Mavzu: geometrik figuralarni farqlash va nomini aytishga o'rgatishga oid ko’rgazmali qurollar tayyorlash. Reja
Download 114.92 Kb.
|
geometrik figuralarni farqlash va nomini aytishga o\'rgati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlov guruh Geometrik shakllar.
Katta guruh
Geometrik shakllar. Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat). Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to‘rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni (to‘rtburchakning turli ko‘rinishlari misolida) bor. Bolalarning shar, kub, silindrlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va ular yordamida turli mavzularda loyihalar yaratish. Doira va oval shaklini farqlashga doir turli mashqlarni bajartirish. Qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo‘lgan geometrik shakllarni topa olishga o‘rgatish: masalan, lagan, non doiraga o‘xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to‘rtburchakka, ro‘molcha kvadratga, qizchalar boshidagi ro‘mol uchburchakka, stakan silindrga o‘xshaydi va hakozo. Uchburchak va to‘rtburchaklardan turlicha katta o‘lchamdagi narsalar va shakllar tuzish. Turli geometrik shakllar to‘plamidan har xil o‘yinlar o‘ynash, maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o‘rgatish. Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashga o‘rgatish. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni o‘rgatish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi qismlardan tashkil topgan shakl-siluetlar hosil qilishga o‘rgatish. Labirintlar va ularning yechimi bilan tanishtirish. Tayyorlov guruh Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari) bilan tanishtirish. Тayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash. Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. B olalarni 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish. Beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirish. Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatish. Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha ayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish. Download 114.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling