Mavzu: Gandbolda uzoq masofada to'pni otish Reja: Qo’l to’pi o’yinining mohiyati va tavsifi. Uzoq masofada to'pni otish


Download 0.67 Mb.
bet13/27
Sana28.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1237082
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Gandbolda uzoq masofada to\'pni otish

2. Istiqbolli rejalashtirish.
Istiqbolli rejalashtirish. Qo’l to’pi o’yinchilarida mahoratining paydo bo’lishi uchun ancha vaqt kerak. Istiqbol rejalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun esa yanada samarali tayyorlanishga, mashg’ulot vositalari, shakl va uslubiyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanishga yordam beradi.
O’quv mashg’ulotini istiqbolli rejalashtirish o’yinchilarning ko’p yillik o’quv-mashg’ulotini ilg’or tajriba, ma’lumotlarni tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallangan rejalashtirishni ishlab chiqish, aniq bir muddat davomida o’yinchilar mahoratini oshirish dasturidir. Mashg’ulotlar jarayonining istiqbol rejalari jamoa uchun ham, bir o’yinchi uchun ham tuziladi. Jamoa uchun umumiy istiqbol reja, alohida bir o’yinchi uchun shaxsiy reja tuziladi. Umumiy rejada butun jamoa uchun istiqbollar belgilanadi. Qo’l to’pi bo’yicha barcha o’yinchilarga ta’lluqli ko’rsatmalar beriladi. Shaxsiy istiqbolli reja umumiy rejadagi ko’rsatmalar har bir o’yinchiga moslashtirilib aniqlashtiriladi.
Qo’l to’pi bo’yicha eng yirik musobaqalar (Jahon birinchiligi, Chempionatlar, Olimpiya o’yinlari)ning muddatini hisobga olib qo’l to’pi o’yinlarini mashg’ulot jarayonining umumiy istiqbol rejasini 4 yillik qilib tuzish mumkin.
3. Shaxsiy rejalashtirish.
Shaxsiy rejalashtirishni o’yinchilarning yoshi, sog’ligi va mahorat darajasiga qarab turli muddatga tuziladi.
O’quv-mashg’ulotlar jarayonining istiqbol rejalarini tuzishdan oldin musobaqalarning 4 yillik jadvalini ishlab chiqish lozim. Istiqbol rejada o’yinchilarning mahorat darajasiga va salomatligini mustahkamlashga qo’yiladigan tobora oshib boruvchi talablar yo’nalishi o’z aksini topishi kerak.
O’quv-mashg’ulotlar jarayonining umumiy istiqbol rejasida quyidagi bo’limlar bo’ladi:
– Jamoaning qisqacha tavsifnomasi;
– Ko’p yillik mashg’ulotlarning maqsadi va asosiy vazifalari;
Tayyorgarlik bosqichlari;
– Har bir bosqichning asosiy musobaqalari;
– Bosqichlar bo’yicha mashg’ulotlar jarayonining asosiy yo’nalishi (asosiy vazifalar, ularning turli bosqichlarda tutgan o’rni);
– Mashg’ulotlar, uchrashuvlar va dam olishning har bir bosqichga taqsimlanishi;
– Yillar bo’yicha sport – texnik ko’rsatkichlar;
Pedagogik va tibbiy nazorat;
– Jamoa tarkibidagi o’zgarishlar;
– Mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy, jihozlar va asbob – anjomlar va boshqalarni tayyorlash.
Istiqbol rejalarida nazorat mashqlari turlaridan, modellaridan, sport – texnika ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi.
Ular qo’l to’pi o’yinchilarini tayyorlashdagi o’zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. Shu bilan birga sinov turlari bo’yicha belgilangan me’yorlarni bajarishga harakat qilish, modellar ko’rsatkichlari ko’rgazmali qurollar mashg’ulotining juda yaxshi qushimcha vositasi bo’lib hisoblanadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling