Mavzu: Galvanik elementlarning xalq xo'jaligidagi o'rni Reja


Download 0.59 Mb.
bet6/9
Sana28.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1135018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7. Galvanik elementlarning xalq xo\'jaligidagi o\'rni

E.Yu.K. = e2H+ /H2 -E Fe2+/Fe
Elementning ishlash protsescida anod elektroddagi kush elektr qavatda Fe2+ ionlar konsentratsiyasi ortadi va eritmaga ionlarning o‘tishi qiyinlashadi, bu esa tashqi zanjir orqali o‘tadigan elektronlar sonini kamaytiradi, natijada anod elektrodning potensiali kamayadi. Bu protses anoddagi qutblanish deyiladi.
Bir vaqtning o‘zida katod elektroddagi qo‘sh elektr qavatda H+ ionlar konsentratsiyasi va tashqi zanjir orqali katod elektrodga o‘tayotgan elektronlarning ionlar bilan birikishi susayadi, natijada elektronlar tuplanib koladi, katod elektrod potensiali ortadi va katoddagi kutblanish protsesi hosil bo‘ladi.
Qutblanishning kamayish protsesiga qutbsizlanish deyiladi. Eritmadagi H+ va O2 konsentratsiyasi ortishi bilan katoddagi qutblanish kamayadi. Oddiy sharoitda kislorod molekulasini eritmada oshirishga havoni suvda eritish natijasida erishiladi. Bunda kislorod molekulasining konsentratsiyasi ortishi CO2 razining erishini orttiradi, natijada H+ ionlar konsentratsiyasi quyidagi reaksiya buyicha boradi:
CO2 + H2O = H2CO3 = H+ + HCO3-
Demak, oksidlovchilar - kislorod molekulasi, NQ ioni katodli qutblanishni kutbsizlantiruvchilari xisoblanadi.
Anodli qutblanishni qutbsizlantiruvchilari anion (masalan, Cl-, OH- va xokazo) lardir.
Vodorod elektrodga nisbatan faqat metall juftlari potensialidan tashqari oksidlangan xoldagi istalgan qaytaruvchining va kaytarilgan holdagi istalgan oksidlovchining potensialini aniqlash mumkin. Oksidlovchi va qaytaruvchining standart potensial qiymati ularni qanday muhitda ishlatilayotganligiga bog‘liq.

Eritmada aktiv ionlar konsentratsiyasi 1mol/l ga teng bo‘lgan standart oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymati (E0 ) jadvalda keltirilgan. Bu jadvalga asoslanib, ba’zi bir ximiyaviy masalarni echish mumkin.
Masalan, ammiakli eritmada Cu ning xavo kislorodi ta’sirida oksidlanib, [Cu(NH3)4 ]2+ ga o‘tishni karab chikamiz:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling