Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


Nemis “Faravonlik davlati”ning gullab yashnashi va inqirozi


Download 306.92 Kb.
bet10/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx

Nemis “Faravonlik davlati”ning gullab yashnashi va inqirozi.
XX asr 60-yillari boshiga kelib Adenauerning siyosiy obro‘si tusha boshladi. Uning konservativligi, o‘zgalar fikriga toqatsizligi, shubha bilan qarashi hukumatning samarali ishlashiga halaqit bera boshladi va partiya faoliyatida norozilikning avj oshishiga sabab bo‘ldi. 1963 yil 23 aprelda Xristian Demokratik Soyuz (XDS) deputatlari fraksiyasi yig‘ilishida Erxardni 87 yoshli kansler K.Adenauerning vorisi deb qabul qildi. Erxard demokrat edi, bahs-munozaralardan bosh tortmas va Adenauerning avtoritar boshqaruv usullariga qarshi edi. 1963 yil 15 oktyabrda Adenauer 14 yillik kanslerlikdan keyin iste’foga chiqdi va Bundestag majlisida Lyudvig Erxard federal kansler etib saylandi. U hukumatning maqsadi: ijtimoiy tinchlik va hamkorlikka erishishga, umummilliy manfaatlarni amalga oshirish uchun barcha siyosiy kuchlarni birlashtirishga da’vat etishdir, dedi. Natijada rivojlanish sur’atlari 1961 yilda 5 % bo‘lgan bo‘lsa, 1964 yildan boshlab taraqqiyot sur’atlari ilgarigi “oltin o‘n yillik” darajasiga yetdi. Bir yilning o‘zida YaMMning o‘sishi 9,5%ni tashkil etdi. Bunday o‘sishga ishchi xodimlar sonini oshirish hisobidan emas, balki asosan mehnat unumdorligini oshirish hisobiga erishildi. “Iqtisodiy o‘sish”ning davom etishi nihoyatda yuqori turmush darajasini saqlab qolishga imkon berdi. 1966 yilda o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, nemislarning 89% o‘z daromadlaridan qoniqishlarini, 45%i esa “keragidan ham ortiqroq daromad qilayotganliklarini”, atigi 10%i daromadlardan norozi ekanligini aytdi.
Xristian-demokratik harakatning o‘sib borayotgan inqirozi 1965 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ayon bo‘ldi. Saylovda 39,5% ovoz va 202 deputatlik mandatiga ega bo‘lgan GSDP yetakchilik qildi. XDS faqatgina ikkinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi. Uni saylovchilarning 38,1% sayladi, bu esa 196 mandatga ega bo‘lishga imkon berdi. 9,5% ovoz va 49 tadan mandatga ega bo‘lgan XSS va EDPlarning qo‘llab-quvvatlashi XDSga parlamentda ko‘pchilikni saqlab qolishga imkon berdi. Ammo bu koalitsiyaning siyosiy barqarorligi susayib borardi.
Tashqi siyosatga oid masalalarda Erxard “sentristik” pozitsiyani saqlab qolishga harakat qildi. U 1963 yilda AQSh taklif qilingan NATOning ko‘p millatli yadro kuchlari g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va GFR hududida NATO mamlakatlarining harbiy ishtirokini saqlab qolishga harakat qilardi. “Atlantik yakdillik” tamoyili Bonning tashqi siyosatidagi ustivor yo‘nalish deb hisoblandi. Ammo shu bilan bir vaqtda Erxard 1963 yil avgustida SSSR, Buyuk Britaniya va AQShning atmosfera, kosmik kenglik va suv ostida yadro sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi Moskva shartnomasiga ham ijobiy baho berdi. 1966 yilda Erxard hukumati Bundestagga qurosizlanish to‘g‘risidagi xalqaro kelishuv loyihasini taqdim etdi. Ammo loyiha parlamentda ko‘pchilik tomonidan ma’qullanmadi. Erxard GFRdagi barcha yetakchi siyosiy kuchlarni qanoatlanturuvchi Umumgermaniya muammosi yechimini ham topa olmadi.
1966 yilda Erxard hukumati partiya saflaridagi norozilik sabab inqirozga yuz tutdi. Uni korrupsiya, poraxo‘rlik, parlamentdagi fraksiyada tarqoqlikka yo‘l qo‘yganlikda va partiyada faol ishlashdan voz kechganlikda aybladi. Erxardning soliqlarni oshirish to‘g‘risidagi taklifi Ozod Demokratik Partiya vakillari tomonidan rad etildi. Bu hukumat inqiroziga sabab bo‘ldi. 1966 yil 1 dekabrda Erxard iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini xristian demokratlarning yangi rahbari Kurt Kizinger egalladi. Hukumat tarkibiga ilk bor GFRdagi barcha yetakchi siyosiy partiyalar vakillari kiritildi. Vitse-kansler va tashqi ishlar vazirligi lavozimlarini Germaniya Sotsial Demokratik partiyasi raisi V.Brandt egalladi. XSS rahbari F.Y.Shtraus esa moliya vaziri bo‘ldi. O‘ziga xos hukumat bloki “katta koalitsiya” degan nom oldi.
Kizinger o‘ziga xos ish qobiliyatiga egaligi va ishbilarmonligi bilan ajralib turgan yaxshi tahlilchi edi. U iqtisodiyot vaziri Shiller va moliya vaziri Shtrauslarning samarali hamkorlik qilishiga erishdi. 1967 yildagi “Barqarorlik va iqtisodiyotni jonlantirishga yordam berish to‘g‘risidagi qonun” ishlab chiqildi. Uning asoschisi Shiller edi. Shtraus o‘z navbatida rejalashtirishning asosiy maqsadi byudjet-moliyalash tizimi barqarorligi, inflyatsiya jarayonlarini oldini olish, narx belgilash jarayoni barqarorligini ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar rejalashtirishning mazkur nemischa varianti fransuz va inglizlar tajribasidan farqlanishini ko‘rsatardi. Mikroiqtisodiyotni tartibga solish sohasida Shiller-Shtraus dasturi Erxardning ijtimoiy bozor xo‘jaligi g‘oyasiga mos tushar edi. Hukumat faolligi iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga sabab bo‘ldi. 1968 va 1969 yillarga kelib sanoat o‘sishining ilgarigi sur’atlari tiklangan edi (11,8% va 12,9%). Moliyaviy bozor mustahkamligi hamda hukumatning eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga (qurilish, metallurgiya, mashinasozlik) qaratilgan kredit siyosati bunga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi o‘n yillik davomida ishlab chiqarishda fan va texnika yutuqlarining keng joriy etilishi sanoatda qayta qurishni tugalanishi va eksportning tez o‘sishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Eng yangi sohalar, ayniqsa, elektronika, kimyo va atom energetikasi sohalari jadal rivojlandi. 60-yillarning oxiriga kelib YeIH mamlakatlariga G‘arbiy Germaniya eksportining 47% va importining 53% to‘g‘ri keldi.
“Katta koalitsiya” xukumati davrida GFRning Yevropa Hamjamiyatida sheriklar bilan siyosiy munosabatlari ham ancha mustahkamlandi. Tashqi siyosatda Sharqiy Yevropaga oid masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi. GSDPning yangi rahbarlari, V.Brandt, G.Vener va G.Shmidtlar “do‘stlik ko‘priklari” o‘rnatish siyosatini, SSSR va boshqa sotsialistik mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilash, Umumgermaniya muammosini o‘zaro kelishuvlar orqali hal qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Ularning say’i xarakatlari tufayli GDR hukumati bilan dastlabki aloqalar o‘rnatildi, Yugoslaviya bilan diplomatik munosabatlar tiklandi, Ruminiya bilan iqtisodiy aloqalar kuchaytirildi. GFR bu yillar davomida g‘arb mamlakatlari ichida SSSRning asosiy eksportchisiga aylandi. Ammo bu qadamlar hukumatning konservativ kayfiyatdagi qismining qarshiligiga uchradi.
“Katta koalitsiya” partiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning oshib borishiga kansler atrofidagi mojaro sabab bo‘ldi. Kizinger natsist rejimi davrida tashqi ishlar vazirligining siyosiy tashviqot bo‘limida ishlagan edi. XDS rahbari tarjimai holidagi bu sahifalar keng ommaga ma’lum qilindi. Mamlakat bir-biriga qarama-qarshi lagerga bo‘linib qoldi: totalitar (mustabid) tuzum davr talabi ekanligini tan olib, yaqin o‘tmish bilan murosa qiluvchilar va tarixiy xotiraga nisbatan butunlay murosasiz bo‘lganlar lagerlariga. Kizinger atrofidagi shov-shuvlar “aysberg cho‘qqisi” edi, xolos. 60-yillar oxirida GFRni ijtimoiy norozilik qamrab oldi.
GFRdagi “60-yillar inqirozi”ning o‘ziga xosligi uning siyosiylashganida edi. 1967-1968 yillarda GFR universitetlarida talabalarning norozilik harakatlari boshlandi. Yoshlar ta’lim tizimida isloh qilinishini talab qilar, qotib qolgan byurgercha g‘oyalarning majburiy singdirilishiga, siyosatning konservativligiga qarshi norozilik bildirar edi. Tez orada talabalar harakati siyosiy tus olib bordi. AQShning Vetnamdagi urushi, Bonn hukumatining Afrika va Yaqin Sharqdagi diktatura rejimlari bilan hamkorligiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Talabalar ichida atrof-muhit himoyachilari - “yashillar” harakati shakllana boshladi. “Yangi so‘l” g‘oyalari bilan birga maoizm, troskizm, anarxizm kabi nazariyalar ham kuchayib bordi. 60-yillar oxirida yoshlarning ilk terrorchilik guruhlari shakllana boshladi. Ular ichida eng mashhuri “Qizil Armiya Fraksiyasi” (QAF) edi. U 1968 yilda politsiya harakatlariga norozilik sifatida Frakfurtda tashkil etilgan edi. “Qizil Armiya Fraksiyasi” mamlakatda proletar kommunistik inqilobni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ydi. So‘l radikallar maqsadlariga erishishi uchun mamlakatda terrorchilik harakatlarini amalga oshirib turardi. Shu bilan birga 60-yillar oxirida GFRda millatchilik, neonatsistik xarakterga ega bo‘lgan o‘ng radikal harakatlar ham paydo bo‘ldi. 1964 yilda millatchilik kayfiyatdagi Germaniya Milliy-Demokratik Partiyasi (GMDP) tashkil topdi. Uch yil ichida uning a’zolari soni 40 000 taga yetdi. 1967 yildan partiyaga Adolf Tadden bosh bo‘ldi. Kizinger xukumati siyosiy radikalizmga qarshi kurash choralarini ko‘rdi. Politsiya tomonidan norozilik harakatlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Bundestag muhokamasiga “Favqulodda holat” joriy etish masalasini kiritdi. 60-yillar oxiridagi ijtimoiy-siyosiy inqiroz “katta koalitsiya”da inqirozni keltirib chiqardi. Bu siyosiy uyushma muvaqqat edi va uning ishtirokchilari navbatdagi parlament saylovlariga faol tayyorgarlikni boshlashdi. GSDP rahbarlari ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi siyosatda chuqur tuzatishlar qilishga tayyor ekanliklarini namoyish qilishdi. V.Brandt partiyaning islohotchilik qiyofasidan faol foydalanar, “haqiqatni gapirish”ga, aldovlar va konservatizimni tugatishga da’vat etardi.
1969 yil 29 sentyabrda bundestagga bo‘lgan saylovlar sotsial-demokratlarga muvaffaqiyat keltirdi. GSDP 42,7% ovoz va 224 mandatga ega bo‘ldi. XDS 36,6% va 193 mandat, XSS -9,5% va 49 mandatga ega bo‘ldi. Hukumatni tuzish taqdiri saylovchilarning 5,8 % ovozini olgan Erkin Demokratik partiyaga bog‘liq bo‘lib qoldi. Natijada bu partiya GSDP bilan koalitsion hukumat tuzishga rozi bo‘ldi. Mamlakatni 20 yil boshqargan XDS va XSS hukumatdan chetlashtirildi. V.Brandt boshchiligida GSDP va EDPning “Kichik kaolitsiya” hukumati tuzildi. “Sotsial liberallar koalitsiyasiga” tayangan Villi Brandt kanslerlik lavozimini egalladi. GSDPning siyosiy nufuzi oshganligini 1969 yil martidagi prezidentlik saylovi ham ko‘rsatdi, GSDPining nomzodi G.Xayneman prezidentlikka saylandi.



Sotsial-liberallar davr”.
Villi Brandt G‘arbiy Germaniya va Yevropa sotsial -demokratiyasi yetakchisi, o‘tmishda natsistlar hukmronligi davrida muxojirlikda yashagan jurnalist, urushdan keyin G‘arbiy Berlin burgomistri va siyosatda nemislar uchun “yoqimli shamol” olib kelgan shaxs sifatida tanilgan edi. Brandt jamiyatning muammolari to‘g‘risida ochiqchasiga gapira boshlagan, siyosatga oshkoralik va oydinlik ruhini olib kirgan GFRning birinchi davlat rahbarlaridan edi. O‘zidan oldingi rahbarlarga xos konservatizm unga begona edi va ijtimoiy islohotlarni jamiyat taraqqiyoti dinamikasini ta’minlashning eng samarali usuli deb hisoblardi.
Brandt 18 yoshdan oshgan fuqarolarga saylov huquqini beruvchi saylov islohoti o‘tkazdi, oliy ta’lim tizimini isloh qilishni boshlandi. 1971 yilda stipendiya bilan ta’minlash va bepul ta’lim olish, ilmiy darajalarni himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida federal qonunlar qabul qilindi. 1972 yilda qabul qilingan “Davlat xizmatida antikonstitutsion kuchlarga munosabat to‘g‘risidagi Nizomga” muvofiq ekstremistik (o‘ng yoki so‘l) kayfiyatda bo‘lgan shaxslarga ta’lim muassasalarida ishlash, hamda boshqa ijtimoiy lavozimlarda ishlash ta’qiqlandi. Brandt ma’muriyati ijtimoiy himoya dasturlarini ancha kengaytirdi. 1970 yilda bolalarga ijtimoiy to‘lovlar, kam ta’minlangan oilalarga uy-joylar uchun dotatsiyalar hajmini oshirish to‘g‘risidagi qonunlar, 1971 yilda talabalar va o‘qituvchilarni majburiy sug‘urta qilish amaliyotini kengaytiruvchi “Ijtimoiy sug‘urta tizimi to‘g‘risidagi qonun”, 1972 yilda “Nafaqani isloh qilish to‘g‘risidagi qonun”lar qabul qilindiki, bular mamlakatda hayotida ijobiy rol o‘ynadi.
Kapitalistik dunyodagi infilyatsiya tufayli GFRda qator qiyinchiliklar yuz berdi. Sanoatning o‘sish sur’ati sekinlashdi (Masalan, 1969 yilda 13 %, 1970 yilda 5,7 %, 1971 yilda 1,6 % o‘sdi). Lekin sanoat ishlab chiqarishi jihatidan dunyoda AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda, G‘arbiy Yevropada birinchi o‘rinda qolaverdi. GFRning dunyoda sanoat mahsulotlari hissasi 9,7 %ni tashkil etdi. Tashqi savdo hajmi jihatidan dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turdi. “Islohotchi kansler” fikricha, Germaniyaning xorij mamlakatlari bilan munosabatlarini tubdan yangilash payti kelgan edi. Brandt “Evropa xalqlarining nemislar oldida tarixiy qo‘rquviga” barham beruvchi insonparvarlik madaniy aloqalarni faollashtirishga katta e’tibor berdi. G‘arbiy Germaniya diplomatiyasi jumladan Yevropa hamjamiyati tarkibini yanada kengaytirish, eng asosiysi Yevropa Sharqida “ko‘priklar barpo etish”dan iborat bo‘lib qoldi.
Brandt hukumati SSSR, Polsha va Chexoslovakiya bilan keng muzokoralar olib bordi. Bu muzokoralar “Sharqiy shartnomalar” (1970 yil 12 avgustdagi Moskva shartnomasi, 1970 yil 7 dekabrdagi Varshava shartnomasi, 1973 yil 11-dekabrdagi Praga shartnomasi)ning imzolanishi bilan yakunlandi. Bu shartnomalar ishtirokchilari urushdan keyingi chegaralarning buzilmasligini (jumladan, Oder-Neyse daryolari bo‘ylab chegaralarning ham) e’tirof etar, hududiy da’volardan va xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishdan voz kechishni ko‘zda tutar edi.
1971 yil noyabrda G‘arbiy Berlin maqomi bo‘yicha, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va SSSR o‘rtasida to‘rt tomonlama bitim imzolandi. 1972 yilda kuchga kirgan va G‘arbiy Berlin masalasida kuch ishlatishdan voz kechishni, urushdan keyin tuzilgan shartnomalar asosida G‘arbiy Berlin maqomini belgilashda katta katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bitimda G‘arbiy Berlin GFR hududining bir qismi emas deb hisoblandi. Fuqarolarning bitimda Tranzit harakatlanish, transport, telefon va telegraf aloqalari masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur masalalar bo‘yicha GDR, G‘arbiy Berlin va GFRning tegishli muassasalari o‘rtasida uch tomonlama munosabatlar mexanizmi belgilandi. G‘arbiy Berlin shahri xavfsizligi va mavqeiga bog‘liq bo‘lmagan masalalar bo‘yicha GFR G‘arbiy Berlin fuqarolari manfaatlarini himoya qiluvchi vakolat huquqiga ega bo‘ldi. Ammo GFR G‘arbiy Berlin xavfsizligi va mavqei bilan bog‘liq masalalarga aralashmaydigan bo‘ldi, bunday hollarda G‘arbiy Berlin nomidan xalqaro miqyosda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya ish ko‘radigan bo‘ldi.
G‘arbiy Berlin mavqei bo‘yicha murosali kelishuvning imzolanishi GDR va GFR o‘rtasidagi munosabatlar asoslari bo‘yicha Shartnoma imzolashga turtki bo‘ldi (1972 yil 21 dekabr). GDR Bonn hukumati tomonidan suveren mustaqil davlat deb tan olindi. Ikkala tomon yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, suverenitet, chegaralar daxlsizligi va diskriminatsiya (kamsitish)ga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga amal qiladigan bo‘ldi. Shartnomada ko‘rsatilishicha bir nemis davlati ikkinchisi nomidan xalqaro sohada ish yurita olmaydi. 1973 yilda GDR va GFR BMTga a’zolikka qabul qilindi. Brandtning tashqi siyosati muxolifot kuchlarning g‘azabini qo‘zg‘atdi Birinchi xujum 1972 yil 27 aprelda bo‘lib o‘tdi, unda XDS va XSS deputatlari Bundestagda Brandtga rasmiy ishonchsizlik votumi bildirishdi va kansler lavozimiga xristian demokratlarning yangi rahbari Rayner Barsel nomzodini taklif etdi. Ammo muxolifot kuchlar g‘alabasi uchun ikki ovoz yetmadi. Bir kundan keyin byudjet loyihasini ovozga qo‘yish jarayonida ovozlar tengligi (247:247) kuzatildi. Bunday vaziyatda Brandt o‘zining bundestagni tarqatib yuborish huquqidan foydalandi. Yangi saylovlar 1972 yil 19 noyabrda ro‘y bo‘ldi. Brandt koalitsiyasining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. GSDPni saylovchilarning 45,8%i qo‘llab-quvvatladi va bu ularga 230 ta mandat taqdim etdi. 8,4% ovoz va 41 mandatga ega bo‘lgan Erkin Demokratik partiya o‘z mavqeini ancha mustahkamlab oldi. Xristian Demokratik Soyuz (XDS) 35,2% ovoz va 177 mandatga, Xristian Sotsial Soyuz XSS esa 3,7% ovoz va 48 mandatga ega bo‘ldi.
Sotsial liberallar koalitsiyasi nufuziga ta’sir qila olmagan muxolifot kuchlar kanslerga qarshi shov-shuvli ayblov boshlab yubordi. Brandt tarjimai holidagi turli faktlar, uning obro‘sizlangan davlat va jamoat arboblari bilan bo‘lgan o‘tmishdagi aloqalari muhokama qilindi. Hukumatning iqtisodiy siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolari ham muhokama qilindi. Muammo yechimi kanslerV.Brandt referenti M.Giyomning GDR maxsus xizmatlari agenti ekanligi fosh bo‘lgandan keyin o‘z yechimini topdi. Tergov jarayonida V.Brandtning Norvegiyaga qilgan rasmiy safari vaqtida Giyom Brandtning qizlar bilan uchrashuvini tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi. 1974 yil 5 mayda Brandt iste’fo berdi. Uning joyini GSDP vakili Gelmut Shmidt egalladi. EDPning rahbari ham o‘zgardi. Sheel prezidentlikka saylangandan so‘ng EDP partiya rahbari Gans Ditrix Gensher bo‘ldi. Hukumatda Gensher vitse-kansler va tashqi ishlar vaziri lavozimlarini egalladi. Sotsial-liberal koalitsiyaning siyosiy rahbariyati yanada mo‘tadil va pragmatik xarakterga ega bo‘ldi. “Temir kansler” laqabini olgan Shmidtning qattiq va jiddiy, rahbarlik uslubi islohotchilik romantizmi davrini o‘z nihoyasiga yetkazdi.
Shmidt hukumatining faoliyati nihoyatda murakkab iqtisodiy vaziyat davriga to‘g‘ri keldi. 1974 yildan G‘arbning yetakchi mamlakatlarida boshlangan iqtisodiy inqiroz GFRga ham ta’sir qilmay qolmadi. 1974 yilda GFRda YaIM 4%ga, sanoat ishlab chiqarish darajasi 7,5%ga pasaydi. Ishsizlar 1,2 million kishidan oshdi. Ammo 1975 yildan vaziyat barqarorlashdi, 1977 yilga kelib GFR iqtisodiyoti inqirozdan oldingi darajadan o‘tib ketdi. Umuman inqiroz yillarida GFR G‘arbning boshqa yetakchi mamlakatlariga nisbatan kamroq zarar ko‘rdi. G‘arbiy Germaniya iqtisodiyotining samaradorligi, shuningdek hukumatning muvaffaqiyatli say’i harakatlari bunga omil bo‘ldi.
Shmidtning inqirozga qarshi dasturida sanoatni tubdan strukturaviy yangilash, mehnat munosabatlarini yaxshilash, moliya tizimini mustahkamlash ko‘zda tutilgan edi. Hukumat davlat tomonidan rejalashtirishning keng amaliyotidan va va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishga mablag‘ qo‘yishdan voz kechdi. Asosiy e’tibor erkin tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratildi (80-yillarning boshlariga kelib soliqqa tortish umumiy darajasi chorakka kamaydi). Kichik va o‘rta biznesni kredit orqali qo‘llab-quvvatlashga e’tibor berildi. 70-yillarning o‘rtalarida GFRda 1,9 millionga yaqin kichik tadbirkorlar mavjud bo‘lib, hukumat siyosati tufayli inqiroz yillarida ham o‘sa bordi. 1982 yilning boshida ish berishning yangi tartibi joriy etildi, - maoshi farqlanuvchi va qattiq attestatsiya qoidalariga asoslangan beshta malakaviy kategoriya (toifa)lar tashkil qilindi. Hukumat ishsizlarni ish bilan ta’minlash tizimini yaxshilashga harakat qildi, ammo ishsizlik nafaqasini oshirishdan voz kechdi. Bu yillarda ishsizlik darajasi ishga yaroqli aholining 4-4,5%ini (1 million kishi) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich G‘arbning boshqa yetakchi mamlakatlariga nisbatan ancha past edi.
1975 yilda “Byudjet tizimini yaxshilash” to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra ijtimoiy dasturlarga byudjetdan ajratiladigan xarajatlar qisqartirildi. Nafaqa va sug‘urta fondlarini moliyalashda jismoniy shaxslarning ulushi nihoyatda kuchaydi. Mamlakatda moliyaviy tizimning barqarorligi hukumat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi. 70-yillarning ikkinchi yarmida oltin-valyuta zahiralarini ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Natijada oltin zaxirasi 40 milliard markani tashkil etdi. AQSh dollariga nisbatan marka kursi 1972-1979 yillarda 85%ga, fransuz frankiga nisbatan - 48% ga, funt sterlingga nisbatan - 98% ga oshdi. Marka xalqaro hisob-kitoblarning keng tarqalgan vositasiga aylandi va turli mamlakatlarning valyuta zahiralaridan joy oldi.
Global dunyoviy siyosat masalalarida Shmidt hukumati “muvozanat strategiyasi” ga amal qildi. 1975 yilda GFR Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xelsinki yig‘ilishi qarorlariga qo‘shildi. 1978 yilda Bonnga SSSR davlat boshlig‘i L.Brejnev tashrif buyurdi, ikki yildan so‘ng GFR hukumat delegatsiyasining Moskvaga javob tashrifida esa ikkala mamlakat o‘rtasida ilk bor hamkorlik to‘g‘risida uzoq muddatli shartnoma imzolandi. Shmidt bir vaqtning o‘zida AQSh bilan ham yaqinlashishga harakat qildi. 1974 yilda NATOning Bryusseldagi sessiyasi tomonidan harbiy blok doirasida yanada teng huquqli sherik bo‘lishga erishishni ko‘zda tutilgan Atlantik munosabatlar to‘g‘risida yangi Deklaratsiyaning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1976 yilda GFR o‘z hududida joylashgan AQSh harbiy qismlar ta’minoti uchun beriladigan to‘lovlarni to‘xtatishga erishdi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari hududida SS-20 tipidagi sovet raketalarining joylashtirilishidan so‘ng GFR NATOning yadro qurollarini yangilashni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etdi. Biroq natija G‘arbiy Germaniya diplomatiyasi kutganidan oshib tushdi. AQSh G‘arbiy Yevropada o‘rta va kichik masofali yadro raketalarning yangi sinfini joylashtirishni talab qila boshladi. Natijada NATOning 1979 yilgi Bryussel sessiyasida qaror qabul qilindi. Qarorda G‘arbiy Germaniya hududida AQShning 108 ta “Pershing-2” va 96 ta qanotli raketalarini joylashtirish ko‘zda tutildi. 1979 yil oxiriga kelib xalqaro vaziyat yanada keskinlashdi. GFR NATOdagi sheriklari bilan birgalikda SSSRning Afg‘onistonga intervensiyasini (agressiyasini) keskin qaroladi. Nemis sportchilariga Moskvada bo‘lib o‘tadigan 1980 yil olimpiadasiga qatnashmaslikka ko‘rsatma berildi. Ammo, bunday choralar Shmidtga 1980 yilning yozida Moskvaga tashrif buyurib xalqaro xavfsizlik masalasi bo‘yicha Sovet-Amerika muzokoralarini boshlashda vositachilik qilishga xalaqit bermadi. G‘arbiy Germaniya diplomatiyasi 1981 yil Jenevada boshlangan Sovet-Amerika muzokoralarini qo‘llab-quvvatladi.
Shmidt hukumati butun 70-yillarning ikkinchi yarmi davomida mamlakatda siyosiy barqarorlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. 1976 va 1980 yillardagi parlament saylovlari sotsial-liberal koalitsiyaning ustunligini yaqqol namoyish etdi. GSDP mamlakatda yirik partiyaligicha qolib, 1976 yilda 42,6% ovoz va 214 mandat, 1980 yilda esa 42,9% ovoz va 218 mandatga ega bo‘ldi.
EDPning mavqei yanada mustahkamlandi. Erkin demokratlar 1976 yilda 7,6% ovoz va 39 mandatga, 1980 yilda esa 10,3% ovoz va 52 mandatga ega bo‘ldilar.Ammo partiyada ichki vaziyat keskinlasha bordi. Uning so‘l qanoti GSDP bilan ittifoqni faollik bilan himoya qilardi. Ammo Gensher 1977 yilda yangi kaolitsion taktikani taklif etdi. Parlamentda sotsial-demokratlar bilan hamkorlikni davom ettirib, bir qator yerlarda landtag saylovlarida XDS bilan koalitsiya tuzib ishtirok etdi. Bunday siyosat “partiya frontlarini yumshatish” deb nomlandi. Nihoyat, EDPning o‘ng qanoti (“iqtisodiy” qanot) X.Frideriks, M.Bangeman va O.Lambsdorflar tomonidan boshqarilar va XDS/XSS bilan koalitsiya tuzishga va bilan butunlay birlashishga chaqirdi. Bu qaror 1981 yilda Kelndagi EDP partiya s’ezdida ko‘pchilik tomonidan ma’qullandi, bu esa hukmron sotsial-liberal koalitsiyani ancha susaytirdi.
XDS/XSS bloki ilgarigidek parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etar, ammo hozircha o‘z hukumatini tuzish uchun yetarli kuchga ega emas edi. Ikkita Xristian demokratik partiyalarning o‘zaro munosabati ham murakkabligicha qolmoqda edi. 1976 yildagi saylovlarda XDS 38% ovoz va 190 mandat, XSS esa 10,6% ovoz va 53 mandatga ega bo‘lgan edi. XDSning Gamburgdagi (1973 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan) s’ezdida saylangan yangi rahbar Gelmut Kol partiyaning mafkuraviy poydevorini yangilashni endigina boshlagan edi. XDSning yangilangan konsepsiyasining dastlabki tamoyili 1978 yilda qabul qilingan “Tamoyillar dasturi”da namoyon bo‘ldi. Dasturda Atlantik yakdillik va YeXHK (Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi) bayrog‘i ostida Butun Yevropa xavfsizligini mustahkamlash muhimligi e’tirof etilgandi. Dasturda Germaniya masalasi “ochiq” deb e’lon qilingan bo‘lsada biroq GFR va GDR o‘rtasida tuzilgan barcha bitimlarga rioya qilish zarurligi ta’kidlangandi. Xristian demokrat K.Karstenning 1979 yilda prezident etib saylanishida Kolning qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynadi.
XDSdagi chuqur tashkiliy va mafkuraviy qayta qurish F.Y.Shtraus tomonidan butun koalitsiya rahbarligi uchun hal qiluvchi kurashni boshlashga chaqiriq bo‘ldi. 1976 yildagi XSS dasturida xristian demokratiyaning an’anaviy g‘oyalariga e’tibor qaratildi. XSS tartib intizom, barqarorlik va javobgarlik g‘oyalariga sodiq qolgan “xalq partiyasi” deb e’tirof etildi. Tashqi siyosiy doktrina ilgarigidek ayirmachilik xarakteriga ega bo‘lib, xalqaro siyosatda G‘arb va Sharqni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga asoslangan edi. Keskin yevropaparastlik Shimoliy Atlantika uyushmasiga sodiqlik bilan uyg‘unlashgan edi. Shtraus 1979 yil yozida XDS/XSS nomidan o‘z nomzodini kanslerlik lavozimiga ko‘rsatdi. Ammo 1980 yildagi saylovlar xristian demokratlarga yana mag‘lubiyat keltirdi. GFRda 70-yillar oxiridagi ichki siyosiy vaziyatning o‘ziga xos xususiyati “parlamentdan tashqari muxolifot” kuchlarning faollashishida ko‘rindi. Mamlakatda yadro qurolining joylashtirilishiga qarshi harakat tobora keng quloch yozdi. Terrorizm xavfi ham jiddiyligicha qolmoqda edi. Qizil Armiya Fraksiyasi jangarilarining harakati faollashdi. G‘arbiy Germaniyada “yashillar” harakati ham tez kuchaya bordi. Bu yo‘nalishdagi birinchi partiya 1977 yil may oyida quyi Saksoniyada ta’sis etildi. 1978-1979 yillarda “yashil” partiyalar Bavariya, Bremen, Gamburg, Baden-Vyurtemberg va Gessenda paydo bo‘ldi. 1979 yil iyunida G‘arbiy Germaniya “yashillari” “maxsus siyosiy uyushma -yashillar” ittifoqini tuzib, Yevropa parlamentiga saylovlarda o‘z nomzodlarni ko‘rsatdi (va 3,2% ovozga ega bo‘ldi). 1880 yilning yanvar oyida Karlsrueda “federal yashillar partiyasi”ning ta’sis s’ezdi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyat sotsial-liberallar koalitsiyasining saqlanib qolishiga imkon berdi. Biroq, 1980-1982 yillarga kelib hukumat ahvol yomonlasha boshladi. G‘arbning barcha rivojlangan mamlakatlarida boshlangan inqiroz GFRga jiddiy ta’sir ko‘rsatd. Ishsizlik 9% (2,5 mln. kishi)ni tashkil etdi. Byudjet tanqisligi ikki baravar oshdi. Urushdan keyingi davrda birinchi marta G‘arbiy Germaniyada sanoat va moliya korxonalarining kasodga uchrashi (bankrot) ro‘y berdi. Liberal koalitsiyada parchalanish yuz berdi.
1982 yil aprelda bo‘lib o‘tgan GSDP s’ezdi Shmidtning o‘z partiyasi qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lganligini ko‘rsatdi. S’ezd delegatlarining so‘l ko‘pchiligi bandlikni oshirish, davlat sanoat investitsiyalarini oshirish, ishbilarmonlarning soliq imtiyozlarini qisqartirish bo‘yicha keng dasturlarni amalga oshirishni talab qilardi. Yechim 1982 yil iyulida yangi yil byudjeti muhokama qilinayotganda qo‘lga kiritildi. EDPning “iqtisodiy” guruhi byudjetning barcha xarajatlarini 5-10%ga qisqartirish, ishsizlik uchun nafaqa to‘lash muddatini qisqartirish, nafaqa fondini moliyalashda davlat ulushini kamaytirish, uy-joy to‘lovi darajasini tartibga solishdan voz kechish, stipendiyalardan qisman o‘qish uchun kredit berishga o‘tishni ko‘zda tutgan o‘z inqirozdan chiqish loyihasini taqdim etdi. GSDP rahbariyati bu loyihaga salbiy munosabatda bo‘lganligi sababli hukumat falajlanib qoldi. Shmidtning murosaga kelishga urinishlari zoe ketdi. 1982 yil sentyabrda EDP GSDP bilan tuzilgan koalitsiyadan chiqqanligini ma’lum qildi. 1 oktyabrda ovoz berish paytida Shmidtga bildirilgan ishonchsizlikni votumini qo‘llab-quvvatladi. Sotsial demokratlarning koalitsion hukumati mag‘lubiyatga uchradi va hukumat tepasiga XDS rahbari Gelmut Kol keldi.




Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling