Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija


Download 0.6 Mb.
bet2/15
Sana23.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1224811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishining vazifasi. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi - Yoshlarni Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatga tayyorlash tizimining tarkibiy bir qismidir. Halq ta’limi bo‘limlari va o‘quv yurtlari ma’muriyatlari CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fani va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi ishlarini yuqori saviyalarda tashkil etilishi va o‘tkazilishi, buning natijasida esa, o‘quvchilar yosh jangchi kursi hajmidagi bilim va malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashlari kerak.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar Vatan himoyasi uchun zarur bo‘lgan harbiy tayyorgarlik asoslari bo‘yicha etarlicha bilim va malakalarni egallashi, Qurolli Kuchlar safidagi xizmatga chaqirilgan vaqtda esa, bu bilimlardan foydalangan holda, qisqa muddatlarda zamonaviy jangovar texnika va qurollardan foydalana olishni, ularni asrash va sozlash qoidalarini o‘zlashtirib olishlari kerak.


I BOB. CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIGI BO‘YICHA O‘QUV JARAYONI
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash tizimining tarkibiy qnsmidir. U tartibli, maqsadga yunaltirilgan, o‘quvchilarda yuksak ma’naviy-ahloqiy sifatlarni, yurish-turish qoidalarini, jismoniy va amaliy malakalarni, Qurolli Kuchlar safidagi xizmatga zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantirish maqsadida ular ongiga pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalanadi.
O‘quvchilarni Vatan himoyasiga ma’naviy-axloqiyy, ruhiy va jismoniy tayyorgarliklari o‘quv yurtining butun o‘quv-tarbiyaviy tizimida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham, har bir o‘qituvchi o‘quv materialiga bog‘lagan holda o‘quvchilarga halqaro va ichki vaziyatni, O‘zbekiston Respublikasining olib borayotgan tashqi va ichki siyosatini, mamlakat mudofaasi va Qurolli Kuchlar qudratini oshirish borasidagi masalalarni tushuntirib borishlari kerak.
O‘quv yurtidagi umumta’lim fanlari, darsdan tashqari amalga oshiriladigan tadbirlar bilan birgalikda, o‘quvchilarda keng dunyoqarashni, Vatan himoyasiga bo‘lgan doimiy shaylikni va bu shaylik uchun zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantiradi. Bu erda hal qiluvchi o‘rin tarix, jamiyatshunoslik, adabiyot singari fanlarga tegishlidir. CHunki, bu fanlar o‘quvchilarga jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi bilimlarni beradi, Vatanimiz dushmanlariga, g‘animlariga bo‘lgan nafratni, halqimiz o‘tmishiga hurmat, kelajagiga esa ishonch tuyg‘ularini shakllantiradi.
O‘quv yurtlarida o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini aniqlash maqsadida maxsus «Alpomish» va «Barchinoy» testlaridan sinovlar tashkillanadi. Bu maxsus test sinovlarini o‘tkazish uchun o‘quv yurtida uslubiy kengash tuziladi. Bu kengash tarkibiga CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi rahbari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kiradi.
O‘quv yurtlarida ishlarni yaxshi tashkillanishi natijasida o‘quvchilar harbiy malakalarni egallash bo‘yicha yuqori natijalarga erishadilar. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi, uni yanada takomillashtirishga, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling