I. Ekskursiya xizmatlarini tasniflashda quyidagi belgilarga e’tibor beriladi:
Mazmuni bo‘yicha;
Ekskursantlar tarkibi bo‘yicha;
O‘tkazilish joylari bo‘yicha;
Harakatlanish vositalari bo‘yicha;
O‘tkazilish shakllari bo‘yicha.
Mazmuni bo‘yicha ekskursiyalar tayyorlash ekskursiyalari va mavzuli ekskursiyalarga bo‘linadi. Mavzuli ekskursiyalar ham quyidagi ekskursiya guruhlariga bo‘linadi.
Tarixiy mavzudagi ekskursiyalar;
Harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursiyalar;
Ishlab-chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar;
Tabiashunoslik mavzusidagi ekskursiyalar;
San’at yo‘nalishlari mavzularidagi ekskursiyalar;
Adabiyot mavzularidagi ekskursiyalar;
Me’morchilik, shaharsozlik mavzularidagi ekskursiyalar.
Ekskursiyalar ekskursiyada qatnashuvchilar tarkibi bo‘yicha ham tasniflanadi:
Katta yoshdagilarga mo‘ljallangan ekskursiyalar (studentlar, ishlab chiqaruvchilar, mutaxasislar va boshqalar);
Har xil yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ekskursiyalar (maktabgacha tarbiyadagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan)
Mahalliy aholi ehtiyojlari va talablariga mo‘ljallangan ekskursiyalar;
Shaharliklarga mo‘ljallangan ekskursiyalar;
Chet elliklarga mo‘ljallangan ekskursiyalar.
O‘tkazish joylari bo‘yicha ekskursiyalar quyidagicha tasniflanadi:
Shaharlarda o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
Shaharlarning tashqarisida o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
Ishlab chiqarish maskanlarida o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
Muzeylarda o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
Madaniyat saroylarida o‘tkaziladigan ekskursiyalar;
Tabiat bag‘rida o‘tkaziladigan ekskursiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |