Mavzu: geografiyani o’qitishda lokal va xususiy metodik darajada foydalaniladigan texnologiyalar


Download 319.38 Kb.
bet1/14
Sana13.01.2023
Hajmi319.38 Kb.
#1091680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ruza matni Word (1)


MAVZU: GEOGRAFIYANI O’QITISHDA LOKAL VA XUSUSIY METODIK DARAJADA FOYDALANILADIGAN TEXNOLOGIYALAR (INTERFAOL METODLAR)
REJA:
1. Pedagogik texnologiyalarning darajalari. 2. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
3. Lokal (modul) metodik darajada qo’llaniladi texnologiyalar.
4. Grafik organayzerli metodlar.


TAYANCH IBORALAR: Pedagogik texnologiyalar, mazmuni, mohiyati, umumiy didaktik, xususiy metodik, modul (lokalь) daraja, Geografiya o’qituvchisining funktsiyalari, interfaol metodlar.

Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud:



  1. Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiya­viy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, kontseptual asoslari, o’qituvchi va o’quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.

  2. Xususiy metodik darajada muayyan bir o’quv fani, kursni o’qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini o’quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o’qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.

  3. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi.

Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini to’ldiradi va taqozo etadi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedago­gik texnologiyalar shaxsga yo’naltirilganligiga, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarilishiga, shaxsga bo’lgan munosabatiga, hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim -tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilganligiga ko’ra tasniflanadi.

Download 319.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling