Mаvzu: Geotektonika va geodinamika asoslari


Yerning o'z o'qi atrofida aylanishidan qutblarning siljishiga asoslangan gipotezalar


Download 1.06 Mb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1603218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
18 ma\'ruza Geotektonika va geodinamika asoslari

Yerning o'z o'qi atrofida aylanishidan qutblarning siljishiga asoslangan gipotezalar. Yuqorida qo'rib chiqilgan gipotezalardan Yer po’stiniig rivojlanishi, burmalanishi va boshqa murakkab jarayonlari to'g’risida so'ngi 20 yil davomidagi geo­logiya, geofizika fanlarining yutuqlari aks ettirildi. Bu gi­potezalar ichida Yerning o'z-o'zidan rivojlanishiga asoslanib ishlab chiqilgan gipotezalar (M.A. Usov, V.V. Bemmelen, V.V. Belousov, V.I. Popov) Yaxshiroq ishlangan.
Keyingi vaqtlarda yana Yerning va uning atrofidagi kosmik jinslarnint mexanik harakati ko'pchilikni qiziqtirib qo'ydi. Yerning o'z o'qi atrofida aylanish harakatining o'zgarishi va buning tektonik jarayonlarga ta'siri xaqida 1888 yilda A.P. Karpinskiy ham gapirgan edi. “Yer quruqligi va tog’larni hosil qiluvchi energiya jarayonlarining vujudga kelishida Yerning aylanishi yoki tashqi astronomik xarakatlarning ta'siri, bo'lishi kerak. Balki Yer o'qi hamma vaqt hozirgi holatida bo'lmagandir”.
Prof. H.I. Leonov ham 1949 yilda Yer po’stining harakati to'g’risida mana bunday deb yozgan: “Yer po’sti tektonikasi haqi-da gapirilganda, uning o'tgan davrda va kelajakda Quyosh sis-temasidagi aylanuvchi planeta bo'lib qolishini unutmaslik ke­rak. Yerning aylanish harakati natijasida vujudga keluvchi geologik jarayonlar ko'lami juda katta. Haqiqiy birdan-bir geotektonika jarayonini fizika va kimyo qonuniyatlari bilan bog’liq holda Yer tektonikasining taraqqiyoti ochib berishi kerak. Bundan tashqari, 1939 yilda V.H. Lodochnikovning “Yer moddasining holati va uning o'z-o'zidan rivojlanishi” haqidagi maqolasi bosilib chiqdi.V.H. Lodochnikov o'sha vaqtdagi ma'lumotlarga asoslanib, Yerning markaziy qismi temir, nikeldan iborat emas, ularning o'rnida Yuqori temperatura (80000C) va kuchli bosim ostidagi zich tog’ jinslari bor, degan fikrga keldi. V.H. Lodochnikov xulosa qilib, “Vulqonlardan juda katta tezlikda otilib chiquvchi mayda va og’ir zarrachalardan (solishtirma og’irligi bo'yicha) Yerning yo'ldoshi hosil bo'lishiga ko'p roq ishonsa bo'ladi”, degan.
Professor L.B. Ruxinning 1959 yilda bosilib chiqqan “Umumiy paleogeografiya asoslari” degan kitobida “Iqlim haqidagi mavjud materiallarni bir-biriga taqqoslash shuni ko'rsatadiki, kadimgi ekvator hozirgi ekvator bilan mos kelmaydi. Ayniqsa, bu holat Atlantika okeanida Yaxshi ma'lum bo'lib, u Yerdagi qadimgi ekvator hozirgi holatidan ancha shi-moldan o'tgan. Qadimgi va hozirgi iqlimiy zonalarning mos kelmasligi faraz qilingan Yer o'qining o'zgarishidadir. Bunday iqlimiy zonalarning boshqacha joylanishini paleomagnit o'lchashlar va hozirgi zamon organik dunyosining tarqalishi ham tasdiqlaydi. Paleozoy erasida shimoliy qutb xozirgi Tinch okeanning markaziy qismida bo'lgan. Janubiy qutb esa Afrikaning janubiy etaklarida bo'lgan. Qutblardagi keskin burilish neogen davrida ro'y bergan, qutblarning surilishiga Yer po’stining katta qismida cho'kish va ko'tarilish, shuningdek, po'st ostidagi massalar zichligining o'zgarishi sabab bo'lgan”, deyilgan.
So'nggi yillarda geofizika, geologik tekshirish usullarining keng yo'lga qo'yilishi munosabati bilan Antarktidani o'zlashtirish vaqtida ko'mir koni topildi. Bu ko'mir katlami paleo­zoy erasining toshko'mir davrida paydo bo'lganligi aniqlandi. Bundan ma'lum bo'ladiki, Antarktida bundan kamida 180-200 million yil ilgari issiq iqlim zonasi bo'lganligini ko'rsatadi.
Ma'lum bo'lishicha, qutblarning o'rni geologik davrning o'ti­shi bilan o'zgarib turar ekan. Bu o'zgarishlar nihoyatda sekin bo'lib, geologik davr va eralar, mobaynida ruy beradi. Shu mu-nosabat bilan Yer massasini tashkil qiluvchi moddalar ham siljiydi. Bu siljishlar Yerning aylanish o'qiga moslashib, uning bag’rini asriy siljishga olib keladi va muhim geologik o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Ma'lumki, Yer xuddi shar shaklida bo'lmay, qutblari botiqrokdir. Yer sharining qutblar orasidagi diametri bilan ekvatorial diametri orasida 42 km farq bor. Yerning tikkasiga tebranish harakati farqini aniqlash uchun shu kattalikdagi son etarlidir.
Yer sharidagi ko'mir (neft va gaz) havzalarning zonal joy-lanishi va shimoldan janubga qarab yosharib borishi ham Yer shari o'qining holatini bir tekisda sekin-asta o'zgarib borishinii ko'rsatadi. Yer sharidagi suv po'stining atmosfera bilan birga qilgan harakati Yer yuzasini to'xtovsiz tekislab va uning massasining ancha qismini siljitib turadi. Yer o'qining oldingi o'rni siljishi bilan Yerning aylanish holati yangi uqqa moslash-gapda Yer yuzasining bir choragida ko'tarilish, ikkinchisida cho'kishdan hosil bo'lgan o'nqir-cho'nqirlarni suv to'ldira boshlaydi. Buning natijasida quruqlik bilan dengiz chegarasi o'zgaradi va abraziya, quruqlikda esa denudatsiya jarayonlari ham o'zgaradi. Bu hodisa nihoyatda sekin bo'ladi, agar birdaniga bo'lsa, halokatli hodisa ro'y bergan bo'lar edi.
Yer po'stida burmalanish, tog’ hosil bo'lish xarakati Yer shari o'qi oldingi holatini o'zgartirishidan keyinda qoladi. Burmalanish o'lkasi ko'proq Yer sharining ekvatorial qismiga to'g’ri keladi.
Shunday qilib, Yerning aylanma harakati uning rivojlanishidagi umumiy yo'nalishni tushuntiradi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling