Mavzu: Gazni tashish uchun tayyorlash


Download 1.45 Mb.
bet1/3
Sana26.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1066790
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Gazni tashish tayyorlash

Mavzu: Gazni tashish uchun tayyorlash

Reja:

Gazni mexanik aralashmalardan tozalash.

Gidratlar hosil bo'lish shartlari va ularni nazorat qilish.

Gazni suvsizlantirish usullari.

Sovutish orqali gazni suvsizlantirish.

Gazni hidlash.

Vodorod sulfid va karbonat angidriddan gazni tozalash.

Gazni quritish va tozalashning texnologik sxemalari.

Filtr va changushlagichlarning turlari

Gazni mexanik aralashmalardan tozalash.

  • Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va b. apparatlar ishlatiladi.

Gidratlar hosil bo'lish shartlari va ularni nazorat qilish

  • Gidratlar (yun. hydor - suv) - oddiy va murakkab moddalar (tuzlar, kislotalar, asoslar va organik birikmalar)ning gidratlanishi natijasida hosil boʻladigan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi moddalar. G. tarkibidagi suv molekulalar shaklida buladi. Kimyoviy formulalarda suv ayrim yoziladi, mas, MgCl2-6H2O yoki [Mg(H2O)6Cl2j. Haroratni oshirib yoki atrofdagi bugʻ bosimini kamaytirib, G.dagi suvni yoʻqotish mumkin. Baʼzi tabiiy minerallar (gips, kizerit, karnallit va h. k.) G.dan iborat. Magniy xlorid MgCl2 2, 4, 6, 8 va 12 molekula suvli kristall ogidratlar hosil qiladi. Suvli eritmalarda G. holida kristallangan tuzlar, kislotalar va asoslar kristallogidratlar debataladi, ulardagi suv esa kristallizatsiya suvi deb yuritiladi. Kristallogidratlar kimyoviy individual moddalar sifatida namoyom boʻladi.
  • Kolloid holidagi zarralarning gidratlanishi natijasida adsorbsion G. vujudga keladi. Ularning tarkibi oʻzgaruvchan boʻlib, bugʻ bosimi va t-rasiga bogʻliq, mas, silikat kislota gelida 25% gacha suv boʻlishi mumkin. Baʼzi moddalar (mas, seolitlar, proteinlar) kristallari ham bir qadar suv molekulalarini yuta oladi. Gidroksidlar, spirtlar va uglevodlar G. emas, chunki ularda suv molekulalari oʻrniga element yoki gidroksil guruh (N va ON) boʻladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling