Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija


Download 0.6 Mb.
bet1/15
Sana23.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1224811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

CHQBT fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi


MUNDARIJA:
KIRISH...................................................................................................................2
I BOB. CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIGI BO‘YICHA O‘QUV JARAYONI .........................................................................4
1.1. HVT va OMIni rejalashtirishga bo’lgan talablar................................................6
1.2.Saf, qurol bilan harakat qilish va taktik mashg‘ulotlardagi usullar.....................7
II BOB. OMMAVIY QIRG'IN QUROLLARDAN HIMOYALANISH MAVZULARIDAGI MASHG'ULOTLARNI TASHKIL ETISH....................23
2.1.Ommaviy qirg‘in qurollarining turlari va ularning tavsifi................................23
2.2. Kimyoviy qurollarning turlari va xususiyatlari....................................................29
XULOSA................................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................35


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Vatanni himoya qilish davlatning eng muxim vazifalaridan biri ekanligi va shu maqsadda Qurolli Kuchlar tuzilganligi va «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi qonun asosida O‘zbekiston fuqarolarini davlat mudofaa si bo‘yicha majburiyat lari aytib o‘tilgan. Unda Vatanni himoya qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining qonuniy burchi ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Konstitutsiyaning ushbu qoidalari va talablaridan kelib chiqqan xolda, bugungi kunda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida yosh avlodni Vatan himoyasiga tayyorlash eng muxim vazifalardan hisoblanadi. SHu maqsad yo‘lida, O‘zbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi qonuni asosida o‘rta maxsus o‘quv yurtlari dasturiga kiritilgan chaqiriqqacha harbiy tayyorgarligi fani xizmat qilishi kerak.
Kurs ishining maqsadi. CHaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning o‘quv predmeti sifatida o‘quvchilarni, yaoni bo‘lajak chaqiriluvchilarni yosh askar kursi xajmidagi bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishga, ularning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini maqsadga yo‘naltirilgan xolda olib borishga, o‘quvchi yoshlarda yuksak siyosiy ongni, Vatan himoyasi muqaddas ekanligini ongli ravishda tushunishni, eotiqodli, matonatli va jasur Vatan himoyachilarini tarbiyalashga imkon yaratadi.
Bu vazifalarni bajarish o‘quv yurtlari, ayniqsa u erda faoliyat yuritayotgan CHaqiriqqacha harbiy tayyorgarligi rahbarlari zimmasidadir. CHunki ular «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi qonuni asosida o‘quvchi yoshlarni chaqiriqqacha harbiy tayyorgarligi va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini maqsadga yo‘naltirilgan xolda olib boradilar. SHu bilan birga o‘quv yurtlarining pedagogik jamoalari o‘quvchi yoshlarni chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini va jismoniy tarbiyasining sifati va samaradorligini doimo oshirishga harakat qilishlari kerak.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling