Xedjirlash(Hedge) ingliz tilidan tarjimada himoyalash, sug'urtalash. Xedjirlash o'zida valyutalar kursining noqulay o'zgarishidan mijozning mablag'larini himoya qilishni ifodalaydi


Download 26.2 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi26.2 Kb.
#222005
  1   2   3   4   5
Bog'liq
xedjirlash


Xedjirlash(Hedge) ingliz tilidan tarjimada - himoyalash, sug'urtalash. Xedjirlash o'zida valyutalar kursining noqulay o'zgarishidan mijozning mablag'larini himoya qilishni ifodalaydi. Hisob-varag'idagi mablag'lar Foreksda bitimlarni tuzish yo'li bilan joriy narx bo'yicha qayd etiladi. Shunday qilib, xedjirlash valyutalar kursining o'zgarishidagi xatarlardan qutulish imkonini beradi, bu narxning o'zgarishlari bilan o'zgarmaydigan natija olish imkonini beradi. Xedjirlashda mohiyati bo'yicha bevosita bog'liq vositaning narxiga noqulay bozor faktorlari bilan bog'liq xatarlarni kamaytirish uchun bitta vositadan foydalanish tushuniladi. Ko'p hollarda xedjirlash asosida valyuta kurslari, aktivlar va sh.o'.larning narxlari o'zgarishi xatarlaridan sug'urtalash nazarda tutiladi. Xedjirlashni shuningdek bozorda narx xarakatlari bilan bog'liq xatarlarni kamaytish maqsadida qilinadigan sarflangan mablag' deb ham qarash mumkin. Xedjirlashning qiymati undan voz kechilganda mumkin bo'lgan zararlarni hisobga olinishi bilan baholanishi kerak. Foreksda xedjirlash turlari. Birinchi turi – tovar narxining mumkin bo'lgan o'sishi bilan bog'liq xatarni kamaytirish uchun xaridor mablag'larini xedjirlash. Ikkinchi turi – tovar narxining mumkin bo'lgan pasayishi bilan bog'liq hatarlarni kamaytish uchun sotuvchi mabalag'larini xedjirlash. Xedjirlashga misol. Xorijiy valyutani import qiluvchi treyder o'z hisob-varag'ida valyutani sotib olish uchun oldindan bitim tuzadi, mazkur valyutani o'z bankidan real xarid qilish uchun vaqt kelganda esa u bu pozitsiyani yopadi. Xorijiy valyutani eksport qiluvchi treyder esa o'z hisob-varag'ida oldindan valyutani sotish bo'yicha bitimni ochadi, mazkur valyutani o'z bankida real sotish vaqti kelganda esa u bu pozitsiyani yopadi. Shunday xedjirlash mexanizmi borki, u valyutalar bozori (qimmatli qog'ozlar va boshq.) va unga qarshi Fyucherslar bozori bo'yicha majburiyatlarni balansga keltirishni o'z ichiga oladi. Qandaydir bir aniq vosita bo'yicha yo'qotishlarni himoya qilish maqsadida pul yo'qotishlarini kompensatsiya qilish uchun boshqa vositada pozitsiya ochiladi.

Oxirgi o`n yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko`rinishiga aylandi. Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo`yicha tajribalar to`plana boshlandi. Loyihani boshqarish doirasida yechiladigan masalalardan biri - bu loyiha faoliyatining riskini boshqarishdir. Bu masala loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida emas. Moliyaviy talabni aniqlashda ham, smeta va budjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog`liq masalalar yechiladi. Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo`lganligi sababli, loyiha risklarini boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi.

Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga e`tibor qaratiladi:

- loyiha risklarining tasnifi;

- loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari;

- loyiha risklarini boshqarishning axborot ta`minoti;

- risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash;

- risklarni kamaytirish texnologiyalari;

- risklarni boshqarishni tashkil etish;

- risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.

Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo`yicha texnologiyalarni va bilimni talab qiladi. Hozirgi vaqtda riskni boshqarish faoliyatini quyidagi asosiy bosqichlarga bo`lish mumkin:

1) riskni aniqlash;

2) riskni baholash;

3) riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash;

4) riskni oldini olish va nazorat qilish;

5) riskni moliyalash;

6) natijalarni baholash.

Riskni aniqlash va uni baholash bosqichlari riskni tahlili deb ham ataladi.

Bunda riskni aniqlash sifat tahliliga, riskni baholash miqdor tahliliga kiradi. Risk tahlilining miqdor usullari orasida riskni boshqarish nazariyasida eng mashhurlari quyidagilar:

statistik usul, statistik tajribalar usuli;  maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili;

 ekspert baholari usuli;

 analitik usullar va boshqalar.

Risk tahlilining ahamiyati loyihaning potentsial ishtirokchisiga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma`lumotlarni berishdir. Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo`llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval o`tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishtirokchilar o`rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin. Risklarni boshqarish - bu risk va foyda miqdorini oqilona qo`shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi.

Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo`linadi:

 risk omilini aniqlash;

 risk omilini tahlil qilishva baholash;

 risklarni pasaytirish bo`yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish;

 risklarni oldini olish va nazorat qilish;

 risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo`llash;

 risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma`lumot to`plash va kelajakka tavsiyalar tuzish. Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya`ni loyihaga ta`sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi. Riskni boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo`lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o`z ishlarida amal qilish uchun xatarni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishi kerak. Riskni boshqarishda asosiy vazifa - amaldagi bozor kon`yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishda asosiy yo`llar quyidagilar: • riskni ajratish; • riskni ishtirokchilar o`rtasida taqsimlash;

moddiy ta`minotni olish (garov); • moliyaviy ta`minotni olish (kafolat yoki kafillik); • riskni kredit bo`yicha yuqori foiz stavkasiga ko`chirish; • riskni venchur kreditlashga qabul qilish; • qarzlar bo`yicha yo`qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish; • sug`urtalash. Bular riskni boshqarish bo`yicha quyidagi ish yo`nalishlarini talab qiladi: • har bir mijoz bo`yicha doimiy monitoringni olib borish; • ma`lum bir mijozning asosiy xo`jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringi; • kafolatni jalb qilish va tahlil etish; • risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish).

Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichi ma`lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ko`rib chiqadi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

- risklarmonitoringi;

- riskniistiqbolinibelgilash;

- tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma`lumot berish va bu bilan bog`liq ko`rsatmalarni ishlab chiqish;

- riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar. Ko`p risklarni oldini olish va nazorat qilish mumkin. Lekin shunday risklar mavjudki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya`ni ular loyiha ishtirokchilari ta`siridan tashqarida bo`ladi. Shunday risklar ko`p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo`llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o`z-o`zini sug`urtalash, tajribali sug`urtachi yordamida sug`urtalanishga mablag` ajratishi tushuniladi. Sug`urta shartnomalarida riskning ko`pgina turlari bo`yicha sug`urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko`rib o`tilgan moddalar mavjud bo`ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari, sug`urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o`z usullari va yo`llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja - dasturlarini nazorat qilib boradilar. Natijalarni baholash - bu ma`lum bir loyiha doirasidagi risk - menejmenti bo`yicha faoliyatlarining yig`indisi. U keng ma`lumotlar to`plami asosida o`tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk - menejmentining alohida choralarini qo`llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o`tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko`rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo`llaniladi.




Download 26.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling