Mavzu: Gazalarning turlari fizik-kimyoviy xossalari va harorat ta’sirida holatlari. Reja


Download 24.45 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi24.45 Kb.
#1216627
  1   2
Bog'liq
4 Mavzu


Mavzu:Gazalarning turlari fizik-kimyoviy xossalari va harorat ta’sirida holatlari.
Reja:

  1. Gaz holati tenglamasi tabiiy gazlarning fizik xossalarini aniqlash.

  2. Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi va fizik - texnik xossalari.

  3. Gaz tarkibidagi og'ir uglevadorodlarni ko'p hollarda fizik usullari.

Gaz holati tenglamasi tabiiy gazlarning fizik xossalarini aniqlashda ishlatiladi. Ideal gaz uchun bu holat Mendelev-Klapeyron tenglamasidir: PV= RT


Tabiiy gazlar ideal gaz qonuniga bo'ysunmaydilar. Shuning uchun bu tenglama quyidagicha bo'ladi:

Z-o'rta siqiluvchanlik koeffitsienti. Bu bosim va haroratga bog'liq bo'lib, real gazlarning ideal gazlar qonunidan cheklanishini ko'rsatadi. O’tа siqiluvchanlik koeffitsienti Z bir xil sharoitdagi real gazning hajmining ideal gaz hajmiga nisbatidir.

Bu ko'rsatkich labaratoriya sharoitida aniqlanadi. Amalda esa uni aniqlash uchun G.Braun chizmasidan foydalaniladi. Bir komponentli gaz o’zgarmas haroratda har xil bosimdalarda uch xil holatda bo’lishi mumkin. Kiritik haroratda biz bosimni qancha oshirsak ham, gaz suyuqlikka aylanmaydi, demak bunday holada suyuqlik va gaz o'rtasida farq bo'lmaydi. Tabiiy gaz ko'p kompanentli sistema bo’lgani uchun uning har bir kompanentiga kritik holatlarni topish imkoniyati ishni juda murakkablashtiradi. Shuning uchun Z koeffitsientni toppish vaqtida o’rtacha kritik ko'rsatkich aniqlanadi. Bunga soxta kritik nuqta deyiladi.

bunda: Рkr va Tkr ichki kompanentning; TsJer = Σ1u=i TkriX kritik bosimi va harorati; Xt - birinchi kompanentning aralashmadagi ulushi ( I ning bo'lagi bilan o'lchanadi).
Braun chizmasidan foydalanish uchun soxta kritik bosim yoki haroratni tabiiy sharoitga keltirish kerak. Keltirilgan bosim bosim yoki haroratni tabiiy sharoitga keltirish kerak. Keltirilgan bosim yoki harorat quyidagicha bo'ladi:

Bu yerda P va T o’ta siqiluvchanlik kaeffitsienti Z aniqlanishi lozim bo'lgan bosim va harorat.
Agar gazning tarkibi aniq bo'lmasa soxta kritik bosim va harorat grafik orqali
topiladi. Agar N2 , H2S va CO2 larning miqdori 15% dan ortiq bo’lsa, bu
grafikdan foydalanilmaydi.
O’tа siqiluvchanlik koeffitsientidan qatlamdagi gaz zahiralarini hisoblashda va umuman qatlamdagi bosim va haroratning o'zgarishini chamalashda va boshqa masalalarni hal qilishda foydalaniladi.
Gazlar orasidagi suv bug'larining mavjudligi gazlar bilan suvlarning doimo birgalikda qatlam muhitida bo'lishligidir. Gazlardagi suv buglarining miqdori harorat, bosim va ularning tarkibiga bog'liq. Tarkibida mavjud suv bug'larining o'z gazda mavjud bo'lishi mumkin bo’lgan eng ko'p bug' miqdoriga nisbati gazning nisbiv namligi deyiladi.
Gaz gidratlari — ma'lum bir sharoitdagi bosim va haroratda gazlar molekulalari hosil qilgan kritik panjarasi orasidagi vodorod tufayli suv molekulalari ham kirib qolganda hosil bo’ladigan va ba'zan shunday uyumlar hosil qiladigan to'planmalarga gaz gidratlari deyiladi. Bunday hollarda suvning solishtirma hajmi 1,26-1,32 sm3 /, ga yetishi mumkin, muzning solishtirma hajmi esa 1,09 sm3 /, ga teng bo'ladi. Demak, gidratning elementar bo'lagi gazva suvdan iboratdir. Gidrat holatida 1 hajmli suv 70-300 hajm gazni o'ziga bog'lashi mumkin. Gidratning hosil bo'lish jarayoni gazning tarkibiga, suvning holatiga hamda bosim va haroratga bog'liq. Bosim yoki temperaturaning o'zgarishi gidratning gaz yoki suvda ajralishiga olib keladi [13].
Gazogidrat uyumlari— ma'lum bir termodinamik sharoitda qisman yoki butunlay gidrat holatida bo'lgan uyumlardir. Gidrat uyumlari hosil bo'lishi uchun o4kazmaydigan qatlam bo'lish shart, undan tashqari ular neft, gaz va suv bilan aloqada bo'lishi mumkin.
Quduqlar bosimida gazogidrat uyumlari mavjudligini geofizik usullar bilan bilish mumkin. Bunday qatlamlar quyidagicha ta'riflanadi: PS ko'rsatkichli ko'lami oz, mikrogradient zond ko'rsatkichi yo'q yoki juda oz bo'lishi mumkin,ikkinchidan a~ aktivlik ko'rsatkichi yuqori bo'lishi mumkin, quduq devorida gelli po'stloq yo'q, aksariyat Pk ko'rsatkichi yuqori bo'ladi. Bunday qatlamlarni ishga tushirishda juda katta miqdorda gaz hosil bo'lishi, anchagina suv ham ajralishi mumkin. Qatlam bosimi uzoq muddatda davomida o'zgarmay qoladi.

Download 24.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling