Mavzu: Gers vibratorlari Reja
Download 0.6 Mb.
|
1-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Gers vibratorlari Reja
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali Telekommunikatsiya va Kasbiy ta’lim fakulteti Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi TT-11-22 guruh talabasi Berdiyeva Farzonaning Fizika 2 fanidan tayyorlagan 1-MUSTAQIL ISHI Mavzu: Gers vibratorlari Reja: 1. Kirish 2. Tebranish konturi 3. Gers vibratori 4. Xulosa Elektromagnit induksiya hodisasini chuqur tahlil qilgan ingliz fizigi J.Maksvell elektr va magnit maydonlar o’zaro bir-birlariga bog’liq degan xulosaga keladi. Ulardan birortasining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi. Ular yagona elektromagnit maydonning elektr yoki magnit maydonlar ko’rinishida namoyon bo’lishidir. Elektromagnit maydon materiyaning maxsus ko’rinishi bo’lib, u bizning ongimizdan tashqarida ham mavjud. Elektromagnit to’lqinlar esa o’zgaruvchan elektromagnit maydonning fazoda tarqalishidir. O’zgaruvchan magnit maydonda turgan harakatsiz o’tkazgichda induksiya EYK ning vujudga keladi. Lekin elektr toki vujudga kelishi uchun zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar mavjud bo’lishi kerak. Bu tashqi kuch issiqlik jarayonlariga ham, kimyoviy jarayonlarga ham bog’liq emas. Bu kuch Lorens kuchi ham emas. Chunki Lorens kuchi harakatsiz zaryadlarga ta’sir ko’rsatmaydi. Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi elektr maydonni vujudga keltiradi va aynan ana shu elektr maydon harakatsiz o’tkazgich ichidagi elektronlarni harakatga keltiradi, zanjirda induksion EYK ning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. Elektr zaryadi hosil qilgan elektr maydondan farqli o’laroq, magnit maydonning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan elektr maydonning kuch chiziqlari yopiq chiziq xarakteriga ega bo’ladi, ya’ni uyurmali maydondir. Elektr va magnit maydonlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir va yagona elektromagnit maydonni tashkil etadi. Maksvell nazariyasiga asosan, elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir, ya’ni E va B vektorlar o’zaro perpendikular va to’lqinning tarqalish tezligi v vektorga perpendikular tekisliklarda yotadi. Umuman olganda o’zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan tebranish konturi yoki o’tkazgich elektromagnit to’lqinlar manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Chunki elektromagnit to’lqinlarni uyg’otish uchun elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya. Lekin, Nurlanish sezilarli bo’lishi uchun esa elektromagnit maydon hosil qilinadigan hajmni orttirish taqozo qilinadi. Elektr maydon kondensator qoplamalari ichida, magnit maydon esa induktiv g’altak ichida hosil qilinadigan sodda ko’rinishdagi tebranish konturlari bu holda yaroqsiz hisoblanadi. Demak, elektromagnit maydonning fazoda tarqalishiga imkon yaratish uchun maydon hosil bo’ladigan fazoni kengaytirishimiz kerak. Bu natijaga erishish uchun – kondensator qoplamalari orasidagi masofani orttirishimiz kerak bo’ladi. Nemis fizigi Geynrix Gers aynan shunday yo’l tutdi. U g’altakdagi o’ramlar sonini va kondensator plastinkalari yuzasi kamaytirdi va kondensator qoplamalarini bir-biridan uzoqlashtirib, uchqun hosil qiluvchi bo’shliq bilan ajratilgan ikkita tayoqchadan iborat yaxlit tizim holiga keltirdi. Gers bu tajribasi natijasida yopiq tebranish konturidan ochiq tebranish konturini ( Gers vibratorini ) hosil qiladi . Ochiq tebranish konturida elektromagnit maydon konturni o’rab turgan bo’shliqda mujassamlashgan bo’ladi va shuning uchun ham elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi. Bunday tizimda tebranish, kondensator qoplamalariga ulangan EYK manbai hisobidan quvvatlanib turadi. Uchqunli bo’shliq esa kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqini dastlab zaryadlangan potensiallar farqigacha orttirish uchun ishlatiladi. va bo’lganligidan L va C ning kamayishi bilan tebranish chastotasi ortadi. Bu vibratordan endi o’zgaruvchi elektr maydon kondensator ichida mujassamlashgan bo’lmay, balki vibratorni tashqi tomondan o’rab turadi. Natijada elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi. Gers birinchi ochiq vibrator tarqatadigan elektromagnit to’lqinlarni shu to’lqinlar chastotasiga moslangan ikkinchi vibrator ( resonator ) yordamida qayd etdi. Gerts uchqun hosil qilish uchun uchida metall sharlar bo’lgan mis simlardan foydalangan, uchqun bo'shlig'iga Rumkorf o’ramini kiritadi. Bu tuzilma yuqori kuchlanish bilan ishlatilsa, bo'shliqda uchqun pasayadi va tebranishlar uchqunning yonish vaqtidan qisqa vaqtda tebranadi. Elektromagnit to'lqinlarning uzunligi vibratorning o'zidan taxminan ikki baravar katta. Gers tomonidan ishlatiladigan eng kichik tebranishlar (0,26 m) to’lqin uzunligidan 0,6 m to'lqin uzunligiga qadar bo’lgan. Gers tebranishlarni yo'naltiruvchi tekis to'lqinlarni olish uchun sferik oynalardan foydalandi. Metall, nometall va prizma yordamida Gers ko'rinmas spektrning elektromagnit to'lqinlarini aks ettirish va sinish qonuniyatlari spektrining geometrik optika qonunlariga bo'ysunishiga a’min bo’ladi. Gers shuningdek, elektromagnit to'lqinning tezligini o'lchab, tik turgan to'lqinni yaratdi va uning uzunlgini o'lchadi . { \ displaystyle \ lambda}. Rumkorf g’altagi Elektromagnit to’lqinlar ikkinchi vibratorga yetganda unda elektromagnit tebranishlar vujudga keladi va uchqunli oraliqda uchqun chaqnashi ro’y beradi. Elektromagnit to’lqinlarning qayd qilinishi va chaqnash ro’y berishi elektromagnit to’lqinlar energiya tashishini ko’rsatadi. Gers vibrator va rezonatordan foydalanib, elektromagnit to’lqinlar boshqa to’lqinlarga xos bo’lgan xususiyatlarga ham ega ekanligini ko’rsatadi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Gers elektromagnit to’lqinlar yordamida axborot almashinish ya’ni telekommunikatsiya sohasiga juda ko’p foydali ishlarni bajardi. Yopiq tebranis konturini tahrirlab ochiq tebranish konturini yaratdi va u orqali elektromagnit maydon hosil qila oldi. Gers vibratory yordamida 0.6 m dan 10 m gacha to’lqin uzunlikli yassi to’lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligi namoyon bo’ldi. Gers turg’un elektromagit to’lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to’lqinlarning tezligini aniqlab, uning yorug’lik tezligi bilan mos kelishini ko’rsatdi. Undan tashqari Gers to’lqin uzunliklarini ham hisobladi. Keyinchalik bu izlanishlarning mantiqiy davomi sifatida ish olib borgan Popov, Markoni elektromagnit to’lqinlar orqali axborot uzatish va qabul qilib olish jarayonlariga yo’l ochib berdi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling