Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
Download 306.92 Kb.
|
doc. 11- MAVZU docx
3-§. GFR va GDR 50-70 yillarda
GFRning Asosiy qonuni demokratik va ijtimoiy federativ davlat tuzishni maqsad qilib oldi. Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida inson huquqlari, jumladan, uning yashashga va shaxsiy daxlsizlikka, e’tiqod va vijdon erkinligi, saylovlarda qatnashish va ittifoqlarga birlashishi, harakatlanish va kasb tanlash, adolat sohasidagi daxlsiz huquqlari mustahkamlangan edi. Konstitutsiyada davlat maxsus javobgar bo‘lgan sohalar deb nikoh, oila va ta’lim tizimi belgilandi. Konstitutsion tuzumni qulatishga qaratilgan har qanday urinishga qarshi kurashish-nemis xalqi zimmasidagi muqaddas burch deb belgilandi. Germaniya Federativ Respublikasi 9 ta zemeldan tashkil topdi. (GFRda har bir federativ hudud zemel deb nomlanadi) G‘arbiy Berlin muxtoriyatini saqlab qoldi, ammo G‘arbiy Germaniya parlamentida o‘z vakillariga ega edi; Saar viloyati 1957 yilda 10-chi zemel bo‘lib federatsiyaga kirdi. Federatsiyaning har bir sub’ektiga o‘z konstitutsiyasiga, vakillik va boshqaruv organlariga, o‘z qonunchiligiga ega bo‘lish huquqi berildi. Federatsiya va zemelning huquq va vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgan edi. Asosiy qonun Federatsiyaning amal qiluvchi va “raqobat qiluvchi qonunchilik” doiralarini aniq belgilab berdi. Federativ qonunlar doirasiga tashqi siyosat, mudofaa, fuqarolik instituti, harakat erkinligi, moliya, bojxona va savdo huquqlari kirdi. Zemellar bu sohalarda faqat federatsiya konstitutsiyasi doirasida o‘z qonunlariga ega bo‘lishlari mumkin edi. Markaziy hokimiyat tuzilmasi: parlament, prezident va kansler boshchiligidagi federal hukumatdan iborat bo‘ldi. Parlament oliy hokimiyat organi bo‘lib, ikkita palatadan:fuqarolar tomonidan saylanuvchi Bundestag (Federal Sovet) va zemellar hukumatlari tomonidan tayinlanuvchi Bundesrat (Federal kengash)dan iborat bo‘ldi. Asosiy qonunga ko‘ra respublika prezidenti Bundestag a’zolari va teng sondagi zemel landtaglari tomonidan saylangan deputatlardan iborat maxsus organ- Federal majlis tomonidan saylanadi. Prezident faqatgina vakillik va tashkilotchilik vakolatlariga (veto huquqisiz) ega bo‘ldi. Kansler saylovi ham kanslerga ishonchsizlik votum bildirish ham (bu hukumatning iste’foga chiqishiga olib keladi) Bundestag ixtiyoridadir. Konstitutsiyaga ko‘ra federal kansler butun ijro etuvchi hokimiyatga jumladan, hukumat tarkibini tayinshlash va qonun chiqaruvchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. Kansler Bundestagda muhim qonun loyihalari muhokamasida o‘ziga ishonch votumi masalasini qo‘yishi va ishonchsizlik bildirilgan vaziyatda prezident orqali parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega. Kansler saylov tartibiga ko‘ra parlamentdagi ko‘pchilik vakilidir va, albatta, eng yirik partiya rahbari hamdir. U keng hokimiyat vakolatlariga ega. Shu sababli GFR davlat tizimi kansler respublikasi nomini oldi.
Download 306.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling