Mavzu: G’armada saqlanayotgan paxtani holatini nazorat qilish


Paxta korxona va tayyorlov maskan laboratoriyasi I-II navlar paxta holatini har 10 kunda, III-V navlar holatini esa har 5 kunda tekshirib turadi


Download 137.18 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi137.18 Kb.
#1009638
1   2   3
Bog'liq
Презентация1

Paxta korxona va tayyorlov maskan laboratoriyasi I-II navlar paxta holatini har 10 kunda, III-V navlar holatini esa har 5 kunda tekshirib turadi.

  • Paxta korxona va tayyorlov maskan laboratoriyasi I-II navlar paxta holatini har 10 kunda, III-V navlar holatini esa har 5 kunda tekshirib turadi.
  • Tayyorlov maskanida paxta qoniqarsiz holatda saqlangan taqdirda tayyorlov maskani mudiri va klassifikator aniqlangan kamchiliklarni tugatish choralarini ko‘radilar
  • Laboratoriya paxtani g‘aramlar va omborlarga joylashtirish va saqlanish holati ustidan to paxta paxta tozalash korxonasiga jo‘natishgacha nazoratini tashkil qiladi.
  • G‘aramlardagi paxtaning namligi yuqori bo‘lgan joylarini o‘z vaqtida aniqlash uchun tayyorlov maskani laboratoriyasi saqlanayotgan paxtaning haroratini TSh-01
  • rusumli elektron harorat o‘lchagichida quyidagi muddatlarda tekshirib turadi.
  • I va II nav paxtaning bir kunlik o‘rtacha namligi 9-13 foiz , III, IV va V nav paxtaning namligi 15-17 foizdan ortmagan to‘dalarda har besh kunda, namligi katta bo‘lgan to‘dalarda esa har uch kunda tekshiriladi.
  • G‘aramlardagi harorat 8 joyda (4 ta burchak tomonidan, 4 tasi esa yon, old va orqa tomonlardan) 4 metr chuqurlikda o‘lchanadi. Omborlarda saqlangan paxta g‘aramlarining esa eshik tomonidan bitta joyda, tepa qismidan 4-6 joyda o‘lchanadi. Harorat o‘lchagich g‘aram ichida kamida 30 daqiqa turishi kerak

3. Yuqori namlikdagi paxtaning saqlanishini tekshirish

  • Paxtaning harorati avval tekshirilganidan loaqal 1,0 darajaga ortib ketganligi aniqlansa, uning haroratini har kuni o‘lchab turish talab qilinadi. Agar keyingi 2-3 o‘lchashda haroratni tobora ortib borayotganligi kuzatilsa laboratoriya darhol bu haqda tayyorlov maskani mudiri va korxona texnik nazorat bo‘limi boshlig‘iga zudlik bilan o‘z-o‘zidan qizish o‘chog‘ini yo‘qotish choralarini ko‘rish uchun xabar beradi. O‘lchov natijalari paxtani saqlash daftariga yozib boriladi, bunda profilaktika ishlarini boshlanishi va tugallanishi qayd qilinadi.
  • Laboratoriya ishtirokida paxta tozalash korxonasi tayyorlov va texnika bo‘limlari boshliqlari kamida har o‘n kunda bir marta g‘aramlar to‘g‘ri bosilayotganligini, omborlardan foydalanishini va korxonadan tashqaridagi tayyorlov maskanlarida, xom ashyo va texnik nazorat bo‘limi boshliqlari esa paxta tozalash korxonasi qoshidagi tayyorlov maskanlarida saqlanayotgan paxta sifatini tekshirib turishlari lozim.
  • Laboratoriya saqlanayotgan paxtaning haroratini uning sifatiga qarab tuzilgan jadval asosida tekshirib boradi

Download 137.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling