Мавзу: газначилик органларида давлат бюджети


Korakalpogiston respublikasi byudjet iva maxalliy byudjetlardan kilingan xarajatlarin tulash xisobi


Download 46.05 Kb.
bet4/8
Sana21.02.2023
Hajmi46.05 Kb.
#1218028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat byudjeti xarajatlari

4. Korakalpogiston respublikasi byudjet iva maxalliy byudjetlardan kilingan xarajatlarin tulash xisobi.
Korkalpogiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri axamiyatiga ega bulgan kuyidagi xarajatlar Korakalpogiston respublikasi byudjetidan va maxalliy byudjetdan moliyalashtiriladi:
- Korakalpogiston respublikasi byudjeti va maxalliy byudjetlardan tulab beriladigan byudjetdan mablag oluvchilarning joriy xarajatlari;
- joriy byudjet tranfertlari;
- kapital xarajatlar;
A) asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan ishlar va xizmatlar xam shular jumlasiga kiradi) davlat extiyojlari uchun olish va takror ishlab chikarishga;
B) davlat extiyojlari uchun erga bulgan xukukni va boshka nomoddiy aktivlarni olish;
- konun xujjatlarida takiklanmagan boshka xarajatlar.
Gaznachilik organi byudjet mablaglari oluvchilarning tulov topshiriknomalariga asosan gazna xisobvarogidan smeta va kushimcha manbaalar doirasida tashkilotlarni saklashga, markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishga va boshka maksadlarga xarajatlarni amalsha oshiradi.
Xalk ta’limi muassasalari bo’yicha xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali xududiy moliya organlari bilan birgalikda tuziladi.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda albatta Moliya vazirligining Gaznachiligi va uning xududiy bo’linmalari bilan kelishiladi.
Xarajatlarning I va II guruxlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash). Bunda II xarajatlarning guruxiga tegishli mablag o’tkazmasdan I gurux xarajatlarini amalga oshirish takiklanadi.
Yagona gazna xisob rakamida, shuningdek xududiy gaznachilik xisob rakamida birinchi va ikkinchi guruxlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortik mablaglar mavjud bo’lganda ortikcha summa mikdorida uchinchi va to’rtinchi guruxlar bo’yicha xarajat kilishga ruxsat etiladi.
Kapital ko’yilmalarga ajratmalar joriy byudjet yili uchun tasdiklangan Respublika investitsiya dasturiga muvofik kurilishlarning anik ro’yxatlariga va amaldagi konun xujjatlariga muvofik ajratiladi.
Korakalpogiston Respublikasi va maxalliy byudjetlardan - Moliya vazirligi Gaznachiligining tegishli xududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablaglarini yuridik va jismoniy shaxslarning xisob rakamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshka xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
020-“Byudjet xarajatlari” subschyotida maxalliy byudjetning gazna xisob varogidan amalga oshirilgan:
- tasdiklangan byudjetga muvofik ortikcha daromadlar summalarini yakori byudjetga utkazib berilishi xamda kuyi byudjetlarga dotatsiya summalarini utkazib berilish buyicha;
- kuyi byudjetlarga subventsiyalar berish buyicha;
- kapital kuyilmalar tulovlari buyicha;
- byudjet mablagi oluvchilarning xarajatini gazna xisobvarogidan tulovi buyicha:
A) uzini-uzi boshkarish organlari (maxalla kumitalari) tomonidan tayinlangan nafakalar tulash uchun “Xalk banki” ga mablaglar utkazish.
B) davlat maksadli fondiga yagona ijtimoiy tulovni va xodimlarni ish xakidan ushlangan majburiy badallarining utkazilish;
V) kreditga sotib olingan tovarlar uchun xodimlarning ish xakidan ushlangan summalarni, xodimlarning ish xakisini ularning bankda ochilgan omonat daftarchalariga va plastik kartochkalariga utkazib berish;
G) xodimlarning ish xakidan ushlangan daromad soligi, aktsiyaoner-sugurta kompaniyalarining shartnomalari buyicha badallar, fukarolarning “Xalk banki” da ochilagan jamgarib boriladigan pensiya xisobvaroklariga va ish xakidan boshka turdagi ushlanmalar summalarining uikazilishi;
D) byudjet mablaglari oluvchilarning xarajatlar smeiasining IV guruxini tegishli moddalar buyicha aniklangan xarajatlar smetasi xarajatlarini tulashga berilgan ruxsatnomalariga muvofik etkazib beruvchilar va pudratchilarga tulanishi xamda ish joyida ovkatlanganligi uchun xodimlarning ish xakidan ushlangan summalarni etkazib beruvchilar va pudratchilarga tulanishi;
E) 01910 xarajatlar moddasi buyicha tibbiyot xodimlarini mexnatga xak tulash uchun kuzda tutilgan byudjet mablaglarining iktisod kilinishidan tashkil bulgan summalarni etkazib beruvchilar va pudratchilarga tulanishi;
J) moliya organining xulosasiga asosan xasobot yilining oxirgi kunida byudjet mabalglari oluvchilarning rivojlantirish fondiga utkazilishi;
- cheklar buyicha ish xaki va unga tenglashtirilgan tulovlar, stipendiyalar, ijtimoiy tulovlar, xizmat safari va boshkalarni tulash uchun chek buyicha nakd pul mablaglarining berilish va boshkalar buyicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari xisobga olinadi.
020-“Byudjet xarajatlari” subschyotida xisobot moliya yili davomida boshka byudjetdan ushbu byudjetga kabul kilingan byudjet mablaglari oluvchilarning xisobotlari asosida ularning kassa xarajatlari xam xisobga olinadi.
020-“Byudjet xarajatlari” subschyotidan boshka byudjetlarga berilgan byudjet mablaglari oluvchilarning uzaro xisob-kitoblar buyicha bildirishnomalar(11-F shakl) va respuublika byudjetiga berilgan kassa xarajatlari-byudjet mablaglari oluvchilarning kassa xarajatlari summalari amalga oshirilgan kassa xarajatlarini koplash uchun gazna xisobvaragigakelib tushganda xamda maktabgacha bolalar tashkilotlarida bolalarni saklanganligi uchun ota-onalardan kelib tushgan summalar xisobdan chikariladi. Bundan tashkari, 020-“Byudjet xarajatlari” subschyotidan tovarlar (ish, xizmat) etkazib beruvchilardan tovar olish uchun ularga oldin utkazib berilgan, lekin shartnomani bekor kilinishi natijasida maxalliy byudjetning gazna xisobvaragiga kaytarilgan summalar xisobdan chikariladi.
Gazna xisobvaragidan tulangan maxalliy byudjetning kassa xarajatlari xisobi xar bir byudjet mablaglari oluvchi buyicha gaznachilik organida ochilgan shaxsiy xisobvaraklarda yuritiladi. Gaznachilik organi tomonidan gazna xisobvaragidan bevosita amalga oshirilgan kassa xarajatlari byudjet tasnifining bulimlari, boblari, paragraflari va moddali buyicha xisobga olinadi.
Byudjet tasnifining bulimlari, boblari, paragraflari va moddalari buyicha kassa xarajatlari tugrisidagi ma’lumotlar shaxsiy xisobvaraklarda gazna xisobvaragida mablaglar xarakati tugrisidagi bank kuchirmalari xamda gazna xisobvaragidan gaznachilik organi tomonidan bevosita amalga oshirilgan xarajatlarning tulovi kismini 3k-f shakl daftar ma’lumotlari asosida aks ettiriladi.
025-“Maksadli sxemalar buyicha mablaglarning sarflanishi” subschyotida maksadli sxemalar buyicha xisob-kitoblar kilish uchun kelib tushgan pul mablaglarining kassa xarajatlari xisobi olib boriladi. 025-“Maksadli sxemalar buyicha mablaglarning sarflanishi” subschyotining debitida maksadli sxemalar buyicha xisob-kitoblarda katnashuvchi byudjet mablaglari oluvchilarning mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotlariga utkazib berilgan pul mablaglari kayd kilinadi. 025-“Maksadli sxemalar buyicha mablaglarning sarflanishi” subschyotining kreditida moliya yilining oxirida 045-“maksadli sxemalar buyicha mablaglar kelib tushishi” subschyotini debitiga yakuniy aylanmalar sifatida xisobdan chikarilgan mablaglar summalari kayd kilinadi.
028-“Ijtimoiy tulovlar mablaglarining sarflanishi” subschyotida ijtimoiy tulovlar (byudjetdan tashkari pensiya fondi xisobidan tulangan nafakalar, pensiyalar va boshka tulovlar) buyicha kassa xarajatlari xisobga olinadi. 028-“Ijtimoiy tulovlar mablaglarining sarflanishi” subschyotining debitida byudjetdan tashkari pensiya fondi xisobidan tulanadigan nafakalar, pensiyalar, bir vaktning uzida beriladigan bola tugilganda, dafn kilinganda va boshka summalar kayd kilinadi. 028-“Ijtimoiy tulovlar mablaglarining sarflanishi” subschyotining debitida 028-“Ijtimoiy tulovlar mablaglarining sarflanishi” subschyotiing kreditida moliya yilining oxirida 088-“Ijtimoiy tulovlar ijrosining natijalari” subschyotining debitiga yakuniy aylanmalar sifatida xisobdan chikarilgan mablaglar summalari kayd kilinadi.

Download 46.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling