Mavzu: Gap bo'laklari Maqsad
Download 3.74 Kb.
|
4-sinf ona tili dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Rivojlantiruvchi
- Dars jihozi
- II. Otgan mavzuni sorash va mustahkamlash
- V. Darsga yakun yasash va baholash
Mavzu: Gap bo'laklari Maqsad: DTS talablari asosida o'quvchilarga bilim berish hamda gap bo'laklari haqidagi bilimlarini boyitish. Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarga gap bo'laklari haqidagi bilimlarini boyitish va tushunchalarini kengaytirish. FK1: gap bo'laklari, bosh bo'laklar ega va kesim, ikkinchi darajali bo'laklar aniqlovchi, to'ldiruvchi, hol ekanligini biladi, ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal qilib yoza oladi. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni muomila madaniyatiga o'rgatish. TK4: maktabda va maktabdan tashqarida tadbirlarda (ko'rik-tanlovlar, hashar va h.k ishtirok etish va muomila madaniuyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'lish kabi sifatlarga amal qilish, oilada o'z o'rnini hamda vazifalarini anglash. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning so'z boyligini oshirish. TK3: o'zining xato va kamchiliklarini to'g'ri tushunish, o'zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish. Dars turi: yangi bilim berish, o'tgan mavzuni mustahkamlash Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob Dars jihozi: darslik, o'quv qurollari, rangli ko'rgazmalar, plakatlar Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash Navbatchi axboroti II. O'tgan mavzuni so'rash va mustahkamlash: uyga berilgan vazifani tekshirib baholash. tarqatmalar yordamida o'quvchilarni darsga jalb etish. III. Yangi mavzu bayoni: Gap bo'laklari O'quvchilarga gap bo'laklari mavzusi tushuntiriladi, gaplar bosh bo'lakli va ikkinchi darajali bo'lakli gaplarga ajratish hamda ularni qanday aniqlash o'rgatiladi. Masalan: Bahor kirib keldi. Bu yerda bosh bo'lakli gaplar qatnashga bo'lib, "Bahor" ega, "kirib keldi" kesim vazifasida qo'llangan. Agar bir uni orasiga yana so'z qo'shsak, u holda bu gapda kesimning ikkinchi darajali bo'laklari ham ishitirok etadi. Masalan: Bahor qanot yozib keldi. Nima kirib keldi? Bahor - ega Nima qildi? Kirib keldi - kesim Qay holatda kirib keldi? Qanot yozib - hol O'quvchilarga shu tartibda gap bo'laklari o'rgatiladi. O'quvchilarga gap bo'laklarini bu tartibda o'rgatish yaxshi samara beradi ammo modellashtirishni qo'llasak ko'zlangan maqsadga yanada tezroq erishamiz`. Masalan o'quvchilarga birinchi ikkita so'zdan iborat gap tuzdirsak, keyin uchta va h.k. Keyin ularga gap bo'laklarini o'rgatsak o'quvchining zehnini oshirishga va gapni tahlil qilishga oson va qulay usulda erishamniz. 1. V. Darsga yakun yasash va baholash: Darsda faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish va ularni kundaliklariga baholarini qo'yib berish. VI. Uyga vazifa: Download 3.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling