Mavzu: Geografiya darslarida harita va globus bilan ishlash O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
Download 16.57 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartalar bilan ishlash.
Uslubiy ko‘rsatmalar
1-ilova Geografiya ta’limini kartasiz tasavvur qilish qiyin. Karta geografiya fanidagina emas, balki insonning amaliy faoliyatida ham cheksiz ahamiyatga ega. Uchuvchi, quruvchi, geolog, tuproqshunos, ekolog, agronom kartasiz ish ko‘ra olmaydi. Ta’lim jarayonida karta ta’limiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi. Karta ob’ektlar joylashgan o‘rinni ko‘rsatibgina qolmasdan, balki voqea va hodisalarni, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilishga ham yordam beradi. Kartaning eng muhim xususiyatlaridan biri bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan hodisalarni modellashtirishdan iborat. (ob-havo, iqlim geologik kartalar va h.k.) Geografiya ta’limi metodikasi nuqtai nazardan qaraganda, karta o‘qitish vositasi sifatida 4 ta vazifani bajaradi: 1.O‘rganish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi 2.Ko‘rgazmali qurol bo‘lib xizmat qiladi 3.Geografik hodisalarni o‘rganishda bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi 4.Karta geografiya ta’limida psixologik-pedagogik vazifani ham bajaradi, ya’ni uning yordamida bilimlarni egallanishi, esda qolishi va ma’lum bir tizimga tushishi engillashadi. Yuqoridagi 4 ta vazifa kartani o‘rganishda bir-birini to‘ldiradi, mabodo ularning bittasi bo‘lmagan taqdirda ham kartografik bilimlarini to‘la egallash qiyin kechadi. Kartani o‘rganish ob’ekti deyilganda uning yordamida xilma-xil geografik ma’lumotlarni olishga tushuniladi. Karta faqat o‘rganish ob’ektgina bo‘lmay, balki kartani tushunishdek pedagogik maqsadga ham xizmat qiladi. Kartalar bilan ishlash. Geografiya ta’limida kartografik bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: 1.O‘quvchilarga karta yer yuzasining modeli ekanligini, kartadagi har bir belgining ma’nosini tushuntirish kerak. Kartaga biron-bir belgi maqsadsiz qo‘yilmaydi. 2.O‘quvchilarni kartadan ko‘rgazmali qurol va bilim manbai sifatida foydalanishga o‘rgatish lozim, toki ular kartadan o‘z bilimlarini oshirish uchun hohlagan geografik ma’lumotlarni ola bilsinlar. 3.Karta o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi ularda kuzatuvchanlik, fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash kabi xislatlarni ham tarbiyalaydi. O‘quvchilar kartografik bilimlarni amalda qo‘llay olishlari shart. Aks holda egallangan bilimlar kuruq bo‘ladi. Geografiya o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilarda quyidagi kartografik ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 1.Joyda va kartada mo‘ljal ola bilishni; 2.Kartada o‘lchash ishlarini bajara olishni; 3.Umumgeografik, tematik kartalarni qiyoslay olish va o‘qiy olishni; 4.Bir xil va turli masshtabdagi kartalarni taqqoslay olishni; 5.Karta asosida geografik ob’ektlarga, hududlarga, mamlakatlarga, tabiat zonalari va tabiiy komplekslarga ta’rif yoza olishni; 6.Sxema, kartasxema, kartogramma, kartodiagrammalarni tuza olishni va h.k. Download 16.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling