Chqbt fani dasturining umumharbiy tayyorgarlik bo'limidagi ommaviy qirg'in qurollardan himoyalanish mavzularidagi mashg'ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasi mundarija
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv
Download 0.6 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. HVT va OMIni rejalashtirishga bo’lgan talablar.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv
jarayoni samaradorligini yanada oshirishning asosiy yo‘nalishlari Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmat uchun tayyorgarlikka bo‘lgan talablarni o‘sib borishi, o‘quv yurtlarida CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish singari masalalarni qo‘ymoqda. O‘quv jarayoni mazmuni, shakl va uslublarini asosli ravishda o‘zgartirish, uni yangi mazmunlar bilan boyitish uchun, harbiy fan va texnikalar, taktik san’atni rivojlanishi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak, ikkinchidan, o‘quv-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkillash kerak. Hozirgi sharoitning o‘ziga xos xususiyati shundaki, harbiy ishda ilmiy ma’lumotlarni tez ko‘payib o‘sib borishidir. SHuning uchun ham, mashg‘ulotning mazmuni, shakl va uslublari o‘rtasida qarama-qarshiliklar paydo bulmoqda. Ilmiy bilim va ma’lumotlarni tez sur’atlarda o‘sib borishi sharoitida, o‘quvchilarga etkazish lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni optimal hajmini belgilab olish kerak. SHunday ekan, axborot berib o‘qitishdan uslubiy shakllarga o‘tish zarur. O‘quv-tarbiya jarayonini 'takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri - bu nazariy bilimlarni qo‘shinlardagi amaliyotga yaqinlashtirishdir. SHuning uchun, o‘quv jarayonida shunday vaziyatlarni yaratish kerakki, ular haqiqiy jangovar vaziyatlarga o‘xshasin. O‘quv jarayonining samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish vositalarini sifatiga bog‘liq bo‘ladi o‘qitish vositalarini majmuiga darsliklar, diafilmlar, plakatlar, jadvallar, videomagnitofonlar va boshqalar kiradi. Bularning bir qismi texnik vositalarni qo‘llashni taqozo etadi. O‘qitishning ilmiy asoslangan vositalarini yaratish-o‘quv yurti uslubiy kengashining muhim vazifalaridan biridir. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri - bu o‘qitish samaradorligini aniqlash va baholash me’yorlariii ishlab chiqishdir. O‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish murakkab va ko‘pqirralik jarayondir. U o‘quv yurti pedagogik jamoasiniig tartibli, maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarini talab qiladi. 1.1. HVT va OMIni rejalashtirishga bo’lgan talablar. Harbiy vatanparvarlik va mudofaa-ommaviy ishlarini rejalashtirishga bo’lgan asosiy talablar. Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun harbiy xizmatga tayyorlash tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng qisqa vaqt ichida asosan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tashkiliy–huquqiy bazasi yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mudofaa to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. "Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risi"dagi qonunlari, "Harbiy Doktrina", harbiy Qasamyod, harbiy qism Jangovar Bayrog’i haqida Nizomlar, Umumharbiy Nizomlar respublika vazirliklari va boshqarmalarining normativ koidalari ishlab chikildi. O’rta ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda markaziy shaxs – bu «Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikada 7000 dan ortiq «Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi faoliyat ko’rsatmoqda (1999 yilda 7131 kishi). Ularning hammasi ham yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega emas. Har yili o’quv yurtlariga yosh pedagoglar – «Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Buxoro va Farg’ona Davlat Universitetlari "Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya" fakulteti bitiruvchilaridir.Tajribalar ko’rsatishicha yangi «Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchilari Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va harbiy vatanparvarlik tarbiyasini rejalashtirishda ko’proq qiyinchiliklarga uchraydilar. O’quv yurti «Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi o’quv tarbiya jarayonini rejalashtirish muhim o’rin egallaydi. Mahorat bilan o’z vaqtida rejalashtirish O’zbekiston Respublikasi Hukumati, Mudofaa Vazirligi va Xalq ta’limi Vazirligining O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga yoshlarni tayyorlash masalalari «Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisining asosiy boshqaruv hujjatlari talablarini chuqur bilishiga asoslanadi.Barcha harbiy vatanparvarlik va sinfdan tashqari mudofaa-ommaviy ishlari pedagogik jamoa va "Vatanparvar" MKJ boshlang’ich tashkilotining faol ishtirokida rejalashtiriladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling