Mavzu: Galvanik elamentlar termodinamikasi mundarija kirish


Download 0.9 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1597072
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Galvanik elamentlar termodinamikasi

Kurs ishining vazifasi mavjud tahlil usularini takomillashtirish va tahlilning yangi usularini ishlab chiqishdan hamda, talabalarda fizik kimyoning nazariy asoslarini o‘zlashtirib ortirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini konkret vaziyatli masalalarni xal etishda qo‘llay bilish va olingan natijalarni to‘g‘ri baholash ma’suliyatini o‘rgatishdan iborat.
Fizik kimyoviy analiz - modda yoki sistemaning fizik xossalari bilan uning tarkibi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganadigan kimyoviy termodinamika usuli. Fizik kimyoviy analizda sistemaning turli fizik xossalari, koʻpincha fazaviy oʻtish trasi va boshqa issiklik xossalari (issiklik oʻtkazuvchanligi, issiqdik sigʻimi, issiqlikdan kengayishi), elektr (elektr oʻtkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanligi), optik (sindirish koʻrsatkichi), zichlik, qovushqoqlik, qattiqlik kabi xossalari oʻrganiladi. Tekshirilayotgan obʼyektning rentgen strukturaviy analizi, mikroskopik metallografiya va boshqa usullari bilan aniqpanadigan tavsiflaridan ham foydalaniladi.
Fizik kimyoviy analizning asosiy usuli-xossa (tarkib) oʻzgarishi bilan holatning geometrik analiziga asoslangan. Chunki fazalar muvozanatlarini analitik aniqlash usuli qiyin boʻlib, fazalar sohasini taqriban aniqlay oladi. Diagrammalarni geometrik analiz qilish usuli faza strukturasi va tarkibining oʻzgarishini toʻgʻri aniklashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. Bu Fizik kimyoviy analizning baʼzi koʻp fazali, koʻp komponentoy sistemalar-qotishmalar, minerallar, eritmalar, karbidlar, oksidlar, yarim oʻtkazgich va oʻta oʻtkazgich materiallar, organik birikmalardan iborat sistemalar va boshqalarni tadqiq qiluvchi muhim usulga aylanishiga keng yoʻl ochadi.
Fizik kimyoviy analiz. kimyo va kimyotexnologiyaning barcha sohalarida, shuningdek, metallurgiya, geol.mineralogiya tadqiqotlarida va boshqalarda qoʻllanadi.
Kimyoviy reaksiya natijasida elektr energiyasi hosil qiladigan, ya’ni kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradigan asboblar galvanik elementlar deyiladi.
Galvanik element tuzish uchun bir-biriga tegib turgan (yoki bir-biri bilan sifon orqali tutashtirilgan) ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metall tushirilib, ularning uchlari tashqi zanjir orqali bir-biriga ulanadi. Ikkala elektrod birgina metalldan yasalgan boʻlishi ham mumkin, u holda bir elektrodni suyultirilgan eritmaga, ikkinchisini konsentrlangan eritmaga tushirib, konsentratsion galvanik element hosil qilinadi.
Volta mis va ruh plastinkalarini sulfat kislotaga tushirib, misni ruh bilan tutashtirilganda elektr toki hosil boʻladi, elektr tokining bu manbai Volta elementi deb ataladi.
Volta elementining elektr yurituvchi kuchi dastlabki vaqtda taxminan 1 voltga yetadi. Soʻngra, bu elementning musbat qutbi boʻlgan misda vodorod ajralib chiqishi (qutblanishi) sababli, uning elektr yurituvchi kuchi kamayib ketadi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling