Farg’ona politexnika instituti tengil sanoat va to’qimachilik fakulteti ttdit yo’nalishi 88-21 guruh talabasi topvoldiyev sarvarbekning paxtani g’aramlash va saqlash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi - Farg’ona politexnika instituti tengil sanoat va to’qimachilik fakulteti ttdit yo’nalishi 88-21 guruh talabasi topvoldiyev sarvarbekning paxtani g’aramlash va saqlash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu:G’armada saqlanayotgan paxtani holatini nazorat qilish - Reja:
- 1.G‘ARAMDASAQLANAYOTGAN PAXTANI XOLATINI ANIQLASH
- 2. Paxtaning о‘z-о‘zidan qizishi
- 3. Yuqori namlikdagi paxtaning saqlanishini tekshirish
1.G‘ARAMDASAQLANAYOTGAN PAXTANI XOLATINI ANIQLASH - Paxtani uzoq vaqt yaxshi holatda saqlash va undan sifatli tola olish uchun uning navi va sinfini hisobga olgan holda to‘dalarga joylash zarur.
- Paxtani g‘aramlashdagi paxta navi, sinfi va namligi hisobga olingan holda 40-jadvalda ko‘rsatilganidan ortmasligi lozim.
- Namligi 20-22% bo‘lgan paxta quritish tozalash bo‘limi yaqiniga qo‘yiladi va tazda quritilib, paxta tozalash korxonasiga qayta ishlash uchun jo‘natiladi
- Paxta tozalash korxonasi qoshidagi tayyorlov maskanida quritish-tozalash
- bo‘limining qayta ishlashini hisobga olib, namligi 14% gacha bo‘lgan paxtani tozalash bo‘limi zonasiga, namligi 14% dan yuqori bo‘lgan paxtani esa quritish
- tozalash bo‘limi zonasiga to‘kish maqsadga muvofiqdir.
- Namligi meyorda bo‘lgan paxta g‘aramiga 8-10 kun, ortiqcha namlikdagi g‘aramlarga esa 3-5 kundan keyin uzunasiga bitta tunnel ochish lozim. Tunnel qaziydigan mashinalardan foydalanilgan holda g‘aram shakllanishi yakunlangandan
- so‘ng, ertasiga tunnel qazilib, shamollatgich o‘rnatiladi
2. Paxtaning о‘z-о‘zidan qizishi - Paxta xomashyosining о‘z -о‘zidan qizishi uning dastlabki namligi, iflosligi va chigitdsgi bij-kimyoviy jarayonlarga bog‘liq:
- Paxta namligi 20% dan yuqori bо‘lganda paxta ikkinchi kundan boshlab qiziydi va besh-olti kunda harorati 55-600 S gacha kо‘tariladi.
- Paxta namligi 14% da qizish jarayoni sekinroq bo‘lib, eng yuqori haroratga 12- kunda yetadi.
- Namligi 14-16% li paxtadagi chigit iflosligi 7-9 - kunda 2 barobar ortadi, namligi 22 % li paxta chigitining iflosligi 6- kunda 3 barobariga oshadi. Bu chigit qizishi hisobidan yuzaga keladi.
- Har 10 kunda paxta tozalash korxonasi va tayyorlov maskanining vakillari
- ishtirokidagi komissiya paxtaning saqlanish holatini tekshirib turadi hamda paxtaning saqlanish holatini tekshirish bо‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi
- Paxta tozalash korxonasining tayyorlov va taxnik nazorat bo‘limlari
- boshliqlari doimo paxta g‘aramlarini to‘g‘ri bosilayotganligini, omborlardan foydalanishni va korxona qoshidagi hamda tashqaridagi paxta tayyorlash maskanlarida saqlanayotgan paxta sifatini tekshirib turilishi lozim [24].
- Paxta holatini tekshirishda quyidagilar aniqlanadi:
- -chakka o‘tishi va boshqa sabablar tufayli namlik ortib ketmaganmi;
- o‘z - o‘zidan qizish jarayoni boshlanmaganmi;
- -brizantlarda qora dog‘lar paydo bo‘lmaganmi (qora dog‘lar paxtaning o‘z- o‘zidan qizish joyini bildiradi);
- -tunnel boshida nam yo‘qmi (bu shu joy yaqinida ho‘l paxta borligidan darak beradi);
- -g‘aramda o‘zgarishlar yuz bermaganmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |