtda yetkazib berishga birja shartnomasidir. Fyuchers shartnomalar bo‘yicha eng ommaviy bazis aktivlari turlari quyidagilar hisoblanadi: foiz stavkalari; xorijiy valyuta; fond indekslari va alohida qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar); birja tovarlari (standartlashtirilgan tovarlar). Forvard shartnomasi kabi, fyuchers shartnomasi ham bitimning ikkala tomoni uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi. Fyuchers narxlarini aniqlash forvard narxlarni hisoblab chiqish bilan bir xil tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi.  

Fyuchers shartnomalari narxining shakllanishi Fyuchers shartnomalar bilan savdo muntazam amalga oshiriladi. Xususan, agar investor 0 nuqtada bo‘lsa va bir yillik shartnoma imzolaydigan bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan narx bugungi spot-narxning daromadlilik yillik stavkasiga ko‘paytirilgan (forvard narx kabi) miqdorini tashkil qiladigan bo‘lsa, bu narx adolatli narx hisoblanadi. Shartnomalar ijro etish vaqtiga qanchalik yaqin vaqtda imzolansa, ular bazis aktiv narxiga shunchalik yaqin bo‘ladi. Ijro etish vaqtida ular teng bo‘ladi. Shu bilan bir paytda, fyuchers shartnomalarni forvard shartnomalardan ajratib turadigan qator muhim va jiddiy tafovutlar mavjud: fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (etkazib berish narxidan tashqari fyuchers shartnomasining barcha shartlari birja tomonidan shartnoma tasnifida (spesifikatsiyasida) belgilab beriladi); birja fyuchers shartnomalari ijro etilishini kafolatlaydi (fyuchers bozorida birja markaziy kontragent – savdoning barcha qatnashchilari uchun bitimlar bo‘yicha umumiy tomon rolida ishtirok etadi; shunday qilib, agar tomonlardan biri fyuchers shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, bu uning kontragenti bitimni ijro etmasligi uchun asos bo‘lmaydi);


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling