Mavzu. Gid-ekskursiya xizmatlarini amalga oshirish jarayonlari


Download 48.22 Kb.
bet5/9
Sana07.03.2023
Hajmi48.22 Kb.
#1246021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-Mavzu

Ekskursiyalar o‘tkazilish shakllari bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:

  1. Odatdagi ekskursiyalar;

  2. O‘quv-uslubiy ekskursiyalar;

  3. Ommoviy chiqish ekskursiyalari;

  4. Sayr-ekskursiyalari;

  5. Konsertlarga ekskursiya.

11.5.Gid-ekskursiyachiga qo‘yiladigan talablar
Har qanday kasb mehnat faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib shu kasbning asosiy xususiyatlarini belgilaydigan bilim va tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi. Bunday bilimlar ushbu kasb yo‘nalishidagi ta’limni o‘rganishdan, tajribalar esa mehnat faoliyati davomida o‘zlashtiriladi. Shuning uchun ham gid-ekskursiyachiga, uning malakaviy kasbiga qo‘yiladigan talablarning dastlabkisi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  1. Intellektuallik;

  2. O‘z-o‘ziga ishonchliligi, qat’iyligi;

  3. Javobgarlik;

  4. Shaxs-mutaxassis sifatida o‘ziga ishonishi va boshqa ijobiy xususiyatlari;

  5. Kasbiy mahoratiga ishonishi yuzasidan yuqori pog‘onalarda turishini his qilish.

Gid-ekskursiyachi kasbini egallashda esa quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi:

    1. Tashkilotchilik;

    2. Har tomonlama dunyoqarashga ega bo‘lish;

    3. Madaniyatlilik;

    4. Tahlil qila bilish.

Gid-ekskursiyachi faoliyatini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi. Ya’ni gid-eksursiyachi quyidagi malakaviy ishlarini bajarishga qobiliyatli bo‘lishi lozim:

  • ma’lum bir mavzuga oid ekskursiya marshrutlarini yig‘a bilishi va yangi ekskursiya marshrutini tayyorlay bilish;

  • eksursiyaning metodlarini (texnologik karta, marshrutlar sxemasi, ekskursiyaning dasturi, eksursiyani o‘tkazish metodlari va boshqalar) Yaxshi bilishi va amalda erkinlik bilan qo‘llay olishi;

  • ekskursiyaning o‘tishi davomida yangi metodlarni qo‘llay bilish;

  • ekskursiyaning yo‘l-yo‘lakay yangi axborotlarini tayyorlay olishi;

  • ekskursiya davomida ko‘rgazmali qurollar bilan ishlay olishi, ularni ularni tayyorlab qo‘yishi;

  • ekskursiyachilarni (guruhlarni) boshqara bilishi;

  • ekskursiyalarni reklama qila bilish.

10.1-jadval

Download 48.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling