Мавзу: газначилик органларида давлат бюджети
Download 46.05 Kb.
|
Davlat byudjeti xarajatlari
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni budjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida aks ettirib, bu guruhdagi budjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘l ochib beradi.
Milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) budjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo‘jalnk yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko‘lamlarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda Davlat budjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o‘rinni egallaydi. Davlat budjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog‘liqdir. Budjet mablag‘lari hisobidan Qurolli kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi. Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xo‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi Davlat budjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlarning qilinishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi. Davlat budjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to‘rtta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar ular o‘zlarining ma’lum konkret maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar Davlat budjeti xarajatlarining konkret turlaridan tarkib topadi. Kapital quyilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, budjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash, kanselyariya va xo‘jalik xarajatlarini Davlat budjeti xarajatlarining konkret turlari sifatida ko‘rsatish mumkin. Budjet xarajatlarining ma’lum konkret maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, budjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi. Iqtisodiy nuqtai-nazardan turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda Davlat budjetining xarajatlarinn tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida Davlat budjeti xarajatlarini yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h. k.) va hududiy belgilar yotishi mumkin. Budjet xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo‘yicha guruhlanishi budjet mablag‘larini konkret oluvchilarni ko‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan budjet assignovaniyalaridan o‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar. Davlat budjeti xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq ravishda bo‘linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o‘zida aks ettiradn. Shu munosabat bilan, davdat boshqaruvi darajasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari respublika va mahalliy budjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat budjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday o‘zaro bog‘liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, budjet xarajatlarining hajmi budjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z navbatida, budjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda budjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda budjet mablag‘laridan foydalanishning shunday muddatlarini o‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin, boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo‘jalikdagi mutanosibliklarni optimallashtirish orqali Davlat budjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat budjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo‘jalikning samaradorligi nuqtai-nazaridan baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qo‘yadi. Bunda milliy xo‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo‘lgan daromadlarning qo‘shimcha ravishda o‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklannsh maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir vaqtning o‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo‘jalikning yakuniy natijasi budjet xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, budjet mablag‘laridan to‘g‘ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda budjet xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, budjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim. Milliy xo‘jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham Davlat budjetining xarajatlaridir. Bu yerda, odatda, moliyaviy tartibga solish deyilganda milliy xo‘jalikdagi oqilona mutanosibliklarni ta’minlash maqsadida budjet mablag‘larini tarmoqlar va hududlar kesimida taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va usullari majmui tushuniladi. Milliy xo‘jalikni moliyaviy tartibga solishning obyektiv zarurligi katta o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan, uning murakkab bo‘lgan organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni jamg‘arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Budjet resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag‘larini taqsimlashda vujudga kelgan mutanosibliklarni o‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag‘batlantirmasdan milliy xo‘jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Budjet mablag‘larining katta qismidan muhim ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat o‘zgarishlarining sodir bo‘lishiga - ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining o‘zgarishiga olib keladi. Mamlakat milliy xo‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish Davlat budjeti daromadlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o‘zidayoq Davlat budjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Budjetdan moliyalashtirish jarayonida esa, davlat o‘zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mablag‘larni konkret taqsimlovchilarga budjet kreditlarini ochish, budjet assignovaniyalarini berish va ularning samarali foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirib, moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuvni diqqat bidan amalga oshiradilar va kerak bo‘lgan hollarda taqsimlanayotgan budjet mablag‘larining mutanosibliklarini o‘zgartiradilar. Davlat budjetida daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilishi tamoyili bo‘lmaganligi uchun bu yerda budjet resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari har qanday zaruriy yo‘nalishda foydalanilishi mumkin. Davlat budjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Download 46.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling