Mavzu: Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Tayyorladi: Fathiddinova Shohsanam Mavzu: Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari


Download 0.64 Mb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#212438
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Darsning borishi:

Tashkiliy qism. Motivatsiya bosqichi.

Dars o‘qituvchining o‘quvchilar bilan salomlashishi bilan boshlanadi :

Salom aziz bolalar,

Misoli gul, lolalar.

Tayyormisiz siz darsga,

Yangi bilim olishga.

O‘quvchilar:

Ustoz shaymiz barchamiz,

O‘qib o’rganmoq uchun.

Har bir aytgan so’zingiz,

Quloqqa ilmoq uchun.

O‘qituvchi:

Tayyormi kitob, daftar?

Ko’taring quyosh misol.

Faol qatnashib darsda,

Kundalikka baho ol!

O‘quvchilar: (kitob, daftarlarni ko’taradilar)

Kitob, daftar shay darsga,

Ko’mak berishar bizga,

Kundaliklar mushtoqdir

Rag‘bat va katta beshga.

Aziz o‘quvchilar! Mana o‘lkamizga kuz fasli ham kirib keldi. Bu fasl barchaga birdek yoqishi tabiiy , albatta. Boisi, ona tabiat misoli oltin kabi atrofga jilo beradi va ko’ngillarga birdek yoqimli kayfiyat beradi. Ammo, kuz faslida bizning oramizdagi ayrim do’stlarimiz daraxt barglarini yoqib, mevalarni olish uchun daraxt shoxlarini sindirib atrofga ziyon yetakazadi. Bu nafaqat atrofga, balki inson sog’ligi uchun juda zararlidir.

O‘qituvchi o‘quvchilarga qiyidagi she’rni o’qiydi:

Ikki do‘st

Uzoq tog‘li qishloqda

Yasharkan ikki o‘rtoq,

Biri botir, paxlavon

Ikkinchisi sal qo‘rqoq.

“Botirman deb” do’stimiz

Daraxtni tepar emish,

O’t yoqib xazonlarga

Hordiq chiqarar emish.

Shunday kunlar birida

Soyning chap qirg’og’ida

O’tirardi bir kampir

Shamol yelardi g’ir-g’ir

Bola yoqqan o’sha o’t

Shamolda avj olardi

Tutunlari qishloqni

Soy bo’yini qopladi.

Kampir ena holi voy

Boshiga og’riq keldi

“Bu o’tni kim yoqdi” deb

Birdan baqirib ketdi

Aybdor o’z ishidan

Boshi yerga xam bo’ldi

Uning bu nodonligi

Barchaga ibrat bo’ldi.

O‘qituvchi she’rni o‘qib bergach, o‘quvchilardan she’rni qisqa hikoya tarzida qayta so’zlashlari topshiriladi.

O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar umumlashtirilib, xulosalanadi:

Ko’rdingizmi bolalar, atrofga zarar yetkazish inson salomatligiga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi. Demak, biz doimo sog’lom turmush tarziga rioya qilishimiz va doimo o’zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun qayg’urishimiz lozim bo’lar ekan. Shundagina biz sog’lom-turmush tarsi qoidalariga rioya qilgan bo’lamiz.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling