Мавзу: География таълими методикасининг шаклланиши ва ривожланиш тарихи


Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o‘yinlar


Download 84.5 Kb.
bet3/3
Sana13.05.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1457644
1   2   3
Bog'liq
geografiyani o\'qitishning didaktik tamoyillari o\'rganish va tahlil qilish

Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o‘yinlar

  • Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida yo‘nalishlarda tuziladi: iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari; jahon xo‘jaligi tarmoqlari; jahon davlatlari; O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.

  • Iqtisodiy geografiya asoslari yo‘nalishida didaktik o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha tuziladi: iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning predmeti va vazifalari, tabiiy resurslari; aholi va mehnat resurslari; xo‘jalikning asosiy tarmoqlari (sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jalik geografiyasi, transport, xalqaro iqtisodiy aloqalar.

  • Jahon xo‘jaligi bo‘yicha o‘yinlar quyidagi mavzular bo‘yicha ishlab chiqiladi: jahon tabiiy resurslari, jahon aholisi, jahon sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti va xalqaro iqtisodiy aloqalari.

  • Jahon davlatlari bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi; geografik o‘rni; tabiiy sharoiti va resurslari; aholisi va mehnat resurslari; xo‘jaligining asosiy tarmoqlari, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti va xalqaro iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.

  • O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bo‘yicha didaktik o‘yinlar quyidagi bo‘limlar bo‘yicha tuzildi. Tarmoqlar va iqtisodiy rayonlar bo‘yicha.


  • Mil av. 5-4 asrlarda pedagogiak fani, ya’ni tarkib nazariyasi falsafiy fanlarning bir fismi sifatida paydo bo‘lgan. Bu paytlarda geografiya falsafiy fanlar ichida rivojlangan.

  • Geografiya bo‘yicha 1-kitob Erotosfen tomonidan eramizdan 3-asrda yozilgan kitob bo‘yicha : uning kitobi “geografiya ” deb atalgan va uch qismdan iborat bo‘lagan;

    I.-qism geografiya tarixi
    II-qism yerning, okeanning shakli va o‘lchamlari
    III-qism tabiat zonalari va ayrim mamlakatlarning tarifi berilgan

    1. Strabon va pitolomey I va II tomli “geografiya ” degan kitob yozishgan. Pitolomey 1-bo‘lib geografiya xarilarini gradus to‘ri bilan tuzishni tavsiya qilgan.

    2. O‘rta asrlar geografiyasi Forobiy, Beruniy, Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Bobur, Ulug‘bek, ali –Qushchi, Qozizoda Rumiy nomlari bilan bog‘liq. Bu asrda 1-bo‘lib kitob yozgan olim al-Xorazmiydir. U “Kitob surat al-arz” degan arar yozgan. U geografiya deganidir. Yaunki “geo ” yer – “garfa” tasvirlayman yoki yerni surati tasviri degani, “arz” arabcha yerning tasviri haqida kitob yozgan.

    3. Yevropada geografiyani o‘qitish17-asrda Rossiyada esa 18-asrda yo‘lsha qo‘yilgan. YEVROPADA bariniy “GEOGRAFIYA ” degan kitob yozgan. Rossiya geografiyasi asosan joy nomlaridan iborat bo‘lgan.

    4. O‘zbekistonda geografiya ta’limini rivojlanishi inqilobdan keyin asosan Rossiya geografiya ta’limi bilan bog‘liq.

    O‘tmishda O‘zbekiston hududida Muhamad xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, abu Rayxon Beruniy, Ulug‘bek va z.M.Bobur kabi jahon geografiya faniga ulkan xissa qo‘shganlar. Biroq avlodlarimiz qoldirgan ajoyib geografik meros – yaqin-yaqin vaqtlargancha tarixning qora pardalari ostida qolib keldi. So‘ngi yillarda sovet olimlarining geografiya tarixi borasidagi tatqiqotlari tufayli o‘rta Osiyolik ko‘plab geograf va sayyoxlarning lmiy va pedagogik qarashlarigaa oid ma’lumotlar to‘plana boshladi. 1866-yilda Toshkentda boshlang‘ich ma’lumot beruvchi 1-rus maktab ochilgan .1877-yili Toshkentda hozirig O‘Zbekiston hududidagi 1-gimnaziya tashkil qilindi.
    20-asrning 80-yillarida mahalliy aholi bolalarini o‘qitish uchun maxsus rus tuzem maktablari ochia boshladi. Bu maktablarni ochishdan asosiy maqsad- tub joy aholi orasidan rus tilini biluvchi kichik amaldor va tarjimonlar, mustamlakachilik siyosatining vositalarin erishtirish , keyinchalik esa mahalliy aholni ruslashtirish bo‘lsada, rus tuzem maktablari ma’lum darajada ijobiy rol o‘ynadi. O‘zbekiston hududida 1-rus tuzem maktabi 1884-yilda Toshkentda, keyinchalik, 1891-yili Xivada 1894-yili Buxoroda xam ochildi.; shundan so‘ng maktablarga qiziqish orta bordi. Keyinchalik rus tuzem maktablarining mahalliy aholi o‘rtasida mavqeini oshirish maqsadida ularda o‘zbekcha o‘qitiladigan sinflar ham tashkil etildi. Bu maktablarda arifmetika bilan geografiya ham o‘qitilgan.
    O‘rta Osiyo hududida o‘sib borayotgan sinfiy extiyoj manfaatlari eski usud maktablarining zamon talablariga javob berolmay qolganligini ko‘rsatdi, eski maktablarning ta’lim tarbiya ishlariga isloh kiritishga extiyoj tug‘ildi. Shu tariqa “Yangi usul” maktablari paydo bo‘ldi. Hozirgi O‘zbekiston hududida yangi usul maktablari asrimizning boshlarida vujudga kela boshladi. 1900-yilda Toshkentdagi”Gospital” bozorya yonida yangi usul maktiablari ochildi. Bu ( Maktab 1907-yilda Shayxontoxurga ko‘chirildi. )
    (Yangi usul ) maktablarida o‘qituvchilarga bilim asoslarini bera oladigan va aniq ma’lumotlarga asoslangan geografiya qo‘llanmasiga extiyoj vujudga keldi. Nihoyat, 1905- yilda Samarqanddagi “Yangi usul” maktablari uchun geografiya darsligi va o‘zbek tilida 1- geografik karta “turkiston va unga yondosh mamlakatlarning kartasi” ham nashr etildi. Fotix Karimovning geografiya kitobi 1909-yilda Orinburgda bosilib chiqdi. Bu kitob TOshkuentdagi “yangi usl maktablarining birida qo‘llanib ketingan.” 20-asrning 10-yillaridan boshlab Rossiyada geografiya o‘qitish ancha yaxshilandi. Geografiya o‘qit4vchilarining D.N.Anuchin rahbarligida o‘tgan 1-butun Rossiya sezdi. (1915-yil) Rossiya maktablarida geografiyaning rivojlanishida kata voqea bo‘ldi. Sezda barcha sinflarda geografiya darslari soatlarining ko‘paytirishi lozimligi, shuning dek, geografiya o‘qitishda ekskursiya, kuzatish va amaliy ishlarning ahamiyati tasdiqlangan.
    Umuman, “yer yuzi” maktablar uchun nashr etilgan geografiya kitoblari ichida eng mukammalidir. Bu kitob ayrim maktablarida, hatto 1928-yilgacha qo‘llanib kelingan. (JUG‘ROFIYI IJMOLIY) nomli kitobcha geografiya jdarsligi talablariga javob bera oladigan darajada emas edi. Bu kitob juda qisqa bo‘lib, unda asosagn materik, mamlakailar va daryolar sanab o‘tilgan, geografik tushunchalar juda kam va qisqa bayon etilgan. 1914-yilda nashr etilgan(jug‘rofiyi riyoziy Muhammad amin Karimiy) risolasi boshlang‘ich maktiablarining 4-5 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallab chiqilgan. Kitob 17-dars ya’ni 17 mavzudan iborat bo‘lgan. U risolada yerning shakli, o‘z o‘qi va Quyosh atrofidagi harakati, Oy va uning tabiati Quyosh va oy tutishlari va yulduzlar haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan.
    Yangi sovet tuzumi vujudga kelgandan keyin maktab geografiyasining rivojlanishi uchun hamma imkoniyatlar yaratila boshladi. O‘zbekiston maktablaridagi geografiya programmalari va darsliklarning mazmuni, o‘qitish usullari, o‘quv moddiy bazalari, termin va nomlar, kadlarning yetishib chiqish darajasiga ko‘ra o‘zbek maktabida geografiya ta’limining rnivojlaninsh tarixini 4 bosqichga bo‘lish mumkin:

    1. 1918-1938-yillar O‘zbek maktablarida geografiya ta’limining yo‘lga qo‘yilish bosqichi. Bu boosqichda chngi maktab bilan eski maktab o‘rtasidlagi kurao‘ asosida yangi tipdagi sovet maktab geografiyasi yaratildi, Yangi programmalrni o‘qitishning (kompleks usullari) joriy qilindi, turli geografiya darsliklari rus va chet tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Yangi orginal geografiya kitoblari yaratildi.

    2. 1934-1955-yillar bu o‘zbek maktablarida geografiya ta’limining muayyon bir tartibga tushish bosqichi. Bu bosqichda o‘zbek maktablaridagi geografiya kurslari ma’lum bir tartibga tushdi. Yagona programma vabu programma asosida mukammal darsliklar yaratildi. O‘quv qo‘llanmalari ko‘proq nashr etila boshladi. O‘zbek tilida metodik maqolalar vujdga keldi. Geografik terminva nomlar bilan shug‘ullanishag kirishildi. Maktiab geografiyasiga xissa qo‘sha oladigan metodistlar, geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi.

    3. 1955-1966-yillar bu- maktab geografiyasi ta’liminingn hayot bilan bog‘lash bosqichi. U davrda maktab geografiyaisdan tadqiqot ishlari olib borildi. O‘)qitishening samarali usullari tobora kengroq joriy qilia

    4. boshlandi. Mahalliy o‘qituvchi kadrlar yirik geogrif va metodistlar yetishib chiqdi. Metodik adabiyotlar tarjima qilina boshladi, geografik termin va nomlar ma’lum bir sistemaga tusha bordi.

    5. 1966-yildan islohgacha bo‘lgan davr bu o‘zbek maktab geografiyasining takomillashuv bosqichidir. Bu so‘ngi bosqichida o‘zbek maktablaridagi geografiya kurslari yangi programma asosida qayta taqsimlandi. Geografiya kurslarining ilmiy saviyasi ortdi.

    Ammo 1918-1919-yillardagi fuqarolar urushi borib turgan sharoitda O‘rta Osiyoda maorif ishlarini yo‘lga qo‘yish ancha og‘ir bo‘ldi. Eski diniy maktablar yangi maktablarga asos bo‘la olmas, buning ustiga eski maktab tarafdorlari yangi tipdagi maktablariga qarshilik ko‘rsatar edi. 1920-yilda mahalliy sharoit hisobga olingan holda boshlang‘ich maktablar uchun ya’ni 5-sinq ham boshlang‘ich ”1-bosqich” maktabga kirgan-Toshkent eski shahar maorifshubasi, 1920-1921-o‘quv yilida I bosqich maktablari uchun geografiya programmasi bosilib chiqardi.


    Xulosa

    Geografiya o‘qitishning eng samarali metod va usullarini aniqlashda o‘qituvchilarning tajribalarni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Maktablarimizda g‘ayratli, tashabbuskor o‘quvchilar oz emas, ular eng yaxo‘i metod va usllarni axtaradilar.bunday o‘qituvchilar o‘quvchilarning fan asoslanib puxta o‘zlashtirishlariga imkon beradigan eng yaxshi usullarini qo‘llaydilar. Ilg‘or tajribali geografiya o‘qituvchilari ham ko‘p qiziqarli usllardan qoydalanadilar. Geografiya ta’lim metodikasi asosan;



    1. geografiya ta’limining umumiy metodikasi

    2. xususiy metodikasidan iborat 2 qismga bo‘linadi.

    O‘rta Osiyolik olim ma’rifaiparvar fanning, jumladan, geografiya fanining rivojlanishiga munosib xissa qo‘shdilar.geografiyaga qiziqio‘ orta bordi. O‘zbek tilida globus ishlandi, o‘zbekcha kartalar yaratildi. Tabiatni o‘rganisho‘ va undan oqilona qoydalanishga qaratilagn fikrlar paydo bo‘ldi. O‘sha davrdagi ilg‘or fikr nomoyondalaridan Ahmad Donish, Furqat, xoji Yusuf Xayatiy, xamza Hakimzoda Niyoziy va AKbduula Avliniylarni faxr bilan tilga olishimiz mumkin. 1915-yilda H.H. Niyoziy MArg‘ilon shahriga borib, u yerda ham kambag‘al bolalar maktabini ochishga kirishadi.


    Foydalanadigan adabiyotlar.

    1. O‘zbekiston 20-asr bo‘sag‘asida. I.Karimov

    2. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. I.Karimov

    3. Mo‘minov O.A- geografiyada sinfdan tashqari ishlar. 1962-yil.10-son

    4. Mo‘minov O.A – geografiya darsi va uning o‘ziga xos xususiyati. 1969-yil 1-son

    5. Mo‘minov O.A.- geografiya o‘qitishda diofilm va kinofilm. 1960-yil. 4-son

    6. Mo‘minov O.A.-geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent “O‘qituvchi” 1986-yil

    Download 84.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling