Mavzu: Fyuchers shartnomalar tushunchasi va turlari
Download 0.68 Mb.
|
FYUCHERS BITIMI
fyuchers bozori qatnashchisi shartnoma muddati tugagunga qadar istalgan payt o‘z pozitsiyasini yo‘nalish bo‘yicha qarama-qarshi (ofset) bitim bilan yopishi mumkin (masalan, fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun xuddi shu miqdordagi shartnomaga uzun pozitsiya ochish zarur – bu holatda savdo qatnashchisining pozitsiyasi bekor qilinadi); fyuchers bozorida moliyaviy kafolatlar tizimi amal qiladi – har bir fyuchers shartnoma bo‘yicha birja pozitsiya ochish (boshlang‘ich, yoki depozit marja) va uni saqlash (qo‘llab-quvvatlaydigan marja) uchun zarur bo‘lgan kafolat ta’minoti minimal hajmini belgilaydi; birja har kuni savdo qatnashchilarining fyuchers shartnomalar bo‘yicha pozitsiyalarini qayta baholaydi va yutuq yoki yutqiziqlar miqdorini (variatsion marja) savdo qatnashchilari schetlari o‘rtasida o‘tkazadi; qoidaga ko‘ra, fyuchers shartnomalar bo‘yicha bazis aktivni haqiqatda yetkazib berish amalga oshirilmaydi (savdo qatnashchilarining ko‘pchiligi o‘zining savdo pozitsiyasini qayta baholash shaklida foyda yoki ziyon ko‘rgan holda shartnomaning tugash muddatidan oldin o‘z pozitsiyalarini ofset bitimlar bilan yopadi).fyuchers shartnomalarining ijro sanasi bir yilda to‘rt marta ro‘y beradi (mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarining o‘rtasida – ularning nomi ham shundan kelib chiqadi: mos ravishda mart, iyun, sentyabr va dekabr fyucherslari). Istalgan investor fyuchersning ijrosini (qattiq majburiyatni) kutib o‘tirmasdan o‘z pozitsiyasini yopishi mumkin. Ofset bitimi – ilgari ochilgan fyuchers shartnomasiga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishdagi bitim. Kontango – joriy fyuchers narxi bazis aktivning joriy spot-narxidan baland bo‘lgan vaziyat. Bekvardeyshn – joriy fyuchers narxi bazis aktivning joriy spot-narxidan past bo‘lgan vaziyat. Odatda, fyuchers shartnomasi bo‘yicha savdo uning tugashidan 1 yil oldin ochiladi va to ijro sanasiga qadar yuritiladi. Bunda, bazis aktivning kelajakdagi narxi borasida bozor kutishlariga qarab joriy fyuchers narxi bazis aktivning spot-narxidan («bekvardeyshn» vaziyati) yoki, aksincha, undan yuqori bo‘lishi mumkin («kontango» vaziyati).Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling