Mаvzu: Geotektonika va geodinamika asoslari


Geotektonika va geodinamika asoslari


Download 1.06 Mb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1603218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
18 ma\'ruza Geotektonika va geodinamika asoslari

18.1. Geotektonika va geodinamika asoslari
Yer haqidagi fanlar orasida geotektonika asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Ko'pchilik tadqiqotchilar geotektonikani Yerning rivojlanishi, litosferani tuzilishi, harakatlari, deformatsiyalari haqidagi fan deb hisoblashadi. Oxirgi vaqtgacha tektonik harakatlarning asosiy manbalari astenosferada deb tushunilgan. Shuning uchun geotektonikaning o'rganish ob'ekti litosferadir. Biroq Yer mantiyasi va yadrosini o'rganishdagi yutuqlar shuni ko'rsatadiki, Yer qa'rida ulkan issiqlik energiyasi mujassamlangan. Bu issiqlik o'z ta'sirini bevosita tektonik harakatlar rejimiga va Yer po’sti, litosfera tuzilmalariga ta'sir ko'rsatadi. Tektonosfera mantiyaning qavatlarini va litosferani o'z ichiga oladi. Tektonosferadagi harakatlar natijasida bir qator tektonik strukturalar vujudga keladi. Bundan tashqari yadrodagi jarayonlar ham litosfera tektonikasiga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi,hozirgi vaqtda ular haqida ham ko'plab ma'lumotlar paydo bo'lmoqda. Demak geotektonikani o'rganish ob'ekti butunlay Yer bo'lib qolmoqda.
Geodinamika - Yer qobiqlarini tuzilishini, tarkibini harakatga keltiruvchi jarayonlar va kuchlarni o'rganish vazifalarini o'z ichiga olgan fandir. Yaqin kunlargacha uni dinamik geologiyaning bir qismi, tektonik deformatsiyalarning faqatgina mexaniq tabiatini o'rganadigan yo'nalish deb qabul qilishgan. Oxirgi yillar mobaynida Yer haqidagi fanlardan asosiy uchtasini - geologiyaning, geofizikaning va geokimyoning yutuqlarini sintez qilish natijasida u geologik nazariyada va amaliyotda asosiy etakchi o'rinni egalladi.
Geodinamik nuqtai nazardan, Yer kurrasini tashkil etuvchi halqasimon qavatlar yoki geosferalar (yadro, mantiya, litosfera, Yer po’sti) o'zaro uzviy bog’liqdir. Tadqiqotlar ko'lamiga qarab umumiy va hududiy geodinamika ajratiladi, ularning xar biri o'z maqsadi va vazifalariga ega, hamda geodinamik tiklashda o'z uslublari bilan ajralib turadilar.
Umumiy geodinamika Yerni yaxlit qamrab oladi, uning qobiqlarini tuzilishi va rivojlanishini qayta tiklashga harakat qiladi. Umumiy geodinamikaning tadqiqotlar ko'lami Yerning ichki qobiqlarini ham o'z ichiga oladi, ichki harakatlar jarayonlarini, moddalar differentsiyasini aniqlaydi. Ba'zida uni chuqurlik geodinamikasi ham deb atashadi.
Litosfera plitalari geodinamikasi Yerning Yuqori qobiqlarini litosferani va uni tashkil etuvchi litosfera plitalarini o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Bu yo'nalish, asosan, litosfera plitalarining tarixiga asoslanadi. Uning asosiy maqsadi litosfera plitalari harakatining, kinematikasini aniqlash, shu bilan birgalikda mazkur jarayonlar mobaynida sodir bo'ladigan okeaniq va qit'a po'stni, ayniqsa ular chegaralari shakllanishini qayta tiklashdir. Litosfera plitalari harakatlarini aniq hisoblash mumkin, bu esa magmatizm, burmalanish, seysmik va boshqa jarayonlarni oldindan joyini aniqlash va asoslash imkonini beradi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling