Мавзу: География таълими методикасининг шаклланиши ва ривожланиш тарихи


Download 84.5 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1457644
1   2   3
Bog'liq
geografiyani o\'qitishning didaktik tamoyillari o\'rganish va tahlil qilish

Tabiiy geografik o‘yinlar

  • Tabiiy geografiya kurslarida didaktik o‘yinlar ikkita yo‘nalishda ishlab chiqildi. Umumiy tabiiy geografiya va regional tabiiy geografiya.

  • Umumiy tabiiy geografiya kursi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda didaktik o‘yinlarni ishlab chiqish va o‘yinli darslarni o‘tkazish mumkin: geografiya fani va uning tarmoqlari; geografik bilimlarning rivojlanishi; zamonaviy geografiyaning asosiy vazifalari. Plan va karta; Yer qobiqlari; Geografik qobiq.

  • Regional tabiiy geografiya kurslarida bir materik, okean bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha tuzilishi mumkin: geografik o‘yin; tekshirilish tarixi: relyefi va foydali qazilmalari; iqlimi; ichki suvlari; tuprog‘i; o‘simligi; hayvonot dunyosi; tabiat zonalari; atrof muhitni muhofaza qilish.

  • Misollar:

  • 1.Nima uchun Kolumb Amerikani Hindiston va mahalliy aholini hindular deb atagan.

  • 2.Tez ayting: quyidagi olimlardan antik davrda yashab ijod etganlarini aniqlang: Gomer, Beruniy, Eratosfen, Al-Farg‘oniy, Aristotel, Al-Xorazmiy, Forobiy, Ma’sudiy, Xofizi Abru.

  • 3.Maktabga shimoli-sharq yo‘nalishida borsangiz, uyga qaysi yo‘nalishda qaytib kelasiz.

  • 4.Daryoga 90 daraja azimutda borsangiz, qaysi azimut va yo‘nalishda qaytib kelasiz.

  • 5.Hindistonga dengiz yo‘li kim tomonidan va qachon ochilgan?

  • 6.Yerning markaziga quyidagi geografik obyektlarning qaysi biri yaqin: Mariana cho‘kmasi; Shimoliy va janubiy qutblar; Jomolungma cho‘qqisi; O‘lik dengiz.

  • 7.Quyoshning chiqishi va botishi quyidagi ufq tomonlarini qaysi biriga mos keladi: Shimol, sharq, janub, g‘arb; shimoli-sharq; janubi-sharq; shimoli-g‘arb, janubi- g‘arb.

  • 8.Ma’lumki, Yer markaziga tomon har 33 m tushganda harorat 10 ga ko‘tariladi. Vulqon og‘zida lavaning harorati 13000 bo‘lsa, uning chiqiyotgan chuqurligini aniqlang.

  • 9.Qaysi materikni barcha okeanlar o‘rab turadi?

  • 10. Ikkita qit’a, ikkita materik, ikkita yarim orol, ikkita okean, ikkita dengiz, ikkita burunni ajratib turuvchi bo‘g‘ozni aniqlang.

  • 11. Eng katta orol, ko‘l, materik, cho‘l eng uzun daryo, tog‘ tizimi nomlarini aniqlang.

  • 12. Janubiy tropik chizig‘i qaysi materikni o‘rtasidan kesib o‘tadi.


  • Download 84.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling