Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari Kirish Reja: Geografik xaritalarning mazmuni va mohiyati
Geografik xaritalarning turizmdagi ahamiyati
Download 59.25 Kb.
|
1. Geografik xaritalarning mazmuni va mohiyati Umumgeografik xar-hozir.org
3. Geografik xaritalarning turizmdagi ahamiyati
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududi yirik masshtabli topografik, obzor topografik va obzor kartalar bilan to‘liq ta‘minlangan. Bu kartalar turli xil loyihalash ishlarida, harbiy sohalarda har xil mavzuli karta va atlaslar tuzishda asosiy kartografik manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Respublika kartografiyasining rivojlanishida mamlakatimizda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ahamiyati kattadir. Bu sohada O‘zbekistonda yashab ijod qilgan kartograf olimlarni (landshaft va gidrologik kartografiyada) Ch.V.Galkov va (iqlim kartalari bo‘yicha) Ye.G.Brodskiylarning xizmatlarini eslab o‘tish o‘rinlidir. Respublika kartografiyasining rivojlanishida, ayniqsa atlas kartografiyasini rivojlantirishda, respublika ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyasining shakllanib, taraqqiy etishida olimlarimizning xizmatlari katta. Mamlakatimizda paxtachilik kartografiyasini yaratishda A.Egamberdiev, agrosanoat majmuini kartaga tushirishda A.Bozorboev, tabiatni muhofaza qilish sohasini kartografiyalashda J.Qoraboev, aholini hududiy joylashishini o‘rganishda kosmik suratlardan foydalanish bo‘yicha L.G‘ulomovaning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Kartografiyaning eng muhim sohalari bo‘lgan baholash va bashorat qilish kartografiyasining shakllanishida T.Qoraboevaning xizmatlari kam emas. Respublika aholi kartografiyasini yaratishda J.Nazirov, tibbiyot-geografik kartalarini yaratishda Sh.Muhiddinovning, tuproq kartografiyasini rivojlanishida aerokosmik suratlardan foydalanish bo‘yicha X.Murodovning, qishloq xo‘jaligida yirik va o‘rta masshtabli kartalardan foydalanish bo‘yicha K.Gadoevning, meliorativ kartografiya sohasini shakllanishida yosh olimlardan E.Safarovlarning xizmatlari aytib o‘tish o‘rinli. Geografik asos - karta mazmunini umumgeografik qismi bo‘lib, u mavzuli karta mazmunini tashkil etgan elementlarni kartaga to‘g‘ri tushirish va fazoviy bog‘lash, karta bo‘yicha orientirlashga xizmat qiladi. Turistik xaritalar Barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, restoran, teatr va muzeylar haqida maʼlumotlar mustaqil sayohatchilar uchun juda foydali boʻladi, deb hisoblaydi Gyote instiuti vakili. O‘zbekiston turizmida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda har bir mintaqa o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turistlarga xizmat turlarini taklif etadi. Bunda boshqaruv ham yetakchi rol o‘ynaydi, chunki to‘g‘ri boshqaruv rivojlanishuning garovi hisoblanadi. Respublikamizda turistik hududlarni ajratishda nafaqat turistik sohaning zamonaviy holati, balki mavjud administrativ-hududiy bo‘lim miqyosida uni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish zarur. Bunday bo‘linish milliy turizmni rivojlantirishda va turistik resurslardan ratsional foydalanishni taqazo etadi. Turizm zonalarini bo‘linishi ularga erkin iqtisodiy zonalar makoni berilganda va mavjud potensial resurslardan samarali foydalanishda juda katta ahamiyatga ega. Turizm ob’ekti uch komponentni o‘z ichiga oladi: turizm hududi, turizm tashkiloti va turizm korxonasi. Turizm hududini aniqlashda bir necha yondashuv mavjud, ular quydagi savollarga beriladigan javoblarga bog‘liq: turizm safari uchun tanlangan hududni qanday aniqlash mumkin va turizm maqsadi sifatida qanday o‘lchamlarga ega bo‘lgan hudud bozor segmentlari tomonidan qabul qilinadi. 3-rasm. Umumgeografik xaritaning tasniflanishi BTT dam olish maqsadi, o‘qitish jarayoni yoki sog‘lomlashtirishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan keng maxsus qurilmalar va xizmatlarga ega bo‘lgan hududga turizm hududi deb ta’rif beradi. Turizm hududi, bu safar maqsadi va turizm mahsuloti. “Turizm hududi” deb turist safar maqsadi uchun tanlagan jug‘rofiy hududni tushnishadi. Bunday hududda turist etib kelishi, joylashishi, ovqatlanishi va dam olishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoit muhayyo. Turizm hududi dam olish nuqtai nazaridan 4 ta parametrga ega: turar joy, joy, landshaft va ekskursiyalar. Zamonaviy turizmda hududga ta’rif berishda hududni raqobatli birlik deb tasavvur qilish kerak va iste’molga yo‘naltirilgan fikrlashdan foydalanish lozim, butun hududning ishlab chiqarish apparati faqat iste’molchining talabiga mos xizmatlar majmuasini ishlab chiqishi va bu xizmatlar majmuasi xizmatlar maqsadi deb tasvirlanishi mumkin. Xizmatlar zanjiri iste’molchining nuqtai nazaridan xizmatlarni alohida elementlarga ajratuvchi tahliliy quroldir. Iste’molchi korxonaning turli xizmat elementlaridan foydalanganda ularni shu hududning xizmati va xizmat sifati deb baholaydi. Hududning raqobatbardosh birlik sifatidagi strategik maqsadi hududning uzoq muddatli raqobatbardoshligini ta’minlashdir. Turizm faoliyat sohasi 4 ta blokdan iborat: -kommunikatsiya va mahsulotni sotish; -turistik anjumanlarni o‘tkazish; -turizm inshoatlarini foydalanishga topshirishga tayyorlash; -turizm infratuzilmasini rejalashtirish. Hududdagi turistlarga ximat ko‘rsatish quyidagi tashkilotlar orasida taqsimlanadi: -hokimiyatlar (shahar darajasida), -mehmonxona majmualari va ovqatalnishni tashkil qiluvchilar vakillari; -turoperatorlar va vositachilar; -transport tashkilotlari. Turizm tashkilotlari turizm siyosatini shakillantiradi, ya’ni ular turizm uchun foydali asos bo‘luvchi soha chegaraviy shartlarini yaratish va qo‘lostidagi hududlar rivojlanishini rag‘barlantirishi kerak. Turizm tashkilotlari xususiy yoki davlat birlashmalari shaklida bo‘lishi mumkin. Ular o‘z faoliyatlarini uch darajada olib boradilar: milliy (federal), viloyat va shahar (hokimiyat). Mas’uliyat va majburiyatlarini taqsimlash bo‘yicha turli darajadagi turizm tashkilotlari orasida quyidagi funksiyalarni ko‘rsatish mumkin: -taklif funksiyasi eng quyi pog‘onadagi tashkilotlarga yuklangan, ular xizmatidan foydalanuvchilar bilan ishlashadi va mahsulotlarni yaxshi bilishadi; -manfaatlar himoyasi funksiyasi har bir darajada bajarilishi kerak; -marketing funksiyasi har bir hududning mashhurligi, ahamiyati, obro‘si va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bajariladi; -yetakchi timsolini yaratish va saqlashni har bir darajadagi tashkilotlar bajarishi lozim. Eski tashkiliy tuzilma quyi bosqich mansabdorlari yuqori mansabdorlariga bo‘ysinishga asoslanib fikrlangan va siyosiy qarorlarni aks ettirgan. YAngi turistik tashkilotlar bozor munosabatlari nuqtai nazaridan ish tutishmoqda. Shunday qilib, turistik tashkilotlar bozor munosabatlari sharoitida sotish mumkin bo‘lgan turxizmatlarni yaratuvchi boshqaruv organi va xususiy tashkilotlardan iborat. Turizm korxonalari birlamchi va ikkilamchi xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga bo‘linadi5. Birinchi turga quydagilar mansub -turoperatorlar va turvositachilar -maxsus xizmat transport korxonalari -mehmonxona tashkilotlari; Ikkinchi turga quyidagilar kiradi -ovqatlanish korxonalari -umumiy foydalanish transport vositalari. Download 59.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling