Mavzu: Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari
Download 0.68 Mb.
|
FYUCHERS BITIMI
Shartnomaning tugash muddati qisqarib borishi bilan fyuchers narxi bazis aktivning spot-narxiga yaqinlashib boradi. Fyuchers shartnomasi ijro etiladigan paytda bazis aktivning fyuchers narxi doimo uning spot-narxiga teng bo‘ladi, aks holda arbitraj operatsiyalar amalga oshirish (bazis aktivni spot-bozorda xarid qilish yoki sotish, fyuchers shartnoma tuzish va uni zudlik bilan boshqa narxda ijro etish) imkoniyati mavjud bo‘ladi. Biroq, umuman olganda, qayd etish joizki, fyuchers bozorida arbitraj operatsiyalar amalga oshirish uchun imkoniyatlar (forvard bozor bilan taqqoslaganda) ancha kamroq. Bu, birinchi navbatda, fyuchers shartnomalar likvidlik darajasining yuqori ekanligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, savdo qatnashchilarining pozitsiyalarini kundalik qayta baholash va schetda kafolat ta’minotini qo‘llab-quvvatlash zarurati oldindan belgilangan muddatga qayd qilingan summada pul mablag‘larini qarz olish va investitsiya qilishga imkon bermaydi, bu esa amalda olish mumkin bo‘lgan arbitraj foydasini nolga olib keladi. Fyuchers shartnomalarini xedjirlash, umuman olganda, forvard shartnomalarini xedjirlash bilan bir xilda amalga oshiriladi, biroq fyuchers bozorida zarur bazis aktivga shartnoma yo‘q bo‘lgan vaziyat vujudga kelishi mumkin. Bu holatda xedjer turdosh (narx korrelyatsiyasi darajasi yuqoriroq) bazis aktivga fyuchers shartnomasi bo‘yicha pozitsiya ochishi mumkin . Bunday strategiya «kross-xedjirlash» nomini olgan. Kross-xedjirlash – mavjud aktivga fyuchers yoki opsion bo‘lmagan hollarda turdosh bazis aktivga shartnoma bilan sug‘urta qilish.Xalqaro ekspertlarning ta`kidlashicha, O`zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish sharoitida birja savdosini yanada rivojlantirishning zarur bosqishlaridan biri derivative moliyaviy vositalarni qo`llash hisonlanadi.Bunda fyuchers shartnomalarini joriy etish eng maqbul yo`ldir.Bu narxlarning keskin o`zgarishiga moyil bo`lgan tovar bozorlari uchun alohida ahamiyatga ega. Fyucherskar orqali xavflarni muvaffaqiyatli boshqarish va iqtisodiyotga ko`proq pul mablag`larni jalb qilish, bozordagi narxlar muvozanatni ta`minlash mumkin.Birja bitinlar bajarilishini kafolatlaydi. Natijada, kompaniyalar o`z faoliyatini to`g`ri rejalashtirish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ko`proq mablag` sarflash orqali iqtisodiyotga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling