Mavzu: Genom daktiloskopiyasi Prokariot eukariot…


Download 29.19 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi29.19 Kb.
#1340517
  1   2   3   4
Bog'liq
Genom daktiloskopiyasi


Mavzu: Genom daktiloskopiyasi
Prokariot eukariot… hujayralar yagona DNK genomini saqlovchi gaploid organizmlardir. Prokariot hujayra DNKsi hamma oqsil va nuklein kislotalarni kodirlab xromosoma tarkibiga kiradi. Masalan, E.coli yagona xromosomaga ega bo‘lib, u DNK, RNK va oqsil komplekslarini o‘zida saqlaydi. DNK uzuksimon (yoki halqasimon) molekulaga ega bo‘lib, 4,6x106 juft asos yoki 4600kv (k=kilo=ming, v=base-asosni) saqlaydi. Uzuk diametri taxminan 1mm. dagi uzuksimon molekula diametri 1mkmga teng bo‘lib, DNKsi hujayrada ixcham holda joylashgan. Eukariot hujayralar prokariot hujayralaridan murakkab tuzilgan bo‘lib, diploid holda bo‘ladi. E.colidan nematodalar DNKsi taxminan 40 marta, salamandrlar DNKsi 40000 marta katta. Odam hujayrasi DNKsi E.colidan 700 marta katta. Eukariot hujayralarda DNK hujayra yadrosining alohida fragmentlari bo‘lishi xromosomalarda joylashgan. DNK 400 dan (achitqida) 100000 kv (odamda) asosga ega. Agar ikki zanjirli DNKni bir chiziq bo‘ylab tizib chiqsak, u juda uzayib ketgan bo‘lar edi. (masalan, odam hujayrasida 1,74m). shuning uchun xromosomalar kuchli kondensirlangan strukturaga ega, aks holda u yadroga sig‘magan bo‘lar edi. Eukariot hujayra DNKsi strukturasi jihatidan prokariot hujayra DNKsi strukturasiga juda o‘xshaydi. Ular bir-biridan molekulasining uzunligi va spetsifik nukleotid ketma-ketligining joylashuvi bilan farq qiladi. Masalan, E.coli 2000 struktura genga ega bo‘lib, har birining uzunligi 1500 juft asosga teng. Odam genomi 3x106 genga ega bo‘ladigan bo‘lsa, bu 50000 atrofidagi juft asosga ega bo‘ladi. har xil organizmlarda genlar sonini har xil baholash mumkin, genning o‘rtacha uzunligi 1 kvga teng. Organizm DNKsi (juft asos) Genlar soni SV40(hayvon virusi) T4(bakteriofag) E.coli (bakteriya) Odam gaploid hujayrasi 5,0x103 2,0x105 4,6x106 2,8x109 5 200 4600 100000-500000 Qo‘sh zanjir DNK kondensatsiyasi natijasida molekulaning uzunligi 10000 martagacha qisqaradi. Bu ikki yo‘l bilan amalga oshadi: 1. Sferasimon kalava hosil qilish yo‘li bilan; 2. DNKning yuqorilama spiral ko‘rinishini hosil qilish yo‘li bilan. Sferasimon kalava hosil bo‘lish yo‘li viruslarda, DNKning yuqorilama spiral ko‘rinishi hamma prokariot, eukariot hujayralarda va eukariot hujayralarni zararlovchi viruslarda uchraydi. DNKning sferasimon kalavalanishi natijasida kompakt «shpulka»(«mokki») hosil bo‘ladi. T4 bakteriofagda ikki qavatlama shpulka hosil qilgan DNK fagning boshiga o‘ralib ikosaedra formasini hosil qiladi. Boshida kalava o‘rami tashqi, keyin ichki qavatni o‘raydi. Ular orasida ozgina ochiq joy qoladi. DNKning qolgan qismi har ikki qavatdan ham o‘tib, virusning markaziy qismidan dumi tomonga chiqib turadi. Boshqa viruslarda DNK xudi T4 ga o‘xshab o‘ralmagan bo‘lsa ham shunga o‘xshash bo‘ladi. Qo‘sh zanjir DNKning yuqorilama spiral ko‘rinishi DNKning kuchli taranglashishi natijasida yuqoriga qarab o‘z-o‘zidan spiral holda buralishidan hosil bo‘ladi. DNKning barqaror, kompakt formasi kerakli, pishiq DNK sferasimon kalavasi va DNK yuqorilama spiral ko‘rinishi manfiy zaryadlangan fosfat gruppalari bevosita bir-biriga yaqin. Ikala gruppa bir-biridan itariladi, lekin uzoqlashib ketmaydi, ularning uzoqlashib ketmasligini musbat zaryadlangan poliamin degan moda ta’minlab turadi. Bu moda prokariot, eukariot hujayralarda, ko‘proq viruslarda uchraydi. Poliamin moddalar qatoriga kiruvchi eukariot hujayralarda uchrovchi spermidin 9 Genlarning xramosomalar boyicha tarkalish … Xromosomalar (xromo... va yun. soma — tana) — shaklan yadrodan farq qiluvchi, ba'zi bir boyoqlar yordamida boyaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir. Hujayrasidagi genlarni oʻzida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar. Oʻzoʻzidan koʻpayish xususiyatiga ega. Organizmlar X.i tuzilishi va funksiyasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. "X." terminini nemis anatomi va gistologi V.Valdeyer taklif etgan (1888). X. asosini oqsillar va nukleoproteidlar bilan bogʻlangan 2 zanjirli DNK molekulasi tashkil etadi. X.dagi irsiy axborot DNK molekulasining tuzilishi va uning genetik kodi orqali taʼminlanadi. X.dagi DNKning taxlanishi va RNK sintezini boshkarishda oqsillar ishtirok etadi. X. tuzilishi va funksiyasining oʻzgarishi X. subbirliklari — xromonemalarning spirallanishi bilan bogʻliq. Spirallangan X. hujayra boʻlinishi metafazasida yorug'lik mikroskopda yaxshi koʻrinadi. Har bir xromosoma sentromeralari orqali oʻzaro tutashgan 2 ta xromatiddan iborat. Xromatidlar reduplikatsiya natijasida hosil boʻladi. Somatik hujayrlarda X. diploid (2 tadan), ularning biri ona, 2si ota organizmga tegishli. Jinsiy koʻpayish (meyoz)da gomologik X.dan biri jinsiy hujayralarga oʻtadi. Har xil turga mansub organizmlar birbiridan X. soni va ularning tuzilishi bilan farq qiladi. Hujayradagi barcha X. kariotip (X. toʻplami)ni hosil qiladi. Kariotipda jinsiy X. va autosomalar boʻladi. Ayrim turlarda aynan shu tur uchun xos genlarga ega boʻlmagan qoʻshimcha X. ham uchraydi. Bakteriyalar va viruslar genetik apparata bir chiziqli yoki halqasimon, sitoplazmadan yadro qobigʻi orqali ajralmaganligi va taxlanmaganligi tufayli ularni shartli ravishda X. deyish mumkin.

Download 29.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling