Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari Kirish Reja: Geografik xaritalarning mazmuni va mohiyati
Download 59.25 Kb.
|
1. Geografik xaritalarning mazmuni va mohiyati Umumgeografik xar-hozir.org
Xulosa va takliflar
Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm iqtisodiyotda eng serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to'g'ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo'shilish va O'zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivojlantirib bo'lmaydi. Xalqaro turizmni, shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko'plab jalb qiladi. Shuning uchun ham turistik marshrutlarni mukammal ishlab beraoladigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo'lib bu kursni o'qitish, o'rgatish O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda eng dolzarb masala hisoblanadi. Jahon turizmidagi hozirgi taraqqiyot turistik xizmatlarni tobora takomillashtirishni talab qilmoqda. Turistlarga taklif qilinadigan turistik xizmatlar va turistik mahsulotlar imkon darajalarda tushunarli va yengil axborotlardan iborat bo'lishi kerak. Buning uchun turistik marshrutlarni xaritalashtirish usulida ishlab chiqishni kuchaytirish lozim. Turizm marshrutlarini xaritalashtirish hozirgi jahon turizmida ustivor tendentsiyalardan hisoblanadi. Xaritalashtirilgan turistik marshrutda marshrutdagi barcha ob'ektlar geografik belgilar bilan tasvirlangan bo'lib turistlarda ko'plab savollar kelib chiqishining oldini olishni ta'minlaydi. Xaritalashtirilgan turistik marshrutda turist uchun qiyinchiliksiz va erkin foydalanishi axborotlari keltiriladi. Turizm marshrutlarini geografik xaritalashtirish ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ob'ektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. O'zbekiston Respublikasidagi barcha turizm resurslariga va ob'ektlariga turizm marshrutlarini ishlab chiqishni, turizmning sohalari va turlariga turizm marshrutlarini ishlab chiqishni, ularning geografiyasini, turlarini to'liq o'zlashtirgan bo'lishi, turizm marshrutlarini tashkil qilish va rivojlantirishning huquqiy va me'yoriy asoslarini bilishi va va ulardan foydalana olishi; -Turizmda xaritalashtirish, turizm marshrutlarini xaritalashtirish va bu marshrutlardan turizm sohasida foydalanishning ilg'or usullarni, texnologiyalarni, amaliyotlarni o'rganish va ularni O'zbekistonning milliy turizmida qo'llash haqida ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak. Download 59.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling