Mavzu: Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari. Reja: Kirish. Geomexanika fani va uning mohiyati


Geomexanikaning masalalari va asosiy yo‘nalishlari


Download 69.77 Kb.
bet2/5
Sana03.11.2023
Hajmi69.77 Kb.
#1742505
1   2   3   4   5
Bog'liq
Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari.

Geomexanikaning masalalari va asosiy yo‘nalishlari.
Geomexanikaning fundamental va amaliy fanlar nuqtai nazaridan baholaydigan bo‘lsak, umumiy mexanika bo‘yicha “geomexanika” amaliy fanlarga, konchilik fanlari bo‘yicha esa fundamental fanlarga taaluqli hisoblanadi.
SHu tufayli geomexanika – inson faoliyati ta’sirida, xususan, konchilik ishlari ta’sirida hosil bo‘ladigan tabiiy va texnogen maydonlardagi kuchlarning kon texnik, ob’ekt va inshoatlar, tog‘ jins massivining mustahkamligi va deformatsiyasi, mustahkamlik haqidagi fandir.
Geomexanikaning asosiy muhandislik masalasi kon ishlarini bexatar olib borish va texnalogik jarayonlarning ishonchliligi va unumdorligini oshirish uchun tog‘ jinsi massividagi mexanik jarayonlarni boshqarishga muvofiq, qazish usullarini qo‘lash va ilmiy asoslashdir.
SHunga ko‘ra geomexanikada o‘rganiladigan asosiy jarayonlar uchta yirik guruhga ajratilgan:

  • Tog‘ massivining kuchlanish-deformatsiyalanish holati, shakllanishi va uni kon lahimlari o‘tish natijasida o‘zgarishi;

  • Dinamik jarayonlar va ularning tog‘ jinsi massivida hosil bo‘lishi;

  • Tog‘ jinslarining siljishi, ularning turlicha ko‘rinishlarda sodir bo‘lishi.

Bu yerda mexanikaning umumiy strukturasi bilan taqqoslab ko‘rilmoqda. Jumladan, birinchi guruh-statik, ikkinchi guruh- dinamik va uchinchisi-kinematik ko‘rinishlarda namoyish qilingan.
Geomexanika- qizg‘in rivojlanuvchi fandir, u qamrab olgan jabhalar doimo kengayib boradi, masalalar ham murakkablanadi, ularni hal qiluvchi geomexanik usullar shunga moslashib boradi. SHu jumladan, geomexenikada eng “yosh” hisoblanadigan muammolardan, foydali qazilma konlarini qazib olish va yer osti inshoatlarini qurishda, turli masalalarni hal qilish uchun, hususan, atrof muhitga ekalogik ta’siri darajasini bahalash uchun tog‘ jins massivi holatini monitoringini doimiy tashkil qilish muammosi kiradi. Bu muammo o‘z echimini topish uchun faqatgina maxsus apparaturalar emas, balki prinsip jihatdan yangi ilmiy yondashishni talab qiladi.

Download 69.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling